Barcha zamonlarda g’arb mamlakatlarida yaqin qarindoshlarning oila qurishi ta’qiqlangan. Ba’zi millatlarda esa bu jinoyat hisoblanib kelingan. Shunga aramasdan yaqin qarindoshlar oqasidagi nikohlar baribir sodir bo’lavergan, chunki sevishganlar hayotlarini bir-birlarisiz tasavvur ham qila o,lmaganlar. Ushbu maqolamizda yaqin qarindoshlari bilan oila qurgan taniqli tarixiy shaxslar haqida bayon etilgan. Marhamat, tanishing!
Edgar Po va Virdjiniya Klemm
Taniqli amerikalik yozuvchi Edgar Allan Po nafaqat o’zining detektiv asarlari, balki o’z shaxsiy hayoti bilan ham dong taratgan. 26 yoshida u ota-onasi bilan hafalashib qolib, jahl ustida uyidan chiqib ketadi va ammasinikida yashay boshlaydi. Yozuvchi ammasi missis Klemmnikida yashar ekan, uning 12 yashr qizi, ya’ni o’zining jiyani Virdjiniyani chin dildan yoqtirib qoladi.
Ishq olovida qiynalayotgan jiyanini ko’trgan ammasi yoshlarga oila qurishlariga ruxsat beradi, faqat Virdjiniya balog’at yoshiga yetishishini kutish sharti bilan. Juftlik baxtli yashay boshladilar, biroq oila baxti uzoqqa cho’zilmadi: tuberkulyoz kasalligi tufayli Virdjiniya vafot etdi. Ikki yil o’tgach esa yozuvchining o’zi ham xotiniga kuyib, uning ketidan ravona bo’ldi.
Igor Stravinskiy va Yekaterina Nosenko
Igor Stravinskiy XX asrning eng iqtidorli kompozitorlaridan biri hisoblanadi. Amakivachchasi bo’lmish Yekaterina Nosenko bilan bolaligidan do’st bo’lib kelgan, keyinchalik bu munosabat chuqurlashib, muhabbatga aylangan. Stavrinskiy o’z sevganiga uylanmoqchi bo’ladi, biroq pravoslav cherkovi bunday nikohni ta’qiqlar edi. Oxir-oqibat kompozitor bir ruhoniyni ko’ndira oldi va 1906 yilda juftlik nikohdan o’tdi.
Franklin Ruzvelt va Eleonora Ruzvelt
Amerikalik president Franklin Ruzveltni Avraam Linkoln hamda Jorj Vashington bilan bir qatorga qo’yadilar. Uning rahbarligi ostida mamlakat Buyuk depressiya davridan chiqa oldi va katta tezlikda rivojlana boshladi.
Franklin Ruzvelt o’zining qarindoshi bo’lmish Eleonora Ruzvelt bilan nikohdan o’tadi. Eleonora Ruzvelt boshqa amerikalik president Teodor Ruzveltning jiyani edi. Franklinning onasi bunday nikohga qarshi chiqadi, biroq sevishganlar uchun bu to’siq bo’la olmadi. Tarixdan ma’lumki, ular nafaqat baxtli oila qura oldilar, balki siyosiy maydonda ham o’zlarini ko’rsata oldilar. Eleonora eri kabi mamlakatni boshqarishda faol ishtirok etdi va shuhrat qozondi.
Charlz Darvin va Emma Vedjvud
Taniqli tabiatshunos va evolutsiya nazariyasining asoschisi Charlz Darvin o’z amakivachchasi Emma Vedjvudga uylangan. Taqdir charxpalagini qarangki, olim o’z hayoti tajribasida qarindoshlik nikohidan qanday bolalar tug’ilishini ko’rdi. O’nta farzandlaridan uchtasi o’ldi, qolganlari juda nimjon bo’lib o’sdilar. Buning sababi yaqin qarindoshlik nikohi bo’lib, Darvin buni yaxshi bilar edi va hattoki ushbu mavzuga bag’ishlab bir nechta ilomiy ishlar ham yozdi.
Kristofer Miln va Lesli de Selinkurt
Yozuvchi Alan Miln o’zining o’g’lini bolalar uchun mo’ljallangan “Ayiqcha Vinni-Pux va do’stlarining sarguzashtlari” nomli ertagida Kristofer Robinning prototipi sifatida gavdalantiradi. Hatotda ota va bolaning munosabatlarini yaxshi deb bo’lmas edi. Kristofer yozuvchi otasi unga vaqt ajrata olmaganligidan hafa bo’lar edi. Keyinchalik Kristofer Miln o’z amakivachchasi Lesli de Selinkurtga uylanishga qaror qilganida vaziyat yanada chuqurlashdi. Kristoferning ota-onasi bindan jahllari chiqdi, onasi naq 15 yil o’g’li bilan gaplashmadi.
1956 yilda Kristofer Milnva uning turmush o’rtog’I nihoyat farzandli bo’ldilar. Uzoq kutilgan bu qizaloqda serebral falajlik kasalligi aniqlandi.
Qirolicha Viktoriya va uning amakivachchasi shahzoda Albert Saksen-Kkoburg-Gotskiy
Qirollik oilalari uchun yaqin qarindoshlik nikohi odatiy hol edi – bunday nikoh siyosiy o’yinlarning bir qismi hisoblanar edi, shuning uchun ham bunday oilalarda mehr-muhabbat va bir-birlarini tushunish kamdan-kam uchrar edi. Biroq qirolicha Viktoriya va amakivachchasi Albert Saksen-Koburg-Gotskiy orasidagi nikoh bundan mustasno edi. Bu nikohda manfaatdan ko’ra muhabbat birinchi o’rinda edi. Viktoriya va Albert to’qqiz nafar farzandni dunyoga keltirdilar. Qirolichaning turmush o’rtog’i vafot etganidan so’ng umrining oxirigacha motamda yurdi.
Qirolicha Yelizaveta va shahzoda Fillip
Hozirgi kunda faoliyatdagi qirolicha Yelizaveta va shahzoda Fillipning oila qurganlariga 70 yil to’ldi. Ular bir-birlariga uzoq qarindosh hisoblanadilar. Ular uchinchi ajdoddagi bobolarining nabiralaridir.
Сообщения из Facebook