Ogohlik zarar qilmaydi: Haqiqat bo’lib chiqqan 5 nafar mudhish shahar afsonalari
Ogohlik zarar qilmaydi: Haqiqat bo’lib chiqqan 5 nafar mudhish shahar afsonalari
Internet kengliklarida sang’ib yurgan ko’pchilik shahar afsonalari va dahshatli voqealar – yosh bolalarni begona odamlardan konfet olmaslik, kattalarni esa qishloq joylardagi yo’llarda noo’rin ishlarni qilmaslikka undovchi badiy to’qimalar, albatta. Biroq, ularning oralarida real hodisalar asosida vujudga kelganlari ham bor. Bugun shular to’g’risida quyidagi ma’lumotlar.

Odamxo’r eskalator

Afsona:

“Botinkangning iplarini bog’lab ol, bo’lmasa poyafzalining ipi ilashib qolgan anavi yigitga o’xshab seni ham eskalator yutib yuboradi!” poyafzalining iplarini bog’lashga o’rgatmoqchi bo’lgan ota-onalar o’z bolalariga tahminan shunday deb aytadi.

Eskalatorlarda hech qanday hodislarsiz ko’p yillar davomida yurgandan keyin eskalator barmoqlaringni yeb qo’yishidan ko’ra boshingga meteorit uchib kelish ehtimoli ko’proqday tuyuladi.

Haqiqat:

Biroq, bu biz o’ylagandek havfsiz emas. Eskalator tarixida ular orasida “odamxo’r”ga aylangan yuzdan ortiq hodisalar mavjud.

Shanxaydagi savdo markazlaridan birida eskalator farroshning oyog’ini olib kirib ketdi. Erkak zinaga turganida uning ostida pol yorilib, oyog’i mashinaning mexanizmi ichida tiqilib qoldi. Jabrlangan erkakni eskalator changalidan faqat qutqaruvchilargina ozod qila oldi.

Qarovsiz qoldirilgan bolakayning qo’lini eskalator olib kirib ketdi. Xayriyatki,bola qutqarib qolindi.

Kolleksioner

Afsona:

Odatda faqat g’arbiy dahshatli filmlarida uchraydigan nekrofil qo’shni qanaday ta’rifga ega bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz: yuvosh, xushmuomala, ziyoli va hech qanday shubhaga o’rin qoldirmaydigan.

Haqiqat:

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan bo’lgan olim-tilshunos Anatoliy Moskvin aynan shunaqa pismiqlardan edi.

Uning butun xonadoni kattagina, odam bo’yi keladigan qo’g’irchoqlarga to’la bo’lgan. Shuning o’zigina juda g’alati, ammo eng dahshatlisi hali oldinda – “qo’g’irchoq”larning oborochkali ko’ylaklari-yu oq-malla pariklar ostida tezkor hodimlar ... 26 nafar qizlarning mumiyolangan jasadini topib olgan!

Moskvin ashaddiy kolleksioner bo’lgan, shu qadar ashaddiy bo’lganki, aynan shuning orqasidan “tomi ketib qolgan”, lekin boshqalar kabi pochta markalari, turli davrlarning tangalarini emas odamlarning mo’miyolangan jasadlarini to’plagan. U 2000 yildan boshlab Nijniy Novgorod, Moskva va boshqa shaharlardagi qabristonlardan jasadlarni kavlab olib uyiga olib kelgan.

Anatoliy Moskvinga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi “Qabrlarni yoki murdalarni tahqirlash” bo’yicha ayb qo’yilgan, lekin 2012 yilda bo’lib o’tgan sud jarayonining natijalariga ko’ra u g’ayrishuuriy shaxs deb topilib (“shizofreniya” tashhisi qo’yilgan) majburiy ruhiy davolashga yo’naltirilgan. Keyinchalik majburiy davolashning muddati bir necha marta uzaytirilgan, hozirgi paytda amalda bo’lgan oxirgi xukmning uzaytirilishi to’g’risida 2017 yilning iyul oyida qaror qilingan.

Aqldan ozgan jarroh

Afsona:

Ishonchli bemorlarni parchalashni yaxshi ko’radigan shifokorlar - ko’pgina shaharlar afsonalari, ko’plab qo’rqinchli filmlarning qahramonlari sifatida namoyon bo’ladi.

Haqiqat:

Kaliforniyalik plastik jarroh Glenn Taker, odamlarni tasqaraga aylantirganidan sadistik zavqlanganiga o’xshaydi. Qo’lidagi og’riqlarga shikoyat bilan murojaat qilgan bir bemorni davolash amputatsiya bilan yakunlandi.

Shikoyat daftari va sudga da’vo arizalari tog’day bo’lib ketishi bilan jarroh qayiqda sayr qilayotgan paytda cho’kib ketib fojeali tarzda halok bo’lganligi to’g’risida xabar paydo bo’lgan edi. Oradan bir yil o’tib u Floridada yana paydo bo’lib qoldi. Shu bir yil ichida u yana bir qancha mijozlarni badbashara qilishga ulgurgan.

Voqea ommaviy ahborot vositalarida yangrab o’tgan. Taker hibsga olingan va garov evaziga sudgacha qo’yib yuborilgan, biroq u sudni kutib o’tirmay u oldindan o’z uy hayvonlarining barchasini o’ldirib, keyin o’zini otib yuborgan.

Qaznoqdagi qiz

Afsona:

O’z uyingizda bir o’zingiz bo’lsangiz birdan sizni tinmay kimdir kuzatayotganday tuyulaveradi. Hamma oyna va eshiklarni bekitib qo’ydingiz, biroq baribir uyda sizdan tashqari yana kimdir borligini sezib turibsiz?

Siz bilan shunday bo’lganmi?

Haqiqat:

Yakka o’zi yashaydigan 57-yoshli yaponiyalik bir erkak o’z uyida ayrim narsalar tinmay joyini o’zgartirayotganini seza boshladi. Ovqat yo’q bo’lib qolar edi, ammo uy egasi uni yemaganini aniq eslaydi. Eshik qulflangan, oynalar esa mustahkam yopilganligiga qaramay tunning yarmida u o’z xonadoni ichidagi g’alati tovushlardan uyg’onib ketadigan bo’lib qolgan edi.

Bu vaziyatga aniqlik kiritish uchun u butun uyi bo’ylab yashirin kameralarni o’rnatib chiqdi.

Ertasi kuni kameralarning yozuvini ko’rayotib u “Qo’ng’iroq” badiiy filmidagi kabi idish-tovoq shkafining ostidan chiqib kelgan g’alati ayolni ko’rib qoldi. U ayol ovqatlanib hojatxonaga kirib chiqib, keyin yana shkafning ichiga kirib ketdi. Bunaqa narsani ko’rgan ayrim odamlar ruhoniyga yoki psixiatrga murojaat qilishi mumkin edi. Yapon erkak sarosimaga tushmay politsiyaga murojaat qildi. Politsiya uyning ichida tintuv o’tkazgandan keyin shkafning ichida yashirinib yotgan uysiz ayolni topib oldilar. Keyinchalik aniqlanishicha, u biryil avval uyning ichiga kirib olib, shundan beri yeb-ichib, uxlab va xatto, dush qabul qilib yurgan ekan.

 

Halokat cho’chqaxonasi

Afsona:

Dahshatli filmlardagi banditlar, qotillar o’z qurbonlarini stulga bog’lab qo’yib, ularni cho’chqalar uchun yemish sifatida tashlab yuborishi bilan qo’rqitadi. Lekin, cho’chqalar odamni yemaydi-ku?

Haqiqat

Cho’chqalar odamni yemaydi? Yeydi, yana qanday yeydi! Djeyms Svitchel Vyetnam urushininng fahriysi travmadan keyingi sindromdan qutilishi uchun cho’chqa boqishga qaror qilgan edi. Vaqt o’tib bu juda foydali biznesga aylangan. 2012 yilda Djeyms o’z cho’chqalarini boqish uchun cho’chqaxonaga kirib ketgan edi, shundan beri uni hech kim boshqa ko’rmadi. Cho’chqaxonada nima sodir bo’lgani haligacha noma’lum. Ko’rinishicha cho’chqalar uni to’liq yeb qo’yishgan va undan faqat tish protezi bilan kiyimlarining yirtiq bo’laklari qolgan.

Doimo ogoh va ehtiyot bo’ling, chunki falokat oyoq ostida. Hammani yaratganning o’zi asrasin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook