Kipr haqida qiziqarli ma’lumotlar
Yaqin vaqtgacha 5 ta mamlakat eng mashxur dam olish maskanlari hisoblangan: Misr, Turkiya, Tailand, Hindiston va Kipr. Ehtimol siz dastlabki to'rt mamlakat haqida ko'p eshitgansiz, lekin Kipr haqida emas. Shuning uchun ushbu maqolamizni Kipr mavzusiga bag’ishlaymiz.

Arxeologlarning ta’kidlashlaricha, Kiprda birinchi odamlar taxminan 10 ming yil avval yashaganlar.

Kipr orolining aholisi sayyoradagi eng mashhur va eng boy odamlar, deb hisoblanishgan. O'sha paytlarda Kipr misga boy konlari bilan mashhur edi. Metall juda ko'p miqdorda qazib olinar edi, so'ng uni turli mamlakatlarga jo'natishgan.

Nikosiya shahri Kiprning poytaxti hisoblanadi. Bu orolning eng qadimiy sanoat va tijorat markazi. Aynan Nikosiya orqali “Yashil chiziq” o'tadi, shu yo'l bilan mamlakat turk va yunon qismlariga bo'linadi.

Kipr hududi taxminan 9250 kvadrat kilometr maydonga ega.  

Mashhur yunon ma'budasi Afrodita aynan Kiprda tug'ilgan, degan afsona bor.

Mamlakat hududining 2 foizi Buyuk Britaniyaga tegishli.

Kiprda 790,000 kishi istiqomat qiladi. Mahalliy aholining katta qismi yunonlar. Ulardan tashqari, orolda 160 ming turk, 40 ming rus va 17000 ingliz yashaydi.

Kipr yumshoq O'rta yer dengizi iqlimi bilan mashhur. Qishda quyoshli va ozgina yomg'ir yog'adi. Yozda havo 40°C gacha qiziydi. Orolda turizmning juda yaxshi rivojlanganligini ta'kidlash kerak. Kipr o'zining toza plyajlari va toza dengiz suvi, ajoyib tog 'manzarasi va yuqori sifatli mehmonxona infratuzilmasi bilan mashhur. Shuning uchun har yili bu yerga ko'plab sayyohlar kelishadi.

Kiprning madhiyasi - "Ozodlikka umid", yunon milliy madhiyasi sanaladi. 

Kipr O'rta yer dengizining uchinchi eng katta orolidir. Ammo, dunyoda u faqat 81- o’rinda joylashgan.

Kiprda quyosh deyarli butun yil davomida, ya'ni 300 kun davomida chaqnab turadi.

Statistik ma’lumotlarga  ko'ra, orolliklarning umr ko'rish davomiyligi 77 yil: ayollar uchun bu ko'rsatkich 80 yil, erkaklar uchun 75,3 yil.

Kipr Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida aholi soni bo'yicha eng past ko’rsatgichlardan biriga ega. Yanayam kamroq odamlar faqat Lyuksemburg va Maltada yashaydilar.

Mahalliy aholi asosan yunon, turk va ingliz tillarida gaplashadi.

Kipr 2004 yilda Evropa Ittifoqiga a'zo bo'ldi.

Kiprda noyob o'simliklarning 140 dan ortiq navlari mavjud. 

Bu orol Evropaning janubiy chang'i kurortlaridan biridir.

Kiprda 45 ta sohilbo’yi plyajlari Evropa Ittifoqining ko'k bayrog'i bilan belgilangan. Bunday mukofotni olish uchun plyaj iloji boricha toza va xavfsiz bo'lishi kerak.

Yevropaning eng mashhur tungi klublaridan biri "Ayia Napa" orolning sharqida joylashgan.

Kipr jinoyatchilik darajasi juda pastligi sababli sayyoradagi eng xavfsiz joylardan biri hisoblanadi.

Orolning aholi zichligi har kvadrat kilometrga 117 kishini tashkil etadi.

Mamlakatda avtomobillar harakati chap taraflik.

So'nggi izlanishlarga ko'ra, mamlakatda ko'p odamlar kitob o'qishni xohlamaydilar. Kipr aholisi davriy nashrlar (gazeta, jurnal) ni afzal ko'radi.

Orol nima uchun Kipr deb nomlanganiga ko'plab tushuntirishlar mavjud. Eng ishonarli versiyaga ko'ra "Kuprum", ya'ni "mis" nomidan kelib chiqadi. 

Kiprda siz taxminan 370 turdagi qushlarni topishingiz mumkin.

Mamlakatning rasmiy pul birligi yevro bo'lib, u 2008 yilda Kipr funtining o'rniga kiritilgan.

260 ga yaqin baliqning turlari orol yaqinida yashaydi, ammo baliq ovlashga suvning tezkor oqimi halaqit beradi. 

Kipr ayol-qizlari sayyoradagi eng mashhur modnitsalar deb hisoblanishadi, ular yangilik uchun hamma narsani berishga tayyorlar. Inqiroz davrlarida moda kiyimlariga talab pasayib ketdi, ammo Kiprda u yanada oshdi. 

Kipr 1960 yilda mustaqillikka erishdi.

Taksi haydovchilari orasida har qanday miqdorga tegishli bo'lgan qaytimni bermaslik odati bor. Masalan, yo'l haqi 20 dollarni tashkil etadi, agar siz haydovchiga 50 dollar bersangiz, qaytimidan umidvor bo’lib yurmang - qaytarilmaydi.

Kiprda ko'plab faqat erkaklar uchun mo’ljallangan maxsus kafelar mavjud.

Kipr dunyo sharobini eksport qiluvchilar orasida yetakchi o'rinni egallaydi. Har yili orolda sharob festivallari o'tkaziladi. Bu yerda siz 50 sent to'lashingiz va ushbu ichimlikdan cheklovsiz bahramand bo'lishingiz mumkin.

Mamlakat aholisining 79% Yunon pravoslavligining izdoshlari, 19% musulmonlar, qolganlari boshqa dinlarga e'tiqod qiladilar.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations