Jeki Chan haqidagi 20 ta qiziqarli ma’lumot
Jeki Chan haqidagi 20 ta qiziqarli ma’lumot
Jeki Chan – gonkonglik,xitoylik va amerikalik aktyor, kaskadyor, kinorejissyor, prodyuser, stsenariychi, tryuklar hamda jangovar syujetlarni sahnalashtiruvchi, qo’shiqchi, filantrop (xayr-ehson ulashuvchi) va jang san’ati ustasi. YUNISEFning ko’ngilli elchisi, Britaniya imperiyasining Kavaler ordeni sohibi.

Quyida e’tiboringizga Jeki Chan haqida yana qo’shimcha ma’lumotlarni havola etamiz.

1.Hech bir kompaniya Jeki Chan va uning jamoasini sug’urta qilmaydi, shuning uchun u o’zi yoki kaskadyorlar jamoasi jarohatlanganda barcha harajatlarni o’z bo’yniga oladi.

2.Jeki Channing o’g’li otasining 130 mln lik moliyaviy ahvolidan bir dollar ham ololmaydi. Jeki Channing aytishicha “O’g’lim xohlasa,o’zi ham pul topa oladi, agar eplolmasa, shunchaki mening boyligimni sarf qilib yuraveradi”.

3.Jeki Chan Avstraliya, Kanberradagi qurilishda ishlab yurgan paytiida Jeki laqabini olgan.

4.Jeki Chan diplomli vokalchi va dublyaj ustasi. U o’zining ilk filmlarida qo’shiqni o’zi kuylagan hamda ba’zi klassik Disney filmlarida ovoz bergan.

5.1980-90 yillarda Jeki Chan o’zini va do’stlarini bezorilardan himoya qilish maqsadida yonida qurol va granata olib yurgan.

6.Jeki Chan ikki qo’lida  tuxumlarni ushlagan va ularni sindirmagan holda 12 ta beton bloklarni sindira olgan.

7.Jeki Changa “Tig’iz payt” (Chas Pik) filmi yoqmaydi,chunki u amerikacha hazilni tushunishni istamaydi. Unda nima uchun bu filmda bosh rollardan birini ijro etganligi so’ralganda, u rad etib bo’lmaydigan darajadagi ish haqi taklif qilishganligini aytadi.

8.Jeki Chan “Mulan” miltfilmi uchun xitoy tilida“Sizni odam qilaman” nomli qo’shiq kuylagan.

9.Cheki Chan yetti tilda bemalol so’zlasha oladi:kanton, mandarin, ingliz, nemis, koreys, yapon, tailand tillarida hamda amerikacha imo-ishoralar tilida mukammal so’zlasha oladi.

10.Jeki Chan Xitoyning kommunistik Partiyasining  sodiq maslakdoshi. Uning fikricha, har bir xitoylik qat’iy nazorat ostida bo’lishi kerak, aks holda har kim o’z xohlaganini qiladi.

11.Jeki Chan Ginnesning Rekordlar kitobidan ham joy olib ulgurgan. U “Kaskadyorsiz mustaqil ravishda bajarilgan eng xavfli tryuk”nominatsiyasi bo’yicha ushbu kitobga kiritilgan.

12.Jeki Chan “Jeki Chan sarguzashtlari” multfilmidagi o’z obraziga ovoz bermagan.

13.Huddi shu multfilmdagi Jeki Channing jiyani obraziga rostan ham Jeki Channing jiyani ovoz bergan.

14.Jeki Channing haqiqiy ismi – Chan Kong-Sang.

15.Aytishlaricha, Jeki Chan onasining qornida hamma qatori 9 oy emas, naq 12 oy bo’lgan ekan.Tug’ilganida ham uning og’irligi 4 kg800 gr ni tashkil qilgan.

16.”Ma’budlar aslahasi” (“Dospehi boga”) filmida Jeki Chan aslida samolyotdan sakragan va havo sharida yerga qo’ngan.

17.Aslida Jeki Chan kinodagi faoliyatini aynan kaskadyorlikdan boshlagan. U birinchi chiqishlarini Bryus Li ning filmlarida boshlagan.

18.Jeki Channing onasi giyohvand moddalar kontrabandisti bo’lgan, otasi esa josus bo’lgan.

19.Jeki Channing bosh chanog’iga plastic plastinka joylashtirilgan. Bu narsa “Ma’budlar aslahasi” filmidagi baxtsiz hodisa tufayli amalga oshirilgan.

20. Jeki Chan o’z faoliyati davomida 100 dan ortiq filmlarda ishtirok etdi. U dunyodagi eng mashhur osiyolik aktyorlardan biri hisoblanadi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook