Interyer: Ranglar uyg‘unligi va ularni tanlash qoidalari!
Interyer: Ranglar uyg‘unligi va ularni tanlash qoidalari!
Atrof-olam, koinotning turli mo’jizalari va tashqi dunyoning mukammal go‘zalligini o‘zida aks ettiruvchi ranglar tushunchasi kundalik hayotimizda ham huddi ana shunday muhim o‘rinni egallaydi. Uy interyerida o‘zaro mutanosib ranglar gammasidan foydalangan holda har bir xona uchun takrorlanmas va qulay muhit yaratish imkoni mavjud. Interyerdagi ranglar xonadon sohibu sohibalarining kun davomidagi kayfiyatiga ta’sir eta olishi ham ayni haqiqatdir.

Qora

O‘ta oddiy, shu bilan birga hashamdor qora rangni yotoqxona va mehmonxona interyeri uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bu yuqorida nomi keltirilgan xonalar interyerini birozgina “bo‘g‘ib” qo‘yishi mumkin. Ammo, uyingizdagi ish xonasi yoki kutubxona devori uchun qora rangdan a’losini topa olmaysiz. U diqqatingizni bir joyga jamlab, ortiqcha detallardan holi ravishda ishlashingiz uchun ko‘mak beradi.

Oq

Minimalizm uslubidagi uy interyeri uchun oq rang mukammal yechim bo‘lishi tayin. Bundan tashqari, mazkur rang kichikroq xonalarni katta ko‘rsatishga xizmat qiladi va uyingizga musaffo ko‘rinish bag‘ishlaydi. 

Siyohrang

Interyer dizaynerlari yotoqxona uchun mazkur rangdan keng foydalanish mumkin ekanligini ta’kidlaydilar. Uni kulrang tusli uyjihozlari bilan uyg‘unlashtirish yordamida esa yanada ajoyib ko‘rinish hosil qilish mumkin.

Ko‘k

Mazkur rang osmon va suv timsoli bo‘lgani bois uni hammom uchun qo‘llash maqsadga muvofiq. Och tusdagi moviy rang esa yotoqxona interyerida qo‘l keladi. 

Yashil

Tinchlantiruvchi va hordiq chiqarishga ko‘maklashuvchi yashil rangdan yotoqxona va mehmonxona interyerida foydalanishingiz mumkin. 

Jigarrang

Erkaklar odatda o‘z ish xonalarini mazkur rangda jihozlashga harakat qiladilar. Buning boisi ne deysizmi? Jigarrang tinch, hashamdor va qulay muhit yaratishdagi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, bu esa uni aynan ko‘p vaqtini ish ustida o‘tkazuvchi insonlar xonasida namoyon bo‘lishiga imkon yaratadi. 

Qizil

Quvvat va kuch timsolini o‘zida aks ettiruvchi qizil rang bolalar xonasi, mehmonxona va oshxona interyeri uchun ayni muddao. 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook