просмотров
Ushbu restoranda Min dinastiyasi imperatorlari paytidan beri tayyorlanadigan maxsus yopiq pechda pishirilgan, usti qirsildoq, mazali pekin o’rdagini tatib ko’rishingiz mumkin.
Berlindagi Zur Letzten Instanz restorani 1621 yilda ochilgan.
Ushbu joy rasmiy holatda 1641 yilda ochilganiga qaramasdan, 1561 yilning yozma manbalarda aytib o’tilgan. Maxsus taom – grilda pishirilgan cho’chqa bo’g’im go’shti, mahalliy bug’doy donidan tayyorlanadigan pivo esa Napoleondan to Angela Merkelgacha barcha sevuvchilarni o’ziga jalb etib keladi.
Rod-Aylend shtati, Nyuport shahridagi White Horse Tavern restoraniga 1673 yilda asos solingan.
Ushbu taverna Nyuportning aholisiga va mehmonlariga 350 yildan ziyod vaqt ichida xizmat ko’rsatib keladi. U Britaniya soldatlarini, kolonistlarni va ota-asoschilarni boshidan kechirgan. White Horse Tavern nomini u davrda o’qiy olishmagan, lekin undagi chizilgan oq ot belgisini ko’rib, odamlar bu taverna ekanligini va u yerda ovqatlana olishlarini tushunishgan.
Madriddagi Sobrino de Botin restorani 1725 yilda ochilgan.
Ginnes rekordlar kitobiga muvofiq, mashxur ispan rassomi Fransisko Goyya 1765 yilda ushbu restoranda idish-tovoq yuvuvchi bo’lib ishlagan. U paytdan beri ko’p narsa o’zgargan – 1935 yilda restoranning maxsus taomi sutli cho’chqacha 5 cent bo’lgan bo'lsa, hozirgi kunda ushbu taomni 15 dollarga buyurtma qilishingiz mumkin.
Parijdagi The Tour d’Argent restoraniga 1582 yilda asos solingan.
Сообщения из Facebook