Inson sivilizatsiyasi tarixi har doim bizga yangi syurprizlar va sirlarni taqdim etadi, biroq qadimdan ma’lum jumboqlar ham ko’p yillar davomida olimlarni lol qoldirishda davom etmoqda.
Yaqin vaqtgacha, bu xalqning yo'qolishi buyuk sir hisoblangan. Ammo bu jumboq ham mantiqiy tushuntirishga ega. Tadqiqotchilar bu odamlar biz bugun qilayotgan xatoni qilganlar deb aniqlashdi. Naska o’zlari shafqatsiz o’rmonzorlarni kesishdan so’ng vujudga kelgan qurg'oqchilik dastidan halok bo’lganlari aniqlandi.
6. Pasxa orolidagi boshlarning yer osti sirlari
Pasxa orollarining sirini oshkor qilgani uchun barchamiz Norvegiya arxeologi va sayohatchisi Tura Heyerdalga minnatdor bo'lishimiz kerak. Aynan u sirli orolni o'rganish uchun ilmiy ekspeditsiyani tashkil etgan, va insoniyat nihoyat ularni qiynagan savollariga javob olishdi.
Ushbu olimning yordami bilan biz ulkan boshlarning aslida faqat haykallarning bir qismi ekanini bilib oldik, ularning deyarli hammasi yer ostiga dafn etilgan o'z tanasiga egadir. Ba'zi haykallarning uzunligi 6 metrgacha yetgan tanasi tuproq ichida yashiringan.
Arxeolog shuningdek, katta haykallarning, bu hududda yashagan qadimgi xalqlarga tegishli bo'lgan asbob-uskunalar yordamida amalga oshirilishi mumkinligini ham aniqladi. Axir ba'zi topishmoqlarni sevuvchilar Pasxa orolidagiboshlar bizning Yer yuzimizda o’zga sayyoraliklar borligidan dalolat deb hisoblashgan.
7. Chilidagi kitlar qabristoni
Bir necha vaqt oldin olimlar Chilidagi Atakama cho'lining (Atacama) o'rtasida kitlarning katta qabristonini topgan edilar. Mutaxassislar bu hayvonlarni nima o'ldirganini tushuna olmaganlar. Bu holat, ular qadimgi suyaklar turli davrlarga tegishli ekanini bilib olganlarigacha davom etdi. Eng qadimgi suyak qoldiqlari 20 000 yoshgacha edi. Ehtimol, bu dengiz jonivorlari tarixiy dengiz tubida o'sadigan zaharli yosunlarning gullashidan halok bo’lgan.
8. Birinchi kompyuter
Ushbu g'alati qurilma Antikitera mexanizmi (Antikythera) deb ataladi. Texnologiya taxminan m.a. 80-50 yillarda cho'kib ketgan kemada topilgan. Mexanizmda yog'och quti bor edi, lekin u allaqachon chirigan edi. Qurilmaning barcha metall qismlari zanglab ketgan edi, ammo tadqiqotchilarga ularning oldida qadimgi mexanizm turganini aniqlashga bu xalaqit bermadi. Uning maqsadi haqida hech kim bilmas edi.
Yaqindagin olimlar bu navigatsiya qurilmasi ekanligi aniqlashdi. Antikiterskiy mexanizmi juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, bunday ilg'or darajadagi texnologiya mutaxassislarning fikricha, qadim zamonlarning odamlari bilan bog’iqligi bilan hech ham to’g’ri kelmas edi. Ammo bunday montaj va ishlab chiqarishning dastlabki mexanizmi ming yildan keyin kashf qilindi ...
9. Bosham boshi (Bosham)
Bu deyarli butunlay vayron qilingan toshli bosh yaqinda aniqlangan edi. Bosh Rim imperatori Trayanning katta haykalining bir qismi bo’lgan ekan. Bir vaqtlar haykal Chichester bandargohiga (Chichester harbor) kelgan sayohatchilarni kutib olardi.
10. «Mary Celeste» kemasining yo’qolib ketgan ekipaji
Mery Celeste - 1872 yilda dengizda butunlay bo’m-bo'sh, ekipaj tomonidan tark etilgan va hech qanday zarar yoki iz qoldirilmasdan topilgan mashhur sharpa kemasidir.
Kimyo fanlari doktori Andrea Sella (Andrea Sella) kema ekipajining yo'qolib qolish sirini tushuntirib, o'zining nazariyasini ishlab chiqdi. Kemada bortida 203 ming litrga yaqin spirtli ichimliklar izlarini topdi. Uning taxminiga ko'ra, kemaning yuk bo’limida to'satdan yong'in chiqishi va ko'zga ko'rinmas portlashi mumkin edi.
Bu holda kemaning devorlari olov bilan o’ralib, ortidan sovuq havoning to'lqinini kuzatilardi. Agar xuddi shunday reaksiya sodir bo'lganida, unda nima sababdan Mary Celeste bortida hech qanday iz qolmaganini tushuntirib berish mumkin. Ehtimol, olov va portlashdan qo'rqqan ekipaj dengizga sakrab tushib, u yerda vafot etdi. Doktor Sella nazariyasining asoslanganligini u amaliy tajribanda tasdiqladi.
Bonus! 11. Misr piramidalari devorlaridagi qadimgi vertolyot va tanklar rasmlari
Osiris xudosi ma'badidagi iyerogliflar zamonaviy insonlarga, qadimgi Misrliklar kelajak texnologiyalari haqida bilishgan yoki hatto bundan bir necha ming yil ilgari ilg'or mexanizmlarga ega bo'lishgan degan fikrlarni bildirishgan.
Сообщения из Facebook