Indra Nuyining muvaffaqiyat sirlari haqida
Indra Nuyining muvaffaqiyat sirlari haqida
Bugungi kunda Indra Nuyi ismi ko’pchilik uchun notanish bo’lishi mumkin, ammo PepsiCo kompaniyasini hamma juda yaxshi taniydi. Aslida ushbu ayol ismi va kompaniya nomi necha yillardan buyon faqatgina birgalikda qo’llanib kelinadi.

Indira Nuyi ko’p yillardan beri kompaniyaning prezidenti va iqtisodiy direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Bilasizki, Amerika jamiyatida ayol kishining biznesda muvafaqqiyatlarga erishishi kamyob holat. Ammo patriarxal hind oilasida tug’ilgan va shunday katta omadni qo’lga kiritgan Indira Nuyi qismati ushbu fikrni rad etadi. 

Indra Nuyi o’z familiyasini turmushga chiqqanidan so’ng qo’lga kiritgan. 1955 yilda tug’ilgan qizaloqning asl ismi esa Indira Krishnamurti edi. U Hindistonning Chennay hududida olam yuzini ko’rdi. Qizaloqning otasi sudya, onasi esa oddiy uy bekasi bo’lgan. Ular qizlari va o’g’illarining tarbiyasiga ma’suliyat bilan yondashdilar. Indira opasi Chandrika bilan onasiga ho’jalik ishlarida yordam berishar, onasi esa ularga turli mantiqiy savollar berib charchamas edi. Bu yillar davomida qizaloqlarda bilim va san’atga nisbatan mehr paydo bo’ladi. Bugungi kunda mashhur tadbirkorga aylangan Indira Nuyi o’zining bolalik yillarida maktab rok guruhida ishtirok etgani haqida aslo unutmydi. U hozir ham ana shu davrlarni eslab, rok uslubida kuylab turadi va raqsga ham tushadi. Aytishlaricha, u bir safar kompaniya uchun bir necha elekrto gitara sotib olib hamkasblari bilan konsert ham uyushtirgan ekan.

Qiz maktabni tamomlab, hindiston Kalkutta institutining menejment yo’nalishida tahsil oldi. O’qishdan so’ng esa uning ish faoliyati boshlandi, rasmiy ravishda ishga joylashishidan avval reklama maydonlarida talabalar gazetasini sotib yurdi. Keyin esa Metter Beardsell tekstil kompaniyasida menedjer sifatida ishga qabul qilindi. Uning eng katta ish tajribasi esa Johnson&Johnson kompaniyasidagi faoliyati orqali keldi. Bir kuni qiz AQShdagi Yels menedjment maktabi haqidagi reklamani ko’rib qoldi va AQSh standartlari bo’yicha taxsil olish uning navbatdagi orzusiga aylandi. Indra kirish imtihonlaridan o’tdi, uning oilasi esa qizlarining qarorlarini qo’llab-quvvatlash bilan birga ketishi uchun pul ham jamlab berishdi. Hind urf-odatlariga ko’ra bundan keyin qizning qachon turmushga chiqishi noma’lum edi. Ammo oradan ko’p o’tmay u Indra bilan birga hayot qurish uchun Hewlett-Packard kompaniyasidagi ishidan voz kechgan Radju Nuyiga turmushga chiqdi.

AQShga kelgach, qiz haddan ortiq tejamkor ekanini namoyish qildi. U o’qish bilan birga kechki smenada administrator sifatida ham faoliyat olib borar, bu uning suhbatlarga tuzukroq kiyim kiyib borishi uchun kerak edi. Puli 50 dollar bo’lgach, Indra libos tanlashga bordi, ammo Yevropa liboslari qizga juda noodatiy tuyuldi. Sababi, qiz bu borada hech narsani tushunmasdi. Shu bois u ilk suhbatga mutlaqo nomutanosib kiyim va sariq rangli etikda kirib keldi. O’z tashqi ko’rinishidan uyalgan qiz savollarga hamalmoyi-jalmoyi qilib javob berdi va suhbatdan o’tolmadi. O’z hikoyasini universitetdagi o’qituvchilarning biriga hikoya qilib berarkan, ayol unga yevropaliklarga o’xshash uchun emas, o’zligicha qolish uchun harakat qilishi kerakligini aytdi. Shu sababli ikkinchi suhbatga u hind sarisida bordi va ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Indira ishlash davomida juda ko’p joylarda tajriba orttirdi va bir vaqtning o’zida General Elektric hamda PepsiCo kompaniyalaridan taklif oldi. Qiz ikkinchi variantda to’xtadi va uning strategik rivojlanishi bilan shug’ullana ketdi.

Kompaniyadagi ish davomida Indra ko’plab qiyinchiliklarga ham duch keldi. Aynan u kompaniyasini salomatlik uchun uchun zarar bo’lgan pepsi kola va chipslar hisobiga ushlab turishi mumkin emasligini ayta oldi. Uning haqqoniy fikrini tan olishdi, ammo 2008 yilda AQSh bo’ylab yarim asr davomida ilk bor ichimliklar sotuvi ko’rsatkichlari tushib ketdi. Keyinchalik kompaniya Nuyining so’zini inobatga olib, Tropicana ichimliklarini ishlab chiqarish jarayonini ham sotib oldi. Indra bu borada insonlar Pepsini soat 10:00 dan keyin ichishlari, ungacha esa ular sharbatlar bilan tetiklashib olishlari kerakligini aytgan edi.

Indra Nuyining aytishicha, uning muvaffaqiyat siri o’z ishiga bo’lgan muhabbatida. Bu unga tinchlantiruvchi rohat baxsh etadi, indra Nuyi sayyoramizning eng obro’li tadbirkor ayollaridan sanaladi. U shaxsiy biznes bilan oilaviy baxtni bir nuqtada birlashtira olgan insondir. Aytishlaricha, u haddan tashqari romantik shaxs, u bilan suhbatlasha turib, turli romantik va kutilmagan voqealarni tinglashga tayyor turish lozim.

Bundan tashqari, Nuyi xonim uchun yulduzlik kasali mutlaqo begona. Suhbatlarning birida u gazli ichimlikni divan ustiga to’kib yuboradi va uni artish uchun salfetkani shaxsan o’zi turib olib keladi.

Indra Nuyining sport bilan muntazam ravishda shug’ullanib kelishi ham rost. Uni Nyu yorkdagi hayriya marafonlaridan birida ishtirok etishga ham taklif qilganlar. U beysbol komandalari o’yinlarini muntazam ravishda kuzatib keladi va sportga bo’lgan qiziqishini hech kimdan yashirmaydi.

Indra honimning siyosatga bo’lgan qiziqishi haqida ham turli gap-so’zlar mavjud. Kunlarning birida u Jon Kerrining fondi tomonidan qo’llab-quvvatlangan va 27 ming dollar pul tikilgan kichik saylovda ham qatnashgan.

Kerri saylovlarda g’olib chiqa olmagan bo’lsa-da, ekspertlar Indra honimdan ajoyib siyosatchi chiqishi mumkinligini ta’kidlaganlar. Ko’pchilik esa ayolning davlat amaldori lavozimidan ish boshlashini taxmin qiladi. Ushbu mish-mishlarni Nuyining o’zi ham tasdiqlagan holda Vashingtonda 4-5 soat bepul ishlash niyati borligi haqida aytib o’tgan.

Buyuklar buyuk bo’lib tug’ilmaydilar. Kuchli matonat, sabr-bardosh tushunchalari ularni asta sekin buyuklik tomon yetaklab boradi. Yuqorida keltirganlarimiz ham aynan shunday hodisalarning biri edi. Agar har bir insonning qo’lidan buyuk bo’lish kelmaganida oddiygina hind oilasida tug’ilgan qizaloq kun kelib dunyo tan olgan kompaniyaning birida rahbarlik kursisiga o’tirmagan bo’lardi.   

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook