Hayotingizni tubdan o’zgartiradigan ta’sirli hikoyalar (1-qism)
Hayotingizni tubdan o’zgartiradigan ta’sirli hikoyalar (1-qism)
Ushbu hikoyalar sizni yangicha fikrlashga ilhomlantirsa ajab emas.

Buyuk prezident - buyuk etikdo’zning o’g’li. Real voqea.

Avraam Linkoln, oddiy bir etikdo’zning o’g’li Amerika Qo’shma Shtatlarining prezidenti bo’lib qoldi.

Tabiiyki, barcha zodagonlar juda xavotirga tushdi, g’azablandi, bezovta bo’ldi.

Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida qasamyod qilmoqchi bo’lib endi o’rnidan turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o’rnidan turib shunday dedi: - Janob Linkoln, to’satdan qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo’lib qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki, qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga, oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib yurgansiz. Bu yerda  otangizning poyafzalini haligacha kiyib yurgan ko’plab senatorlar bor, shuning uchun o’z ildizlaringizni aslo unutmang.

Avraam Linkoln bir zum o’ylab, pinagini buzmay sekin javob berdi: 

- Mening otamni menga aynan Senat vakillari oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib qo’yganingiz uchun sizdan g’oyat  minnatdorman. Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy san’atkor edi –hali hech kim bunday go’zal poyafzal qilmagan.

 

Men bilaman, nima qilishimdan qat’iy nazar, men xech qachon otam buyuk etikdo’z - poyafzal yaratuvchisi bo’lganiday buyuk prezident bo’la olmayman. Darvoqe, bu yerda hozir bo’lganlarning hammasiga shuni eslatib qo’ymoqchimanki, otam tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg’aygan oila a’zolaringiz bo’lsa, men o’zim xam ushbu san’at tahsilini olganman. Men buyuk etikdo’z emasman, lekin xech bo’lmaganda poyafzalingizni tuzatib berish qo’limdan keladi. Menga xabar bersangiz  bo’ldi, men sizning uyingizga kelaman.

 

Senat mutlaq sukunatga cho’mdi, senatorlar bu insonni kamsitib bo’lmasligini va u ijodkorlikka cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan edi. 

Dunyo tashvishlari: go’zallikni ko’rishga ulgurish. Real voqea asosida

Aprel oyining kunlaridan biridagi sovuqqina tongda Vashington Metro stansiyalaridan birida skripka uchun futlyar ko’targan bir odam paydo bo’ldi. U shoshilmay devor oldida joylashdi, cholg’u asbobini chiqardi, oyog’iga oldiga ochiq futlyarni qo’ydi va kuy chalishni boshladi.

 

U rosa 45 daqiqa tinmay jonu dilidan, bor kuch-g’ayrati bilan skripkada kuy ijro etdi. Shu vaqt mobaynida mingdan ortiq kishi o’tib ketdi. Birinchi uch daqiqadan so’ng, o’rta yoshli kishi musiqachiga e’tiborini qaratdi, sekinlashdi, bir necha daqiqaga to’htadi va ... yana shoshilib ketib qoldi. 

Yana bir daqiqadan so’ng skripkachi o’zining birinchi daromadini oldi: bir ayol futlyarga pul tashladi, ammo to’xtamadi. Yana bir oz vaqt o’tgach, bir odam musiqa tinglash uchun to’xtatdi, lekin tez orada u soatiga qarab qo’ydi-da va yo’lini davom ettirdi. Keyin uch yoshli bola skripkachini tomosha qilish uchun to’htadi, lekin uning onasi qo’lidan tortdi va bolakay orqasiga qaray-qaray beihtiyor onasiga ergashib ketdi. Huddi shu narsa boshqa bir necha bolalar bilan ham sodir bo’ldi. Istisnosiz ota-onalarning hammasi bolalariga bir daqiqaga ham qolishlariga ruxsat bermadi. Kuy ijro etilgan 45 daqiqa davomida, faqat 7 kishi bir muddat to’htab, biroz tingladi, yana 20 kishi to’htamay skripkaning futlyariga pul tashlab ketdi. Musiqachining ish haqi 32 AQSH dollarini tashkil etdi. 

Yo’lovchilardan birortasi ham dunyoning eng yaxshi musiqachilardan biri Djoshua Bell kuylarni ijro etayotganini bilmas edi, buni his etmadi va tushunmadi ham. U  Antonio Stradivari o’z qo’llari bilan yasagan va qiymati 3,5 million AQSH dollariga teng bo’lgan skripkada kuy ijro etgan edi. Metrodagi ushbu chiqishdan ikki kun oldin Djoshua Bellning Bostonda bo’lib o’tgan konserti uchun sotilgan biletlar 100 dollardan past emas edi, zalga esa odam sig’may ketgandi. Bu ijtimoiy tajriba Vashington Post gazetasi tomonidan o’tkazildi.

Yashirin salohiyat. Real voqea asosida.

 

Mikelanjelo marmar sotiladigan bozor bo’ylab yurgan edi. U chiroyli bir toshni ko’rib shu tosh to’g’risida so’radi. Egasi shunday javob berdi: 

- Agar ushbu toshni istasangiz, uni tekinga olib ketavering, chunki u faqat joy egallab behuda yotibdi. O’n ikki yil davomida uni hech kim hatto so’rab qo’ymadi ham. Men bu toshda hech qanday salohiyatni ko’rmayapman.

Mikelanjelo bu toshni olib, deyarli bir yil davomida uning ustida ishladi va ehtimol, bugungi kundagi eng go’zal haykalni yaratdi. Bir yil o’tgach, Mikelanjelo ishini tugatganidan so’ng, do’kon egasini o’z ish joyiga taklif qildi, chunki unga bir narsa ko’rsatishni xohlagan edi. Do’kon egasi o’z ko’zlariga ishona olmadi. U ustadan so’radi: 

"Bu ajoyib marmarni qayerdan oldingiz?"

-Tanimayapsizmi? – javob berdi Mikelanjelo. - Bu sizning do’koningiz oldida o’n ikki yil kutib turgan eng tasqara tosh. Inson taraqqiyotining mahfiy saloxiyati.

Maqsadni to’g’ri qo’yib ortiqcha barchasidan voz kechish kerak. Dzen rivoyati

Ustoz o’zshogirdiga maqsadga erishish uchun uni to’g’ri tasavvur qilib, keyin zarur bo’lmagan barcha narsalardan voz kechish kerak, deb tez-tez aytib turardi. Shogird ustozining bu so’zlarini juda yaxshi eslab qolgan edi, ammo nima zarur, nima zarur emasligining farqiga qanday borish mumkinligini hech tushuna olmas edi.Ustozi buni hayotning o’zi o’rgatadi deb qo’ya qolardi-da, hech batafsil tushuntirmas edi. Bir kuni ustoz-u shogird tog’larda sayr qilib yurgan edilar.To’satdan ularning yo’lida g’azablangan yo’lbars paydo bo’lib qolibdi. Ustoz hotirjamlik bilan yo’ldan chetga o’tdi, yo’lbars esa shogirdning orqasida quvib ketibdi.Yirtqichdan qochayotib shogird o’z qilichini va muqaddas tumorlarini tashlab yuboribdi,tikanzorlar, butalar oralab o’tayotgan paytida kiyimlarini nimtalab tashlabdi, lekin pirovardida, baland daraxtga chiqib olib yirtqichdan qutilib qolibdi.  Biroz vaqt o’tgandan so’ng yo’lbars ketib qolibdi, ammo shogird pasta tushishga qo’rqibdi. Sal o’tib daraxtning oldiga ustoz kelibdi. U tirnalib va qo’rqib ketgan shogirdiga birpas tikilib qarab turibdi-da, keiyn shunday debdi: 

- Mana, sen maqsadga erishish uchun zarur bo’lmagan narsalardan voz kechishni o’rganib ham olding va shu sening hayotingni saqlab qoldi! 

- Ustoz, - e’tiroz bildirdi shogird, - ammo siz qilichni ham, kiyimni ham yo’qotmadingiz, xatto qochishga ham urinmadingiz, yo’lbars esa sizga tegmadi. Nima uchun bunday bo’ldi?

– Men o’zimdagi qo’rqinchdan voz kechdim. Yo’lbars meni ko’rmay ham qoldi, chunki shuning o’zi mening maqsadim edi, - deb javob berdi ustoz. – Agar maqsadni to’g’ri tanlay olsang, hamma narsa o’zingda qoladi. Unga erishish uchun deyarli hech narsadan voz kechish shart bo’lmaydi.

Uchta istak. Istaklarning asl ahamiyati to’g’risidagi rivoyat.

Bir odam yashagan ekan. Hamma kabi u ham mo’jizadan umidvor bo’lib yurgan ekan, bir kuni mo’jiza ro’y beribdi: ishga ketayotganida uni kimdir chaqiribdi. U orqaga qarabdi va haqiqiy sehrgarni ko’rib qolibdi.

— Bugun juda ajoyib kun va men sening uchta istagingni bajarishim mumkin – ammo, aytishdan avval yaxshilab o’ylab ko’r! — debdi u.

— Muncha yaxshi! Men nimani xohlayotganimni aniq bilaman! Men tomi ochiladigan serhasham mashinaga ega bo’lishni xohlayman, — debdi u odam.

— Yaxshi, —javob beribdi sehrgar, qopidan mashinaning kalitini olib beribdi.

— Kalit? — hayqiribdi haligi odam — menga mashina to’lig’icha kerak! 

— Atrofingga bir qara, —  javob beribdi sehrgar. U odam atrofiga qarabdi-da tomi ochiladigan, oq charmli o’rindiqlarga ega serhasham mashinani ko’ribdi.

— Qoyil! Aynan shunaqasidan xohlagan edim! — deb haligi odam hayqiribdi-da va yangi taasurotlar tomonga qarab ketib qolibdi. 

Ertasi kuni u huddi o’sha joyga qaytib kelibdi. U odamning hafsalasi yo’q edi, shuning uchun Sehrgar undan so’rabdi:

— Nima bo’ldi?

— Men kun bo’yi shaharda yurdim, qayerga borsam ham hamma menga qaradi, chunki men uning ichida edim. Biroq keyin shuni angladimki, shaharda chiroyli mashinalar to’lib yotibdi va odamlar hamma mashinaga qarayapti… Bu esa men xohlagan narsa emas.

— Unda nimani xohlaysan? Men ikkinchi istagingni bajara olaman, — debdi sehrgar.

— Pulni xohlayman!— debdi u odam. Juda ham ko’p pul, istagan narsamni olish imkoni bo’lishi uchun.

— Yaxshi, —debdi Sehrgar va qo’lini qopga solib undan chek daftarchasini olibdi-da haligi odamga beribdi. U odam chek daftarchasini ochganida unda o’zining ismini va hisob raqamida qandaydir ma’lum miqdorda pul borligini ko’ribdi. U darhol daftarchani yopib, cho’ntagiga solibdi va shunday debdi:

— Men ertaga kelaman, axir menda sen bajo keltirishga va’da bergan uchinchi istagim bor. 

—Albatta, men seni kutaman, — deb javob beribdi Sehrgar. 

Ertasi kuni huddi shu yerda va huddi o’sha paytda, u odam bilan sehrgar yana uchrashibdi. Biroq haligi odamning yana kayfiyati yo’q va tushkunlikka tushgan ekan. Sehrgar so’rabdi:

— Bu safar nimabo’ldi?

— Men istagan narsamni sotib oldim. O’zimga yoqqan narsani ko’rishim bilan uni darhol sotib olaverdim. Juda tez vaqt o’tib yana biror narsa sotib olishim mumkinmi-yo’qmi menga baribir bo’lib qoldi. Axir men hamma narsani sotib olishim mumkin, shuning uchun ham, buning farqi yo’q. Sen menga men istagan narsani berganing yo’q.

— Unda ayt, nimani xohlaysan? — so’rabdi Sehrgar. Bu safar u odam o’z javobini yaxshilab o’ylab ko’rib, keyin shunday debdi:

— Men nimani istaganimni bilaman. Men mislsiz go’zal… yor istayman. Qo’lingdan keladimi? 

—Yaxshi, — javob beribdi Sehrgar, va shu zahotiyoq uning yonida mislsiz go’zal qiz paydo bo’lib qolibdi.

— Qayerda desang sen bilan ketishga tayyorman, — debdi u shirin ovoz bilan.

 — Ha! — deb hayqiribdi-yu, uni yetaklab olib ketib qolibdi. Oradan ikki hafta o’tganidan so’ng u huddi o’sha joyga yana qaytib boribdi. U juda hafa va esankirab qolgan edi. Sehrgar undan yana so’rabdi: 

— Endi nima bo’ldi? Men senga mislsiz go’zal bir qizni berdim-ku! 

— U juda itoatkor va mo’min, qobil edi. Bu mening jonimga juda tez tegib ketdi. Unga faqat mening pullarim kerak ekan, o’ziga kerakligicha to’plab olganidan keyin ketib qoldi. Sen qanaqadir g’alati Sehrgar ekansan. Men sendan doim istagan narsamni so’rayman, sen bo’lsa butunlay boshqacha narsani berasan.

— Buning sababi shuki, — debdi Sehrgar — sen biror marta ham istagan narsangni so’ramading.

— Yolg’on, men doim o’zim istagan narsani so’rayman!

— Yo’q — debdi Sehrgar. — Sen mashina so’rading,  aslida esa hurmat-ehtiromni istaysan, pul so’rading, aslida esa ozodlikni istaysan, mislsiz go’zal qizni so’rading, aslida esa muhabbatni istaysan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook