Mashhurlarning g'alati fobiyalari
Mashhurlarning g'alati fobiyalari
Mavjud fobiyalar doimiy ravishda ko'payib boradi yoki biz ular haqida bilmaganlarimizni bila boshlaymiz. Biz XXI asrda yashayotganimiz va nihoyat fobiyalarni jiddiylik bilan qabul qila boshlaganimizdan baxtiyormiz. Bu fobiyalar juda g'alati bo'lib, ularning mavjudligini tan olish inson uchun biroz mushkul.

Yuqori mavqe, baland gonarar, ajoyib martaba va yutuqlarga qaramay, taniqli odamlar ham fobiya borasida oddiy odamlardan farq qilmaydi. Boshqalar singari ko’plab mashhurlar ham turli tuman fobiyalardan aziyat chekishadi. Bugungi maqolamizda  ularning eng g'alatilari bilan sizni tanishtiramiz.

Opra Uinfri

O'zining ko'rsatuvida allaqachon bir necha avlod qizlar va ayollarni tarbiyalagan taniqli teleboshlovchi oddiy saqichga nisbatan o'ta salbiy munosabatda. Suhbatdoshning doimiy harakatlanadigan jag'larini ko'rish Oprani haqiqiy dahshatga soladi. O'zining shousida ushbu mahsulotni butunlay taqiqlangan. Taqiqni buzishga jur'at etgan kishi darhol ishdan bo'shatiladi.

Alfred Xichkok

Alfred Xichkok oddiy tuxumdan qo'rqardi. Bir safar intervyuda Xichkok singan tuxum bilan qolgandan ko’ra murda bilan qolishni ma’qul ko’rishini aytib o’tgan.

Kristina Richchi

Kristina Richchi noyob kasallikdan aziyat chekadi - botanofobiya dunyo bo'ylab odamlarning atigi 3 foizida kuzatiladi. Xususan, qiz  xona o’simliklarini iflos va xavfli deb hisoblab, ularga nisbatan kuchli antipatiyaga ega.

Jorj Vashington

Amerika Qo'shma Shtatlarining birinchi Prezidenti, Amerika inqilobining qahramoni Jorj Vashington tiriklayin ko'milishdan juda qo'rqardi. U o'lim to'shagida o'limidan keyin har ehtimolga qarshi yana uch kun ko'mmasliklarini talab qilgan.

Stefani Kinan

Stefani Kinan ovqat haqida gapirishni yomon ko'radi. Har safar televizor ekranida reklama paydo bo'lganida qiz xonadan chiqib ketadi. Bir necha marta, Stefani juda foydali tijorat takliflarini bilvosita oziq-ovqat bilan bog'liqligi sababli rad etgan.

Pamela Anderson

Bizning ro'yxatimizning eng g'alati fobiyalaridan biri: Pamela Anderson ko'zgulardan qo'rqadi. 90-yillarning eng jozibali ayoli uylarda ko’zgusiz yashaydi va o'zini televizorda ko'rishdan bosh tortadi. Ha, qiz aniq noto'g'ri kasbni tanlagan.

Nikola Tesla

Mashhur ixtirochi va futurist Nikola Tesla marvaridlar qo'rquvidan aziyat chekib, ularni kiygan ayollar bilan gaplashishdan ham bosh tortardi.

Richard Nikson

AQSh prezidenti Richard Nikson kasalxonalardan mantiqsiz ravishda qo'rqishdan aziyat chekdi. 1974 yilda ushbu fobiya davlat rahbarining hayotiga zarar yetkazdi. Nikson kasalxonaga oilaviy shifokori uning hayoti katta havfda ekanligini aytganidan keyingina borishga rozi bo'ldi.

Nikol Kidman

Nikol Kidman ilon yoki o'rgimchaklardan qo'rqmaydi va hatto bir marta uyida haqiqiy sichqonni saqlagan. Ammo oddiy kapalaklar aktrisada boshqarib bo'lmaydigan vahima qo'zg'atadi. Bu biroz g'alati, boisi uning sevimli yozuvchisi - kapalaklar ovchisi Vladimir Nabokov.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook