Jigarni tozalaydigan va yog'larni yuvadigan foydali 3 ta ichimlik!
Bizning tanamiz ovqat, ayniqsa tez tayyor bo’luvchi mahsulotlarini hazm qilish paytida stressga duch keladi.
Jigar eng ko'p azob chekadigan organdir. Shuning uchun, vaqti-vaqti bilan detoks qilish juda muhimdir. Organizmni tozalash jigarning samarali ishlashiga yordam beradi.

Agar jigar to'g'ri ishlamasa, u boshqa organlarga salbiy ta'sir qiladi va turli kasalliklarga olib keladi. Quyidagi ichimliklar jigarni tozalashga va tanangizdan yog'lar hamda toksinlarni yuvishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar bajaring, sog'lom ovqatlanish tartibiga rioya qiling va sog'lom bo'ling!

1. Ko'p rangli ichimlik

- 1/2 limon

- 1 bulg’or qalampiri

- 1 olma

- 1 ta o'rtacha bodring

Tavsiya etilgan ingredientlarni sharbat qiling. Antioksidantlar kerakli ta'sirga ega bo'lishi uchun uni yangi holda ichish muhimdir. Har kuni ushbu sharbatdan 2-3 stakan ichsangiz, jigaringiz tozalanadi va organizmdan toksinlar chiqib ketadi.

Shuningdek, sizning umumiy ahvolingizni yaxshilaydi va tetiklikni kuchaytiradi.

2. Sitrusli lazzat bilan yashil choy

- yarim limon sharbati (1 limon)

- bitta banan

- yarim chashka ko’k choy (sovutilgan)

Kuchli EGCG (epikatechin gallat) ko’k choy ekstrakti tanani juda tez tozalashga qodir.

3. Zarchavali jigarni tozalash uchun ichimlik

- yarim stakan suv

1/2 choy qoshiq zarchava

- ozgina zanjabil

- bitta limon sharbati

Ushbu ichimlik sizning jigaringizni tozalaydi va ichakdagi toksinlarni olib tashlaydi. Bundan tashqari, o't pufagidagi toshlar paydo bo'lishining oldini oladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations