Qahvaning zararli mahsulot ekanligi va uni ko’p ichib bo’lmaslishgi haqida tez-tez eshitishga odatlanganmiz. Balki shuning uchun ham qahva bizga shu darajada mazali tuyular balki. Odatda tong paytidagi ichilgan qahva ichimligini uyqusizlikda, qaltiroq bosishida va jig’ildon qaynashida ayblaydilar.
Biroq, bugungi kunda olimlar qahva organizmga ko’rsatadigan misli ko’rib bo’lmas tushunchalarni inkor etishga doimo moyil.
1. Kayfiyatning ko’tarilishi
Qahvaning har bir ashaddiy ishqibozi tongdagi qahvaning birinchi finjoniga o’zgacha vazilat borlishi va undan beihtiyor tetiklashishi haqida aytadi. Qahva inson kayfiyatni ko’tarishi qandaydir "sirli tasavvuf" emas, sababi buning ilmiy asoslangan dalillari ham bor.
2001 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlar qahvani me’yorida iste’mol qilinishi ayollarda depressiya, erkaklarda tamomila tushkunlikka tushib qolish ehtimolini ancha pasaytirib, Yerdagi eng mazali antidepressant sifatida namoyon bo’lishini ta’minladi. Bu faqatgina quruq gap emas. Qahva serotonin, noradrenalin va dofaminning ishlab chiqarilishini jadallashtirib, xaqiqatdan ham inson kayfiyatini ko’tarishga qodir ekanligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
2. E’tiborning jamlanishi va reaksiyaning kuchayishi
Qahvaning miyaga ijobiy ta’sir etuvchi samarasi faqat kayfiyatni ko’tarish bilangina tugab qolmaydi. Qahva, shuningdek, uzoq muddatli hotira bilan mo’jizalar sodir etishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kofein sathining ko’talirishi miya tomonidan ahborotning qabul va hazm qilinishining yaxshilanishiga olib keladi.
Bu esa e’tiborni jamlash, reaktsiya va kognitiv layoqatni kuchaytirishga yordam beradi. Uzoq muddatli tadqiqotlarning ko’rsatishicha, kuniga kamida uch finjon qahva ichilishi Altsgeymer kasalligini oldini olar ekan. Bundan tashqari qahva miyaning Parkinson kasalligi bilan zararlangan qismiga o’z ta’sirini ko’rsatib, uning ishdan chiqish ehtimolini erkaklarda 25, ayollarda esa undanda ko’proq foizga pasaytirar ekan.
3. Diabetning oldini olish
Qahvani sevuvchilar ularning ishtiyoqi diabetni nazorat qilishi haqida bilib hotircham bo’lishlari mumkin. Bir finjon mazali qahva insulinning yordamiga murojaat qilishdan beamorlarni halos qilishi mumkin (albatta, avval shifokor bilan maslahatlashib olish darkor). U qondagi qand miqdorini muvofiqlashtiruvchi moddalardan biri bo’lgan adiponektinni ko’paytiradi. Agarda qahvadagi magniy va antioksidantlar bilan birlashtirilsa, bu diabetni oldini olish masalasida eng zo’r yordamchi bo’lib qoladi.
Albatta, bu vaqtinchalik natija, shuning uchun ham unga ishonib qolishga arzimaydi. Bir narsani aniqlab olish kerakki, bu qoidalar diabeti bor, ya’ni diabet kasalligi aniqlab bo’lingan odamlar uchun emas. Yodda tuting, oziq-ovqat va taomnoma tarkibidagi biror o’zgartirishni amalaga oshirishdan avval albatta malakali shifokor bilan maslahatlashib olish kerak.
4. Yurakka malham
Odamlar uzoq vaqtlardan beri qahvani yurak uchun zarar deb hisoblab kelishardi, ammo yaqinda o’tkazilgan taqiqotlar bu fikrning xato ekanligini fosh qilib tashladi. Aniqlanishicha, yurak kasalliklarining yuqori ehtimoli bilan qahvaning o’rtasida hech qanday aloqa yo’q. Aksincha, yangi ma’lumotlar shu haqda guvohlik beradiki, qahva yurak-qon tomirlari sog’ligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bu natija ayollarga nisbatan kuchliroq bo’lishiga qaramay, qahvani me’yorida iste’mol qilinishi ikkala jinsda ham yurak huruji ehtimolini ancha pasaytiradi.
Bu ichimlikning bir kunlik uch-besh finjon miqdoрidagi me’yori insult rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bularning o’zi yetmaganday, qahva turg’un yurak faoliyatidagi yetishmovchilik va ishimik kasalligi ehtimolini ham ancha pasaytirib yuboradi.
5. Jigarni himoyalash
Nosog’lom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar tez-tez qahva ichib turishlari zarur. Aniqlanishicha, qahva zararlangan jigarni qutqarib qolar ekan. Bu xushbo’y ichimlik jigarning shikastlanishiga olib keluvchi fermentlarning sathini kamaytirib, tub ma’noda jigar saratoni va sirroz bilan kurashadi. Kuniga ikki finjon qahva jigar kasalliklari tufayli o’lim ehtimolini 50 foizga tushirishi mumkin ekan. Bu juda katta ko’rsatkich. Buning uchun qahva tarkibidagi ikki modda ma’sul (kafestol va kaxveol).
Tabiiyki, natijalar turli kimsalarda har hil bo’lishi mumkin, shuning uchun ham nosog’lom turmush tarziga amal qilib oxirida "espresso" finjoni bilan barchasiga barham berish mumkin deb o’ylash kerak emas. Eng yaxshi natijaga erishish uchun qahvani vaqti-vaqti bilan emas, doimo iste’mol qilib turish kerak. Qahva jigar saratonining rivojlanish ehtimolini pasaytirishi isbotlangan. Bir kunda uch yoki to’rt finjon qahva bu ehtimolni mutanosib ravishda 38% va 41% pasaytirish mumkin.
6. Saraton bilan kurashishda yordam
Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, qahvadagi antioksidantlar saraton kasalligining ayrim turlari ehtimolini pasaytiradi. Bundan ham qiziqrog’i shundaki, inson qancha ko’p qahva ichsa shuncha himoyalangan bo’lar ekan. Bu degani, qahvani kuniga to’рt finjon miqdorida yoki undan salgina ko’proq iste’mol qilinsa nafaqat sog’ligingizni, balki hayotingizni ham saqlab qolish imkoni yuqorilaydi. Shuningdek, qahva og’iz bo’lig’i, bachadon, prostata bezi, miya saratoni va xokazolardan himoya qilar ekan.
“Saraton milliy Instituti jurnali”da qahva iste’mol qilgan odamda melanomaning rivojlanish ehtimoli juda pastligini ko’rsatgan tadqiqot natijalari chop etilgan. Boshqa bir tadqiqot natijalariga ko’ra, kuniga kamida uch marta qahva ichish saratonning rivojlanish ehtimoli 19 foizga va sut bezi saratonining takrorlanish ehtimolini 49 foizga pasayar ekan.
7. Ko’rish qobiliyatining yaxshilanishi
Endilikda ko’z qobiliyatini yaxshilash uchun sabzi ko’magiga muhtoj bo’lmaysiz, chunki shifokorlar ko’rish qobiliyatini yaxshilay oladigan yangi bir mahsulotni kashf etdilar. Olimlar qahva haqiqatdan ham ko’rish qobiliyatiga juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatishini aniqlashdi. Qahvaning tarkibida xlorogen kislotasi (CLA) mavjud bo’lib, u o’ta baquvvat antioksidantdir va to’r pardasining zararlanishidan ko’rish qobiliyatining pasayishini oldini oladi.
8. Ozishda yordam
Albatta, shokolad va qiyomning ko’pigi bilan tayyorlangan katta lattening qad-qomatga zarari bisyor. Lekin, oddiy qora qahva masalasida bunday deb bo’lmaydi. butunlay boshqacha. Qahva vaznning ortib ketishining (hech bo’lmaganda qisqa muddatga) oldini olishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Qahvadagi ko’rish qobiyaliyatini yaxshilaydigan xlorogenovaya kislotasi, shuningdek, uglevodlarni singdirilishini sekinlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, qaxvadagi kofein metabolizm tezligini 3-11 foizga oshirishga amaliy yordam berishi mumkin.
Kofein yog’ni sarflab yuborishga olib keladigan asab hujayralariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Albatta, natijalar har bir insonda har qanday bo’ladi. Eng yaxshi natijalar ancha ozg’in odamlarda kuzatiladi.. Vazni og’irroq odamlarda esa natija unchalik bilinmaydi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, qahva bilan ozish – vaqtinchalik holat, chunki oqibatda qahvaga nisbatan organizmning ta’sirchanligi pasayib borishi mumkin.
9. Hayot davomiyligining uzaytirilishi
Bunga ishonish qiyinday tuyulishi mumkin, biroq, qahva xaqiqatdan ham ajalning oldini olishi mumkin, juda bo’lmasa, ayrim vaqtga qadar. Tabiiyki, qahva navqironlik manbai emas, ammo bu boradagi ta’siri yaqqol seziladi. Stenford universitetining maslahatchi-dotsenti, falsafa doktori Devid Furmanning tushuntirishicha: “Yuqumsiz kasalliklarning 90 foizdan ortiqrog’i surunkali shamollash bilan bog’liq”. Qahvaning iste’mol qilinishi esa IL-1-beta shamollash oqsili bilan bog’liq bo’lgan klasterlardagi faollikning pasayishi olib keladi.
Bu degani, qahva ichish shamollashni kamaytiradi. Janubiy Kaliforniyada 180 000 dan ortiq ishtirokchilar bilan o’tkazilgan tadqiqotda olimlar shuni aniqladilarki, kuniga 3 finjon qahva iste’mol qilinishi muddatdan ilgari o’lim ehtimolini 18 foizga pasaytirar ekan. Xatto, kuniga bir finjon qahva ham bu ehtimolni 12 foizga tushirgan. Qahva abadiy yashashga yordam bera olmaydi, lekin uzoqroq yashashga yordam berishi mumkin.
Сообщения из Facebook