Lab shakliga qarab fe’l-atvorni bilib oling
Lab shakliga qarab fe’l-atvorni bilib oling
Lab shakli va tuzilishiga qarab inson fe’l atvorini o’rganuvchi fiziognomika fani mutaxassislarining fikricha, inson ko’zlaridan ko’ra lablar tuzilishi uning fe’l atvori haqida to’liqroq aytib bera olar ekan.

Qalin lablar- qalin lab sohibalari taэsirchan va jozibali bo’lishadi. Ular go’zallikning ashaddiy ishqibozidirlar. Nafosatni qadirlovchi va mukammallikka initlish hususiyati bilan o’zgalardan ajralib turadilar. 

Ingichka lablar- egasi sirli va qaysar fe’l-atvorga ega bo’ladi.  Ularni ko’p hollarda o’ziga bo’lgan ishonchsizlik qiynaydi. Ular odatda ko’p gapirmaydilar. Buning ustiga shartakiligi sabab ko’pchilikning qalbiga ozor berib qo’yishi mumkin.  Lekin ularga har qanday holatda ham ishonish mumkin.

Ustki labning pastki labdan qalinroq bo’lishi o’ziga ishongan insonlarda ko’proq uchraydi.  Bu ishonch ko’p hollarda manmanlikka ham aylanib ketishi mumkin. Hamisha o’z gapida turishadi, shu bois ular bilan baxslashish befoyda.

Pastki lab qalinroq bo’lsa, bilingki, ushbu inson fe’l – atvorida murakkablik hukmron. Ular o’zgaruvchan bo’lishadi va shu bois ham ular bilan suhbatga kirishib ketish murakkab.  Bunday insonlar injiq, atrofdagilar va o’ziga nisbatan o’ta talabchanligi bilan ajralib turadi.

Yurak shaklidagi lab sohibalari yangilikka intiluvchan, serg’ayrat, xazilkash va ta’sirchan bo’lishadi. Bunday insonlar har qanday holatda ham muammoni osonlik bilan hal eta oladi. Sir saqlash borasida ular bir oz nonoqroq. Shu sababdan ham ular bilan sirlashishni maslaxat bermasdik.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook