Qandil tanlash borasida asosiy 4 qoida
Qandil tanlash borasida asosiy 4 qoida
Ushbu maqolamizda qandil tanlashda sizga qo’l keladigan eng asosiy 4 qoida haqida gapirib o’tamiz. Marhamat ular bilan tanishib chiqing.

Qandil har qanday intererning muhim detallaridan biri hisoblanadi. U hona ko’rinishini bezash bilan birga interer uslubiga urg’u bera oladi. Intererga yanada yorqinlik baxsh etish uchun xonaga noodatiy qandil joylashtirishning o’zi kifoya. Albatta tanlagan qandilingiz xona jihozlari va intereriga uyg’un holda bo’lsa, nur ustiga a’lo nur.

1. Kerakli uslubni tanlash.

Qandil sotib olish chog’ida uy interyerining uslubi va hona jihozlarini hisobga olish lozim. Bu orqali esa xonaning mukammal ko’rinishiga erisha olasiz. Bugungi kunda qandil va tungi chiroqlar tanlovi juda keng. Intererga yanada yorqinroq va betakror ko’rinish bermoqchi bo’lsangiz, fyujn uslubida ishlangan qandil tanlashayni muddao bo’ladi.

2. Kerakli o’lchamni tanlash.

Qandil tanlovida o’lchamni ham e’tiborsiz qoldirmang. Hashamatli qandil kichik xonaga mos kelmaganidek, katta xonaga ham ixcham qandil yarashmaydi. Xariddan oldin qandilni joylashtirmoqchi bo'lgan xonangizda tasavvur qilib ko’ring.

3. Qandil rangini tanlash.

Dizaynerlar ikkinchi darajali rang asosida ishlangan qandilni tanlash lozim, deya ta’kidlaydilar. An’anaviy interyer uchun issiq rangli qandillar tanlagan ma’qul. Shunday usul bilan hona va qandil o’rtasidagi mutanosiblikni yarata olasiz.

4. Qandil turini tanlash.

Xonaga osma qandillar yoki shiftga birlashtirilgan qandillar o’rnatilishi mumkin. Bu borada shift balandligi va texnik xavfsizliklarni hisobga olsangiz bas.

Zamonaviy qandillar barcha istak va xohishlaringizga javob berishga qodir. Qandil tanlashda nafaqat dizaynerlar tavsiyasi, balki o’z didingizga tayangan holda ish ko’ring. Ushbu tanlagan nafis buyumingiz xonani bezatib turish bilan birga, ko’zingizni ham quvnatib turishi lozim.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook