Dunyodagi eng yuqoriga ko’tariluvchi Baylong lifti
Dunyodagi eng yuqoriga ko’tariluvchi Baylong lifti
Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan bir qancha liftlar borki, ularni ko’rinishi, shakli, vazifasi ko’pchilikni hayratda qoldiradi. Biz bugungi maqolamiz orqali shunday ajoyib kashfiyotlardan biri bo’lgan eng baland lift haqida sizga aytib o’tmoqchimiz.

Baylong lifti Xitoyda Xunan provintsiyasida joylashgan bo'lib, sayyohlarni 360 metr balandlikdagi chiroyli qoyali tog' cho'qqilaridan birining kuzatuv maydonchasiga eltadi.

Ikki qavatli liftli vagon o’z ichiga 50 kishini sig'dira oladi. Ushbu majmuaga har biri 3750 kg yuk ko'tarish imkoniyatiga ega uchta lift kiradi. Lift devorlari esa, albatta, shaffofdir.

Qurilish ishlari 1999 yilda boshlangan va 2002 yilda nihoyasiga yetgan. Qurilish qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etdi.

YUNESKO tomonidan muhofaza qilinadigan ushbu qo'riqlanadigan hududda liftni qurish loyihasi ekologlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Ko'targich ustunlari minglab joylarda kvars qumtoshlariga o'rnatilishi kerak edi.

Tizim zilzila sezgichlari bilan jihozlangan va bordiyu xavfli holat yuzaga kelsa, uchta lift qisqa vaqt ichida barcha sayyohlarni yuqoridan evakuatsiya qilishi kerak.

Ushbu ixtiro Ginnesning rekordlar kitobiga kabinadan ochiq ko'rinishga ega eng baland ko'taruvchi, eng baland ikki qavatli ko'tarish kabinasi,  yo’lovchilar uchun eng tezkor lift va eng kuchli lift sifatida kiritilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook