Qiziqarli ma’lumotlar: Betakror Chernogoriya manzaralari
Dunyoning Chernogoriyadan tashqari boshqa hech bir joyida bunday tarixiy va madaniy meros bilan chatishib ketgan tabiatning go’zal manzaralarini topa olmaysiz.

Risan va Kotor

Hayratga soluvchi plyajlar, toza suv va muxtasham tog’lar sizni Kotor ko’rfazida baxt ummoni uzra g’arq qiladi. Tog’lar va ichki ko’rfazlar bilan qurshab olingan Risan va Kotor shaharlari ularning hududlarida illiriya, rim va erta xristianlik davridan boshlab qadimiy sivilizatsiyalarning izlari topilgan va dastlabki ishg’ol etilgan aholi yashash joylaridir.
Risan shahri o’zining rimlik villalari va nihoyatda yaxshi saqlangan mozaikalari bilan sizni o’tgan davrlar to’g’risidagi xotiralar og’ushiga cho’mdiradi. Perast deb nomlangan bar-shaharning qirg’og’idan qayiqchada bir necha daqiqa sayr qilsangiz ko’rfazdagi ikki orolchalarning biriga duch kelasiz. Bu orolchada Yevropaning bu qismida devoriy naqqoshlikning eng zo’r kolleksiyalaridan bo’lgan Rifdagi Bibi Maryam cherkovi joylashgan.
Kotor — Adriatikadagi eng yaxshi saqlanib qolgan eski shaharlardan bittasi. Uning hududida o’zining marosimiy san’at kolleksiyasi bilan birga 12 asrdan beri saqlanib kelayotgan hayratga soluvchi Avliyo Tрifon butxonasi savlat to’kib turibdi.

Durmitor

Chernogoriyaning shimoliy qismida joylashgan, Durmitor o’zining diqqatga sazovor joylari bilan birga betakror tabiati va faol turizm uchun qulayligi bilan mashhur.

Plevlya

Chernogoriyaning eng shimoliy qismida, Sehotina daryosining xushmanzara o’zanida Plevlya shahri joylashgan. U hududida bug’doy yetishtiriladigan monastir mavjudligi sharofati bilan shunday deb nomlangan. Plevlyada islom va xristianlik ruhi muvaffaqiyatli uyg’unlikda yashaydi.
Shaharning ramzini va abadiy sabr-bardoshlikni ikki nafar madaniy-tarixiy va me’moriy yodgorlik – Xusayn-poshsho masjidi va Muqaddas uchlik monastiri namoyon qiladi.

Perast

Perast Boko-Kotor ko’rfazidagi Kotordan bir necha kilometr olislikdagi eng chiroyli shaharchalarning biri. Perast – mislsiz qadimiy me’morchiligiga ega bo’lgan ajoyib eski shahardir.
Bu sizga qadimiy butxona va cherkovlarni tomosha qilib baxra olish imkonini bera oladi. Perastdan bir necha daqiqa oralig’i odamlarni unutib bo’lmas joylarga eltib qo’yadigan kichikkina taksi qayiqchalari qatnaydi.
Shuningdek siz Kotor ko’rfazining tabiiy go’zalligini tomosha qilib ko’ngil yozishingiz ham mumkin. Ko’rfazni qurshab turgan ajoyib chiroyga ega bo’lgan tog’lar, qadimiy me’morchilik, dengizning hidi va zo’r musaffo havo... Perastni Chernogoriyaga kelgan har bir inson ko’rmog’i lozim.

Skutari ko’li, Milliy bog’

Skutari ko’li Zeta-Skadariya deb ataladigan vodiyda joylashgan. Bu vodiy qisman Bar shahri, qisman Podgoritsa ma’muriyatiga tegishli. Ta’rifga til ochiz va ko’p chihatdan noyob, kattaligi 391 km bo’lgan Skutari Balkan yarim orolidagi eng yirik ko’l hisoblanadi. Ushbu ko’l Adriatika dengizidan 20 daqiqali masofada joylashgan va unga Sozina tuneli orqali o’tib borish mumkin.
Ko’lning uchdan ikki qismi Chernogoriyaga, uchdan bir qismi esa Albaniyaga tegishli. 1983 yilda ko’lning 40000 gektariga teng bo’lgan Chernogoriyadagi qismi “Milliy bog’” deb e’lon qilingan.
Bunday yagona go’zallikka ega bo’lgan joy xaqiqatda mavjud ekanligiga ishonish uchun. Chernogoriyaga kelgan har bir insonga Skutari ko’liga tashrif buyurishni tavsiya etishadi. Bu juda chozibali, tabiiy boylikka ega bo’lgan, quruqlik va dengiz yo’li bilan birday kelsa bo’ladigan ajoyib maskan.
Bu yerda butun yil davomida turizmning barcha turlarini, jumladan qushlarni kuzatish, ekskursiyalar, tarixiy-me’moriy obidalarga tashrif buyurish, speleologik tadqiqotlar, marosimlar va festivallar hamda boshqa ko’p ko’rinishdagi talablarni qondirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud.
Umumiy murakkablikda dengiz, ko’l va tog’lar 150 km ga teng doira bo’ylab joylashgan. Ulaр barcha mehmonlaru turistlarning istaklarini bajo keltirish va didlarini qondirish uchun turli sayohatlarga taklif etadi.

Sveti-Stefan

Sveti-Stefan
Chernogoriyadagi eng taniqli, mislsiz go’zal va ko’p tashrif buyuriladigan joylarning biri Sveti-Stefan Budvadan tahminan 15 daqiqalik yo’lda joylashgan. Sveti-Stefan, so’zsiz, Chernogoriya turistik sanamlarining biridir.
Va buning taajublanadigan joyi yo’q, chunki siz bu hayratga soluvchi joyni yo’qlaganingizda nima uchun Sofi Loren, Silvestr Stallone, qirolicha Yelizaveta II va ko’pchilik boshqa dongdor insonlar dam olish uchun sevimli joy deya aynan Sveti-Stefanni tanlaganlarini darov tushunib olasiz.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations