Dunyoning eng chuqur joylari haqida ma'lumotlar
Dunyoning eng chuqur joylari haqida ma'lumotlar
Yerning eng chuqur joyi qayerda? Bu yerning markazidan juda uzoqdami? Agar siz Everestni o'sha chuqur yerga qo'ysangiz, u Yer yuzasidan ko'tarilarmikin? Bugun biz dunyodagi eng chuqur joylar, teshiklar, quduqlar, g'orlar, tabiiy va inson qo'li bilan yaratilgan makonlar haqida suhbatlashamiz.

Italiyadagi "Terme Millepini" mehmonxonasi sho'ng'ishni hush ko’ruvchi g'avvoslar uchun 40 metr chuqurlikdagi tunnel qazish orqali ushbu jasurlik strategiyasini taqdim etadi. Bu Y-40 basseynidir. Y-40 chuqur havzasining eng qiziqarli jihati shundaki, u termal suv bilan to'ldirilgan va undagi harorat 33 darajaga teng.

Kievdagi “Arsenalnaya” metro bekatining Krischatik va Dnepr stantsiyalari orasidagi Svyatoshinskiy-Brovarskaya liniyasi chuqurligi. Bu dunyodagi eng chuqur metro stantsiyasidir.

Ha, bunday chuqurlikka daraxtning ildizlari kirib borishi mumkin. Eng chuqur ildizga ega daraxt - Janubiy Afrika, Ohrigstad yaqinidagi Echo g'orlarida o'sadigan yovvoyi  fikusdir. Uning ildizlari deyarli 122 metr chuqurlikka kirib boradi.

230 metr chuqurlik

Dunyodagi eng chuqur daryo  Markaziy Afrikadagi – Kongo daryosidir. 

Bu Yaponiyadagi 53,85 km uzunlikdagi tunnel. Tunnel dengiz tubidan 100 metr pastlikda, taxminan 240 metr chuqurlikda va dunyodagi ikkinchi eng uzun (Gotthard bazasi tunnelidan keyingi) tunneldir.

240 metr

240 metr

Norvegiyaning More og Rumsdal provinsiyasida joylashgan Aiksund yo'l tunneli Aiksund va Ryanes shaharlarini bog'laydi. Qurilish 2003 yilda boshlangan, ochilish marosimi 2008 yil 17 fevralda, to'laqonli harakat bilan 2008 yil 23 fevralda ochilgan. Uzunligi 7765 m bo'lgan tunnel dengiz sathidan 287 m chuqurlikka tushadi va u dunyodagi eng chuqur tunnel hisoblanadi. Yo'lning qiyaligi 9,6% ga yetadi.

Angliyaning Woodingdean Sharqiy shahrida joylashgan hududda 1858-1862 yillar oralig'ida qo'lda qazilgan dunyodagi eng chuqur quduq joylashgan. Quduqning chuqurligi roppa rosa 392 metrni tashkil qiladi.

Suratda yerdagi eng katta qazilgan chuqurlikni ko'ryabsiz.  Yuta shtatidagi Bingham kanyoni kareri dunyodagi eng katta texnogen (qazilgan) tuzilmalardan biridir. 100 yildan so'ng, chuqurligi 970 metr va kengligi 4 km bo'lgan katta krater hosil bo'ldi. Bunday noyob kanyon 1966 yilda Milliy tarixiy joy sifatida ro'yxatga olingan.

Burj Xalifa, dunyodagi eng baland bino, balandligi 828 metr, u ushbu karerga to'liq joylashadi. U nafaqat mos keladi, balki uning "tojidan" 140metrdan ko'proq joy ham qoladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook