Qishda uyqudan turish nima uchun qiyin? Buning 8 sababini aniqlaymiz!
Qishki uyquning qanchalar shirin ekanligini har bir inson yaxshi biladi. Tong payti issiqqina ko‘rpaga burkanib qolgansa o'rningizdan turishga ham erinasiz. Оqibatda esa ish yoki o‘qishga kech qolib borasiz. Aslida buning mantiqiy sababi ham bor. Barchasi juda oddiy: Biz to‘g‘ri uxlashni bilmaymiz! Bizning bugungi maqolamiz orqali o‘zingizdagi ayrim xatolarni bilib olishingiz va bu orqali ularni bartaraf qilgancha har tongda tetik holatda, a’lo kayfiyat bilan uyg‘onishingiz mumkin

1-xato. Issiq liboslar va shippaklarni karavot yonida qoldirmaysiz.

Tan olish kerakki, issiq ko‘rpa ichidan sovuq xonaga chiqish juda qiyin va murakkab ish. Agar yoningizda issiq shippaklar bo‘lsa, egningizga tashlab olish uchun paxmoq xalat tayyorlab qo‘ysangiz-chi? Buning natijasida tezlik bilan isinib olishingiz va tonggi erinchoqlik nima ekanligini unutishingiz mumkin. Shunday ekan, bu haqida bir kun oldin o‘ylab qo‘ying.

2-xato. Budilnikni yoningizga qo‘yasiz va har safar jiringlagan paytda 5 daqiqaga surib boraverasiz.

Tong paytida erta uyg‘onish kerak bo‘lsa, ammo deraza ortida hamon yorug‘lik ko‘rinmasa o‘zingizni turish uchun majburlashingiz qiyin. Shu sababli budilnikni uzoqroq joyga yoki boshqa xonaga joylashtiring, faqat uning ovozi karavotdan sizga eshitilib turishi kerak. Uni eshitgan paytingizda o‘chirish uchun o‘rningizdan turishga majbur bo‘lsangiz, shu tariqa tana ham uyg‘onishga ulguradi.

Yana bir muhim narsa. Agar soat 7:00 da uyg‘onish kerak bo‘lsa, budilnikni ham aynan shu paytga qo‘ying. 7:15 ga sozlangan soatni 7:30 ga qayta sozlash ham juda oson ekanligini bilasiz-a? Soat jiringladimi, darhol yostiqdan bosh ko‘taring. 

3-xato. Oshxonangiz yetarlicha yorug‘mi?

Uyg‘onishingiz zahoti barcha chiroqlarni yoqib chiqish boshqalarni ham uyg‘otib yuborishingizga sabab bo‘ladi. Agar ularga halal berishni istamasangiz oshxonaning chiroqlarini yoqib qo‘yishingiz zarur.

Yorug‘lik tanadagi uyqu uchun javob beradigan melatonin gormonining ishlab chiqarilishini kamaytiradi, shu tariqa organizmning uyg‘onib olishi ham osonroq bo‘ladi. 

4. Tungi niqob bian uxlaysiz.

Tungi niqoblar yoz paytida, quyosh erta ko‘rinish beradigan va sizning dam olishingiz uun kerakli vaqt bo‘lganidagina ishlatilsa arziydi. Ammo qish paytida tabiiy sharoitlar o‘zgacha bo‘ladi. Agar erta turishingiz zarur bo‘lmasa va uxlab olish uchun vaqtingiz bo‘lsa tabiiy yorug‘lik bilan uyg‘onishingiz yaxshi, albatta. Aytib o‘tilganidek, u tanadagi melatoning gormonining ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Biroq erta uyg‘onish kerak bo‘lgan paytlarda tungi niqob vaziyatni og‘irlashtirib yuborishi mumkin.

5-xato. Yetarlicha uxlamaysiz.

 

O‘zingizning uyqu tartibingizni tahlil qilib ko‘ring. Qish paytida 5 soat uxlagancha tong chog‘i karavotdan sakrab turishingiz amri mahol. Shu sababli ham bu faslda to‘yib uxlash uchun harakat qiling.

Imkon qadar ertaroq yoting (oqshom tushishi bilan buning uchun kerakli sharoit ham bo‘lishi kerak). Katta yoshli sog‘lom odam uchun har kun 7-9 soatlik uyqu ta’minlanishi lozim. Me’yorida uxlamay turib, erta tongda uyg‘onishga umid ham qilmang.

6-xato. Salbiy hayollar bilan uyquga ketasiz.

"Yana uyg‘onish kerak, charchab kettim, qaniydi biroz uxlasam" kabi fikr bilan uyg‘onadian bo‘lsangiz, sizda tonggi tetiklik o‘rnini charchoq va lanjlik egallagan bo‘lsa, yana va yana uxlagingiz kelaversa hayratga tushmang.

Demak uxlash oldidan yaxshi narsalar haqida emas, alam, nafrat, ko‘z yoshi, umuman olganda salbiy fikrlar to‘g‘risida o‘ylagansiz.

Tong payti uchun o‘zingizga yoqimli bo‘lgan biror mashg‘ulot o‘ylab toping. Bu mazali qahva bo‘ladimi yoki sevimli musiqa - aslo farqi yo‘q. Muhimi u sizga lazzat va qoniqish hissini bera olsin. Shunda tongning ajoyib tarzda boshlanishi ham kafotlanlanadi.

7-xato. Aromaterapiya nima ekanligini bilmaysiz.

Bilsangiz, sitrus mevalar hidi tong paytida osonroq uyg‘onish uchun yordam beradi. Bu xushbo‘y yog‘ bilan to‘ldirilgan aromalampa, tozalangan apelsin yoki mandarin ham bo‘lishi mumkin. Uni tong paytida iste’mol qila olsangiz yana ham yaxshi. Eng muhimi, uning tetiklashtiruvchi hididan to‘yib bahra olish sanaladi.

Aytganday, agar sizni tetiklashtiruvchi asosiy vosita qahva bo‘lsa, yaqinlaringizdan birortasiga tong payti qahva damlab berishini iltimos qiling. 

8-xato. Tanadagi magniy yetishmovchiligiga diqqat qaratmaysiz.

Kerakli paytda uxlaysiz, barcha joy yorug‘ bo‘lsa ham, budilnikni boshqa xonaga qo‘ysangiz ham baribir uyg‘ona olmayapsizmi? Bu o‘rinda sitrus mevalarning ham yordami sezilmayaptimi?

Unday bo‘lsa shifokorga murojaat qiling. Muntazam ravishdagi uyquchanlik tanadagi magniy (yoki boshqa turdagi mikroelementlar) yetishmovchiligidan ham kelib chiqishi mumkin. Mustaqil ravishda davolanishga urinmang, yaxshisi qon tahlillarini topshiring-da, doktor yozib bergan muolajalarni oling.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations