Insoniyatga bo’lgan umidni qaytaradigan ilmiy tadqiqotlar
Insoniyatga bo’lgan umidni qaytaradigan ilmiy tadqiqotlar
Hozirgi zamonda ro’y berayotgan mojarolar, jinoyatlar va kelishmovchiliklarni ko’rib turib, insoniyatga bo’lgan umidni yo’qotish juda oson. Bunga qo’shimcha qilib, zamonaviy ilm-fan insonning ba’zi yomon tomonlari tabiiyligini tez-tez isbotlab turibdi, va bunda jamiyat shunchaki ojizligi tuyg’usini yaratadi.
Ammo bu hammasi yomon degani emas. Ushbu maqoladagi tadqiqotlar ko’rsatishicha, odamzotda hali umid bor – olimlar insonda haliyam yaxshi va musbat xislatlar borligi haqida isbotlar topishda davom etmoqda.

1. Yolg’on insonni kasal qiladi

1. Yolg’on insonni kasal qiladi
Yolg’on insonning har kunlik hatti-harakatining bir ajralmas qismi ekanligini taxmin qilsa bo’ladi. Biroq, bizning organlarimiz yolg’onga qanday reaksiya qilishidan, odamlar yolg’on gapirish uchun yaratilmagan desa bo’ladi. Notr-Dam Universiteti olimlari tadqiqotlari manbasiga muvofiq, ko’pincha tez-tez yolg’on gapiradigan odamlar kasalliklarni yolg'on gapirmaydiganlarga nisbatan og’irroq boshdan kechirishadi. Olimlar bunday fikrga, 10 hafta mobaynida 2 ta tajriba guruhlari orasida o’tkazilgan kuzatishlarga qarab kelishdi. Bir guruhga yolg’on gapirishdan tiyish uchun iloji boricha harakatlanish ko’rsatmasi berildi. Tajriba oxirida, hech qanday ko’rsatmalar berilmagan guruhda bosh og’rig’i kabi og’riqlar va xavotirlanish xurujlari kuzatildi. 10 hafta davomida yolg’on gapirmaslikka harakat qilgan guruh qatnashchilari o’z sog’liklari borasida nafaqat muammolarga ega bo’lishmadi, balki o’z holatlarini ancha yaxshilashdi, hamda o’zlarida atrofdagilar bilan munosabatda bo’lishda katta yutuqlarga erisha boshlashdi.

2. Musibatlar alturizm hissini uyg’otadi

2. Musibatlar alturizm hissini uyg’otadi
Ko’plar yirik falokatlar ro’y bergan vaqtda, odamlar vahimaga tushib, faqat o’zlarini qutqarishga harakat qilishlarini ta’kidlashadi. Shunga qaramasdan, olimlar ayni qarama-qarshi fikrga kelishgan. Odamlar favqulodda holatlarda nafaqat hayratlanarli tinchlikni saqlay olishga loyiq, va balki begonaning dardini e’tibordan cheksiz qoldirmasdan, ularga yordam qo’lini uzatishga moyildirlar. Ammo jinoyatlar va talonchilik haqiqatdan ham hozirgi og’ir zamonlarda uchrasada, ularning foizi alturizm va yordam ko’rsatish holatlariga qaraganda foizi juda kichik. Favqulodda holatlar odamlarda o’zini qurbon qilish darajasini ko’taradi va ko’pgina sinovlarni yengishga yordam berguvchi birdamlik tuyg’usini uyg’otadi. Aslida, inson miyasi eng boshidan boshqalarga yordam berishga programmalashtirilgan. Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Evolyutsion Antropologiya Instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, 18 oyli chaqaloqlar erkinlik bilan alturizm belgilarini namoyish etishadi, hatto ularni bundan oldin odamlar bilan shu kabi muomala qilishga hech kim o’gatmagan bo’lsada.

3. Bolalarda ahloq asoslari so’ngdirilgan

3. Bolalarda ahloq asoslari so’ngdirilgan
Yels universiteti mutaxassislari tadqiqotlari intellekt- bolalarda bolaligidan mavjud bo’lgan yagona xislat emasligini ko’rsatmoqda. Ular nazariyasiga ko’ra, bolalar yaxshilik va yomonlik asoslari bilan tug’ilishadi. Buni isbotlash uchun, olimlar kichkintoylarga qo’g’irchoqli spektaklning bir qismida qo’girchoqlar yaxshi ishlarni, boshqa bir qismda esa yomon ishlarni qilishgan. Keyin bolalarga namoyish qilingan spektakldan o’yin uchun ularga yoqqan qahqamonni tanlash aytildi. Ko’pgina bolalar (10 tadan 8) “yaxshi” qo’g’irchoqlarni tanlashdi. Keyingi shartga olimlar har bir qo’g’irchoqning orqasiga shirinlikni yashirib qo’yishdi, va kichkintoylarga xohlagan qo’g’irchoqdan u shirinlikni olishga ruxsat berishdi. Bog’cha yoshidagi bolalarning ko’pisi shirinliklarni spektakldagi yomon qahramonlardan olishdi.

4. Biz sezgir va do’stona bo’lishga programmalashtirilganmiz

4. Biz sezgir va do’stona bo’lishga programmalashtirilganmiz
Bizning miyamiz empatiyani namoyish etish uchun shunchalik moslashtirilganki, biz yaqin odamimizning dardini xuddi o’z dardimizni sezgandek sezamiz. Virdjiniya Universiteti tadqiqotchilari o’z eksperimentlari qatnashchilarini ularga nisbatan elektrik tok urish zarbalarini qo’llash bilan qo’rqitishgan, va ularning reaksiyalarini MRT orqali kuzatishgan. Kutilganidek, qatnashchilar miya tomonida aktivlik ko’tarilishini sezishgan, va miya bu kabi tahdidlarga sezgir bo’lishi tabiiy. Bundanda kamroq kutilgan natija shu bo’ldiki, xuddi shu kabi miya qismlarida, tadqiqotning boshqa qatnashchilari, birinchilarni kuzatib turgan do’stlarda ham reaksiya qilish belgilandi. Bundan tashqari, sinalayotgan odam do’stining qo’lidan ushlaganda kamroq stressni boshidan kechirishi aniqlandi. Olimlar taxmin qilishlaricha, bu kabi holat evolyusiya yo’lida, shaxsiy aloqalarni mustahkamlash va tirik qolish imkonlarini oshirish uchun paydo bo’lgan, va bu har xil odamlar miyasi reaksiyasini sinxronizatsiyalashga yordam beradi.

5. Irimlar insoniyatga yordam beradi

5. Irimlar insoniyatga yordam beradi
Bu nomantiqiy tuyulishi mumkin, ammo irratsionallikka ishonch insoniyatga ma’lum bir foydani keltirdi. Bizning ot-bobolarimiz irimlari, masalan, ba’zi o’simliklarning mo’jizaviy xususiyatlariga ishonish balkim ularning haqiqiqatdan foydaliligini kuzatish natijasidir, faqatgina o’sha paytda buni to’g’ri asosda tushuntira olishmagan. Belgilarga ishonish, isbotlanganidek, ba’zi sohalarda tez-tez musbat natijalarga olib keladi. Bu o’z tumorlarining antiqa kuchiga ishonadigan va shuning uchun omadga erishgan golf o’yinchilari misolida ko’rsatilgan.

6. Otalar o’z bolalari tarbiyasida aktiv ishtirok etishni intilishadi

6. Otalar o’z bolalari tarbiyasida aktiv ishtirok etishni intilishadi
Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi Markazi tomonidan tashkil qilingan va 4 yil davom etgan tadqiqot, otalar bolalarga g’amxo’rlik qilishda befarq bo’lishadi degan tushuncha gumon ostiga qo’yildi. 4 mingga yaqin so’ralgan otalar orasida ko’pchilik o’zlarining doimiy otalik burchlarini, ya’ni taglikni almshtirish, uy ishlarini qilishga yordam berish va shunchaki bola bilan iliq munosabatba bo’lish kabilarni bajarishlarini aytishdi. Bu erkaklarning 90% ga yaqini o’z otaliklarini omadli deb hisoblashadi. Otalik g’amxo’rligini o’rganishda olingan ma’lumotlarni unchalik obyektiv emas desa bo’ladi, va bu sohadagi boshqa tadqiqotlar natijalari bir birini logik jihatdan to’ldirib turadi, va bu yana bir marta otaning yonida bo’lishi bolani sog’lomroq va tarbiyalangan bo’lishini isbotlaydi.

7. Yaxshi hatti-harakatlar yanada boshqa yaxshi hatti-harakatlarni keltirib chiqaradi

7. Yaxshi hatti-harakatlar yanada boshqa yaxshi hatti-harakatlarni keltirib chiqaradi
Uorton Biznes Maktabi professori Adam Grantning gaplariga qaraganda, ishlashni davom ettirishga undaydigan kuchli sabab natijaga bo’lgan shaxsiy qiziqish emas, balki, bu ish boshqalarga ma’lum yordam berashini bilishdir. Ushbu gapni isbotlash uchun, Grant davlat aloqa markazi xodimlarining harakatlarini o’rganib chiqdi. Ularga, talabalik tashkilotlar foydasiga hadya qilaoladigan, salohiyatli homiylarga qo’ng’iroq qilish vazifasi berilganida, butun markaz ishining samaradorligi ancha ko’tarildi. Natijada, hisoblarga ko’ra, shunchalik yaxshi maqsadni poylagan holda, agentlar telefonda ikki barobar ko’p vaqtni o’tkazishdi va odatdagidan uch barobar ko’proq pul yig’ishdi. Yana bit eksperiment ko’rsatdiki, qutqaruvchi bo’lib ishlaydigan odamlar, ishga ancha ko’proq harakat va xohish bilan qarashadi, agar bundan oldin hayotlarni qutqarish va yordam berish holatlari haqida ma’lumot o’qishsa.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook