просмотров
Ferrari avtomobili
1978 yilda Los-Anjelesda ikki bola uylarining orqa ko’chasidagi yerni kovlayotganlarida Ferrari Dino 246 GTS avtomobiliga duch keldilar. Mashina politsiya tomonidan kavlab olingandan keyin uning qidiruvda ekanligi ma’lum bo’ldi. Taxmin qilishlaricha, avtomobilning o’g’rlanishi va ko’milishi sug’irta tovlamachiligining bir qismi bo’lgan. Topilgan mashina sug’urta kompaniyasiga topshirildi, so’ngra esa kim oshdi savdosiga qo’yildi. Biroq yer ostida ancha turgan avtomobilning ahvoli juda yomon edi.
Qadimgi bronenosets zirhi
Argentina fuqarosi Jose Antonio Nievas o’ziningfermasi yaqinida antiqa narsaga duch keldi. Hose Antonio bu topilmani dinozavrtuxumi deb o’yladi. Aslida esa bu qadimgi yirik bronenosets (zirhli sutemizuvchi hayvon) – gliptodonning zirhi ekan. Undagi teshik esa boshqagliptodon bilan olishuv paytida hosil bo’lgan.
O’rta asr davrining xazinalari
Avstriya fuqarosi Andreas K. o’zining hovlisiningpastki qismida qimmatbaho buyumdan iborat bo’lgan xazinani topib oldi. Xazinaikki yuzdan ortiq qimmatbaho taqinchoqlar va isdishlardan iborat edi. Bu odamtopgan xazinasini yashikka joylab, uni yerto’laga olib tushib qo’ygan va uhaqda unutib qo’ugan. Ikki yildan keyin yangi uyga ko’chib o’tish arafasidaxazina haqida eslab qolgan. Qimmatbaho buyumlarni ko’zdan kechirgan ekspertlarxazinaning 650 yillik tarixga ega ekanligini aniqladilar. Andreas topilmanishahar muzeyiga beminnat topshirdi.
Meteoritlar ketma-ketligi
Bu inson esa hech narsa qidirmagan. Uning hovlisigameteoritlarning o’zi kelib tushavergan. Bu narsa fizik hamda matematikhisoblarga umumam to’g’ri kelmaydi, biqoq Bosniya fuqarosi Radivoje Lajicninghovlisiga meteoritlar ketma-ket naq olti marta kelib tushgan. Belgraduniversitetining olimlari toshlarning haqiqatdan samoviy jism ekanliginitasdiqladilar. Ayni damda ular Layichning uyi atrofidagi magnit maydonni o’rganishmoqda va anomal holatningsabablarini aniqlashmoqchi.
A’lo darajadagi bombapanoh
Kris va Kollin Otcasek Kaliforniyada uy sotib olarekanlar, hovlida sovuq urush davrida qurilgan radiatsiyaga qarshi bombapanohborligini bilar edilar. Buni bir paytlar shu uyda yashagan muhandis o’zi uchunqurgan. Yangi uy egalari 50 yil avval qurilgan bombapanohdan hech narsaqolmagan bo’lsa kerak deb o’ylagan edilar. Biroq ular yanglishgan ekanlar.Panohgoh yaxshi ahvolda saqlangan edi. U yerda qog’oz salfetkalar, dori-darmon,konservalar, qahva, choy qadoqlari hamda kitob va jurnallar bor edi.
Xeops ehromiga olib boruvchi tonnel
Misrdagi Al Xaraneya qishlig’ining fuqarolaridan biriafsonaviy Giza platosining yaqinida joylashgan uyining hovlisida yerkavlayotgan vaqtida sirli tonnelga duch keldi. Taxmin qilishlaricha bu tonnel –Gizaning uchta ehromlaridan biri bo’lgan Xeopsning buyuk ehromiga olib boruvchimaxfiy yo’lak bo’lishi mumkin. Bunday yo’lak borligi haqida bir paytlar qadimgiyunon tarixchisi Gerodot yozgan edi.
O’tgan mingyillikdagi hindu suyaklari
2014 yilda Solt-Leyk-Citi shahrining fuqarosi 14 yoshlik Ali Erturk dahshatlitopilmaga duch keldi. Bola uyining hovlisida hovuz uchun chuqur qaziyoyganvaqtda yerda yotgan odam suyaklarini ko’rib qoldi. Bolaning otasi darholpolitsiyaga xabar berdi. Ekspertiza natijalari suyaklar 1000 yil avval yashaganamerikalik hinduga tegishli bo’laganligini aniqladi. Arxeologlar hovlidagiqazilma ishlarini davom ettirdilar. Ehtimol bu yerda hindular qabristonibo’lgan bo’lishi mumkin.
$ 175 minglik nasha solingan sumka
2012 yilning dekabr oyida Los-Anjelesda yashovchi MackReed uyining tomida quyosh batareyalarini o’rnatmoqchi bo’ldi. Yerto’ladanasboblar olib chiqish uchun tushgan yigit begona sumkaga ko’zi tushdi. Uniochganga ichida nasha bilan to’ldirilgan banka va paketlarni ko’rdi. EhtimolReedning uyda yo’q paytida kimdir hovliga kirib, narkotiklarni berkitib ketgan.Tekshiruv natijalariga ko’ra, giyohvand moddalarning narxi $ 175 mingga teng.Jinoyatchi kelib qolsa deb Reed shunday xatni yozib, sumkafga joylab qo’ydi:“Biz sumkani topdik va politsiyaga xabar berdik. Ular narkotiklarni musodaraqildilar va uyimni kuzatuv ostiga oldilar”.
Сообщения из Facebook