Nok turibdi osilib, ammo bo’lmas uni yeb: reklama uchun ovqatlarni qanday sur’atga oladilar
Nok turibdi osilib, ammo bo’lmas uni yeb: reklama uchun ovqatlarni qanday sur’atga oladilar
Ko’pincha ma’lum oziq ovqatlar reklamasi bizning e’tiborimizni o’zining chiroyli sur’atlari bilan tortadi. Marketologlar aynan shuga intiladilar. Har bir detal mukammallikka etkaziladi: chiroq, rakurs, ranglar… Bularning barchasiga oddiy iste’molchi kamdan kam e’tibor beradi, lekin ular savdoni miqdorini ta’minlaydilar. Ammo reklamada haqiqatda nima tasvirlangan?

Biz reklamada ko’radigan sut, aslida esa aksariyati sut emas.

Aslida bu elim va quyoshdan himoyalovchi krem. Ularning aralashmasi visual  ko’rinishda sutni eslatadi, kosistensiyasi jozibador va yaxshiroq yaltiraydi. Bundan tashqari, uning ichida nonushta uchun atala erib ketmaydi.

Pivo ko’pigi reklamada doim  ideal.

Chunki aslida bu sovun ko’pigi. Syomkalar uchun, ko’pik quyuq va unchalik tez tushib qolmasligi maqsadida, pivoga katta miqdorda sovun qo’shishadi.

Ekzotik kokteyllar aslida siz o’ylagan narsalardan tashik topmagan.

Kokteyllarning reklamasi real hayot bilan xech qanday umumiy jihatlarga ega emas. Hamda ularni tayyorlash uchun alkogol ishlatishmaydi.

 

Xozirgina tayyorlangandek ko’rinishdagi taomlardan tepaga ko’tarilib turuvchi par, aslida fiksiyadan boshqa narsa emas.

Bu oddiy ladan, isiriqsimon hushbo’y tutatqining tutuni. E’tibor bering, bu xaraketlik tutunni deyarli barcha ovqatlar reklamasida uchratish mumkin.

Mazali, go’st qiymasili tako, aslida go’stdan qilinmagan.

Bu makiyaj uchun spojiklardir. Aniqlik bilan kesib chiqilgan va sousda namlantirib, arashtirilgan sponjiklar taom formasini tutib turishi uchun go’stni o’rniga ishlatiladi. Ideal kadr uchun tortilyalarni o’zaro elimlab chiqishadi.

Reklamadagi muz xech qachon erimaydi. Yoritish moslamalaridan chiquvchi issiqlikni va syomka jarayoninig uzunligini hisobga olganda, muzni doimiy ravishda almashtirib turish kerak bo’lar edi. Shuning uchun uni akrildan yasashadi.

Reklamada ichimliklar doim yaxshilab sovutilgan bo’ladi.

Albatta, axir idishlarni matlashtiruvchi krem va gliserin bilan surib chiqiladi. Buning uchun, avval ichimlikni, hayratlanarli bo’lsada, isitilganligida amin bo’lish kerak. Avval idishni matlovchi krem bilan surtilib, keyin esa, 80% gliserin va20% suvli aralashmani sepib chiqiladi.   

Bunchalar mazali muzqaymoq!

 

Muz kubuklari holatidagi kabi, muzqaymoq ham syomka jarayonida studiyadagi yuqori haroratga bardosh bera olmaydi. Bu hollarda un va vanil kremi aralashmasidan foydalanilib, unga qoshiq yordamida muzqaymoq ko’rinishini berishgan. Unga faqatgina mos keladigan siroplar qo’shish qoldi va tayyor.

Reklamadagi go’sht deyarli pishmagan bo’ladi. Go’shr pishirish vaqtida, har doim hajmda kichiklashadi va so’ngida bujmaygan va ko’rimsiz bo’lib chiqadi. Buni oldini olish uchun deyarli pishmagan go’stdan foydaliniladi. Uni sirop yordamida kerakli rang kiritgungacha bo’yab chiqiladi. Panjara izlarini maxsus marker yordamida chizib chiqilgan.

Ko’p qavatli sendvichlar havoda o’zlari o’zini ushlab turmaydi.

Ularga tirgovichkerak. Bu ishtaxa ochuvchi buterbrodlar ortida, strukturani ushlab turuvchi, injenerlik san’ati mahsuli yashirinib turadi. Butun konstruksiya yopishqoq lenta, tish kovlagich va karton yordamida fiksasdiya qilingan. 

Gamburgerlardagi pishloq, isitish haroratini tog’ri tanlash sababli, har doim ideal ko’rinishga ega. Salgina erigan, hali formasini yo’qotishga ulgirmagan pishloqni ko’rsatish kerak. Shuning uchun soch quritish fenindan foydalaniladi.

Tortlar hamosongina sur’atga olinmaydi. Biskvitning ideal qatlamlari orasiga karton bo’laklari yotqizib chiqiladi. Ularni kichik miqdordagi ko’pirtirilgan qaymoq yoki krem bilan yopib chiqishadi. Ba’zan esa soqol olish uchun maxsus ko’pikdan foydalaniladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook