Oshxona uchun 22 qo'llanma
Keltirib o'tmoqchi bo'lgan ajoyib maslaxatlarimizni onangiz ham eshitmagan. Bunga ishonavering!

Oshxonadagi mahoratingizni beqiyos darajaga olib chiqa oladigan bir qancha maslaxatlarni jamladik.  Meva va sabzavotlarni qanday qilib to'g'ri saqlashni, tuxumni qaynatishni va ovqatlarning tez buzilishini oldini olishni o'rganing.

1. Pishloqni kesganingizda, qadoqning kesilgan qismini tashlamang. Qolgan pishloqni qoplash uchun undan foydalaning.

2. Tovuq tuxumlarini muzlatgichga qo'yishdan oldin o'simlik moyi bilan yog'lang. Shunda ularni uzoq muddat saqlay olasiz! 

3. Zanjabilni tozalash juda qiyin, ammo tozalash uchun choy qoshig'ini ishlatishga harakat qilsangiz, bu muammo yo'qoladi.

4. Kesilgan tort eskirib qolmasligi uchun kesilgan joyga bir bo'lak non qo'yib, ularni tish tozalagich bilan birlashtirib qo'ying. Shun holda tort emas nonning suvi qochadi. 

5. Sizga bir necha tomchi limon sharbati kerak bo'lib qoldimi? Limonni kesishga shoshilmang! Tish tozalagich bilan teshib oling, bir necha tomchi sharbat darhol chiqib ketadi. Limon esa butunligicha qoladi,  teshikchani esa skotch bilan yopib muzlatgichga qo'ying. Sifati buzilmaydi.

6. Mayanez  idishida qolib ketsa, sirka va zaytun moyini qo'shib qo'ying. Uni salat uchun ishlatishingiz mumkin. 

7.Rezavolarni sifati buzilmasligi uchun kuchsizroq sirka sepib qo'ying.

8. Qog'oz xaltachalar piyoz va sarimsoqni saqlash uchun eng yaxshi usul. Xaltachalar mog'orlashdan ikki oygacha saqlay oladi. 

9. Maydalangan avakadoni tez qorayib qolishdan saqlash uchun  uni olma sirkasi yoki bir bo'lak kesilgan piyoz bilan saqlash maqsadga muvofiq.

10. Kartoshka shox otmasligi uchun uni olma bilan birga saqlang. Olma tarkibida etilen mavjud bo'lib, bu kartoshkadan shox  chiqishini oldini oladi.

11. Sevimli  Nutella qoldiqlari qolib ketsa, bankasiga issiq sut quying. Qaynoq shokoladli ichimlik paydo bo'ladi. 

12. Mango, kivi va avakadoni stakan orqali oson tozalash mumkin. 

13. Ananasni teskati holatda saqlash kerak. tShunda ular tezda pishib, shirin bo'ladi.

14. Selderey va brokkolini folga qog'ozga oralgan holda saqlang. Shunda ularning sifati tez buzilishini oldini olgan bo'lasiz.

15. Yong'oq moyini idishdan oson olish uchun , teskari holarda qo'yib qo'ying. 

Bananni uchini skotch bilan o'rab qo'ysangiz tez qorayishini oldini olgan bo'lasiz.

17. Ko'katlarni sarg'ayganini sezgan bo'lsangiz tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni maydalab zaytun moyi bilan aralashtiring. Aralashmani muz qolipchalarga joylashtirib muzxonaga qo'ying.  - Salatlar, sous va suyuq taom uchun ayni kerakli narsaga aylanadi qoladi. 

Karamni yaxshi saqlanishi uchun muzlatkichga solishdan oldin qog'oz xaltachaga joylashtiring.

19. Chips yoki kraker qurib qoldimi? Xafa bo'lishga xojat yo'q! Qisqa muddatga minipechga soling. O'z xoliga kelganini guvohi bo'lasiz.

Xom banan pechda yaxshi pishadi. Faqat pechga qo'yilgan vaqt bir necha daqiqa bo'lsagina.

Pitsani istitmoqchi bo'lsangiz tova sizga qo'l keladi.

22. Konselyar mixcha sizga osonlikcha tuhum  tozalashga yordam beradi. Pishirishdan oldin qobig'ida kichik  teshikcha hosil qiling, bu qaynatilgan tuxumni oson tozalashni kafolatlaydi!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations