Koinotning eng yosh millionerlari
Koinotning eng yosh millionerlari
Ko’pchilik tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida yillar davomida biznes o’ylab topadiyu, biroq uni amalga tadbiq etishda ikkilana boshlaydi. Sayyoramizning yosh millonerlari bosib o’tgan yo’l esa bu borada tavakkalchilik qilish kerakligining yaqqol isbotidir.

Millionerlar va tovuq fermasi

Jahondagi eng yosh tadbirkor – Kanadalik Rayan Rosso’z biznesini uch yoshligidayoq boshlagan ekan! Uning aytishicha, u o’zi yashayotgan hovlining o’rtasida joylashgan tovuq fermasiga qarab, tuhum sotish haqidagi g’oyani o’ylab topgan. Rayan bora- bora kuniga 60 dona tuxum sotishni boshlagan. Yosh tadbirkor 12 dona tuxumni 3 dollarga pullar, bu kuniga 15,oyiga 450 dollarga aylanardi.

Rayan ilk biznesidan ishlab topgan pulini ikkinchi biznes uchun bir necha yollanma ishchilarni jalb qildi. Maysalarni tekislash xizmati Rayanga kattagina daromat keltira boshladi. Yollanma ishchilar eng og’ir ishlarni bajarardilar, buning evaziga foydaning ¾ qismiga ega bo’lishar, qolgan daromad esa Rayan “xazina”siga kelib tushardi. Keyinchalik yosh tadbirkor o’zining uchinchi biznes g’oyasi – maysalarni sug’orishni amalga oshira boshladi va daromadning yarmiga egalik qilishga kelishib oldi. Rayan o’zdaromadining deyarli barcha qismini o’z kelajagi yo’lida sarfladi, bu esa 8yoshli tadbirkorni 900000 dollar(!) sohibiga aylantirdi. Bugungi kunda Rayan Milliy liganing ikkita hokkey komandasiga egalik qilishni ko’zlab turibdi.

Jemlar qiroli

Shotlandiyada dunyoga kelgan 14 yoshli Freyzer Doerti buvisining retseptlari ustida turli tajribalar o’tkazib ko’rardi. Freyzerning tajribalari natijasida sovutgichdagi bor masalliqlardan  tayyorlangan ilk jemlar kichik idishlarga solib, qo’shnilarga sotilgan. Jemlar savdosi gullab-yashnay boshlagach, u o’z biznesini kattalashtirishga bel bog’ladi. Freyzer ishlab chiqarish brendiga “Superjam” deb nom berdi. Bir muddat o’tgach, u o’z mahsulotlarini sotish bo’yicha “Waitrose” supermarketlar tarmog’i bilan shartnoma imzoladi. Freyzer yil ohiriga kelib, 750000 dollar daromad olgan bo’lsa, bir yildan foyda hajmi million dollardan oshib ketdi.

Miss “O” keltirgan daromad

10 yoshli Juliet Brindak bolalarcha rasm chizishni hush ko’rardi. Uning Miss “O” ismli personaji tasvirlagan rasmi ko’pchilikning e’tirofiga sazovor bo’ldi. Unga berilgan yuqori bahodan ilhomlangan Julietga o’z rasmlarini internet tarmog’iga joylash fikri keldi. U 8-12 yoshli qizlarni birlashtiruvchi internet jamiyatini tuzdi va bolalarcha rasmlarini o’ziga hos brendga aylantira oldi. Avvaliga uning dugonalari uchun tashkil etilgan saytga kuniga millionlab kishi  tashrif buyuradigan bo’ldi. Ushbu sayt qizaloqlar uchun turli test, chat, o’yin va boshqa ko’ngilochar ilovalarni taklif etar, saytga tashrif buyurgan “mehmon” ga esa Juliet yaratgan Miss “O” yo’lboshchilik qilardi.

Bugungi kunda Juliet Brindak Vashington universitetida o’qish barobarida qizlar uchun mo’ljallangan internet loyihalariga egalik qiladi. Mutaxassislar uning bu loyihalarini 15000000 dollarga baholashgan.

Qo’ziqorinchi millioner

Amerikalik 15 yoshli Yan Purkayastxa o’z ota-onasi, do’stlari va atrofdagilarga keng fantaziya yordamida muvaffaqiyat va kattagina daromadga ega bo’lish mumkinligini isbotlab berdi.

Yan bolaligidan qo’ziqorinlarni  juda yaxshi ko’rardi. U boshlang’ich sinfda o’qiyotgan paytlari otasi bilan o’rmonga sayr qilish uchun boradi. Balki aynan shu sayr chog’ida Yanda qo’ziqorinlarga oid ajoyib biznes g’oya paydo bo’lgandir.

U restoran va do’konlarga qo’ziqorin yetkazib berishni o’ylab qo’ydi. Qo’ziqorin yig’ish juda qiyin bo’lgani uchun uning raqobatchilari deyarli yo’q edi. Biroq,tryufel qo’ziqorinlar tez buzilar va to’rtta tekshirish bosqichidan o’tardi.Yan bu muammoni uddabironlik bilan hal qildi va Arkanzasda shaxsiy ko’chatxona tashkil etdi. Mazkur ko’chatxona bugungi kunda Amerika Qo’shma Shtatlaridagi tryufel qo’ziqorinlarini yetishtiruvchi eng yaxshi maskanlardan biriga aylanib bo’lib, u yosh millioner Yan Purkayastxaga yiliga 1000000 dollar sof daromad keltiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook