Instagram ijtimoiy tarmog’idagi eng mashxur o’zbek aktyor va honandalari
Bugungi maqolamiz orqali Instagram ijtimoiy tarmog’idagi eng ko’p kuzatuvchilarni o’zida jamlay olgan erkak aktyor va honandalar ro’yxatini sizlar bilan bo’lishamiz!

Alisher Uzoqov (2,1 million kuzatuvchiga ega)

Qoyilmaqom ro’llari bilan barchaning qalbidan birdek joy egallagan, bugungi kunning eng nufuzli aktyorlaridan biriga aylanib ulgurgan Alisher Uzoqov o’zining Instagram sahifasida ko’p sonli muhlislarni jamlay olgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Adiz Radjabov (1,3 million kuzatuvchiga ega)

Eng talabgir aktyorlar qatoridan o’rin olgan yana bir iqtidorli aktyor Adiz Radjabov o’zining Instagram sahifasida 1,3 million kuzatuvchini jamlagan.

Yigitali Mamadjonov (1 million kuzatuvchiga ega)

Klipdagi kichik ro’llari orqali mashxurlikka erishgan Yigitali Mamadjonov ham bugungi kunning eng talabgir aktyorlaridan biridir. Shaxsiy hayoti va ijodiga oid yangiliklarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muhlislari bilan bo’lishuvchi yorqin yulduzning kuzatuvchilari soni 1 millionni tashkil etadi.

Shoxruhhon (2,4 million kuzatuvchiga ega)

Taronalari bilan barchaning qalbini zabt etgan O’zbekistonning eng mashxur qo’shiqchilaridan biri Shoxruhhon o’zining kuzatuvchilari sonini 2,4 millionga yetkaza olgan desak adashmagan bo’lamiz.

Ulug’bek Raxmatullaev (2,4 million kuzatuvchiga ega)

“Qirmizi olma”, “Layloyimsan” kabi mashxurllikka erishgan yana bir qancha taronalarning muallifi Ulug’bek Raxmatullaev Instagram sahifasida 2,4 million kuzatuvchiga ega.

Jahongir Poziljonov (2,8 million kuzatuvchiga ega)

“Bojalar” guruhi a’zosi Jahongir Poziljonov ham o’zining kayfiyat bag’ishlovchi sho’x taronalari bilan ko’p sonli muhlislarga ega. Uning ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari esa 2,8 millionni tashkil etadi.

Davron Kabulov (2,3 million kuzatuvchiga ega)

Suhandon va “Million” guruhining a’zosi Davron Kabulov Instagramda 2,3 million kuzatuvchiga ega.

Jahongir Otajonov (1,5 million kuzatuvchiga ega)

Juda ko'plab taronalari ketma-ket hit darajasiga chiqayotgan qo’shiqchi Jahongir Otajonov o’z sahifasida 1,5 ta kuzatuvchini jamlagan.

Shoxrux (1,1 million kuzatuvchiga ega)

Rep yo’nalishi bo’yicha ijodini boshlagan, yoshlarning eng sevimli qo’shiqchisiga aylangan rep ijrochisi Shoxrux bugungi kunda ham barchaning diqqat markazida. Uning kuzatuvchilari soni esa naqd 1,1 millionni tashkil etadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations