Qiziqarli ma’lumotlar: Top 25 Kruiz laynerlari
Qiziqarli ma’lumotlar: Top 25 Kruiz laynerlari
Agar siz eng shinam laynerlardan birida sayohat qilish niyatida bo’lsangiz, siz uchun bunday kemalarning umumjahon reytingi mavjud.
Dunyodagi eng zo’r kruiz laynerlar top 25 taligini havola etamiz. Uning ichiga ulkan laynerlar, o’rtacha kemalar, kichik kemalar va daryo kemalari kiradi.

Norwegian Pearl layneri

Norwegian Pearl layneri
Norwegian Pearl oilaviy kruizlar uchun o’ylab topilgan.Shu uchun bu yerda bolalar uchun bir talay attraksionlar barpo etilgan. Masalan, o’yinchilar bir-birlari bilan ulkan ekranda bahslashadigan Nintendo Wii o’yinzali, va uning balandligi iiki qavatli binoga tenglashtirilishi mumkin. Shuningdek, megalayner bortida besh darajali qoyaga ko’tarilish trenajori bor. Qurilish yili: 2006. Suv sig’imi: 93500 tonna. Uzunligi: 294 m. Palubalar soni: 12. Yo’lovchilar soni: 2846. Ekipaj soni: 1100. Kayutalar soni: 1197. Liftlar soni: 12.

Norwegian Gem layneri

Norwegian Gem layneri
Bu yerda 12 ta ajoyib restoran, 13 ta noyob kokteyl zali va barlar, bouling va qoyaga ko’tarilish devori bor. Qurilish yili: 2007. Suv sig’imi: 93500 tonna. Uzunligi: 295 m. Palubalar soni: 15. Yo’lovchilar soni: 2846. Ekipaj soni: 1100. Kayutalar soni: 1197. Liftlar soni: 12.

Norwegian Jade layneri

Norwegian Jade layneri
Tungi dam olish sifatida kemada kazino va juda qiziqarli o’yin “Mafiya” ni o’ynash mumkin bo’lgan maxsus karta o’yinlari uchun xona bor. Boshqa mashg’ulotlardan bu yerda varyete, teatr, tungi klub, katta teattr va karaoke mavjud. Qurilish yili: 2006. Suv sig’imi: 93500 tonna. Uzunligi: 294 m. Palubalar soni: 12. Yo’lovchilar soni: 2890. Ekipaj soni: 1000. Kayutalar soni: 1233. Liftlar soni: 12.

Norwegian Epic layneri

Norwegian Epic layneri
Bu yerda harorat 8 gradusdan yuqori ko’tarilmaydigan Ice Bar (muz bari) sizni lol qoldiradi, shunin uchun u yerga kirishda issiq kiyinib boorish lozim. Bar to’liq muzdan qilingan: bar ustuni, stellar, ichinliklar uchun bokal va ryumkalar. Qurilish yili: 2010. Suv sig’imi: 153 000 tonna. Uzunligi: 325 m. Palubalar soni: 15. Yo’lovchilar soni: 5400. Ekipaj soni: 1730. Kayutalar soni: 2100. Liftlar soni: 16.

Norwegian Cruise Line America layneri

Norwegian Cruise Line America layneri
Norwegian Cruise Line America kompaniya-operator Norwegian Cruise Line ning yangi brendi hisoblanadi. Norwegian Cruise Line America kompaniyasining faqat birta kemasi - Pride of America bor. Uning suv sig’imi 81 000 tonna va yo’lovchilar soni: 2440 kishi.
Kema AQSH bayrog’I bilan kruiz sayrlarini amalga oshiradi, va kemaning butun ekipaji shu mamlalat fuqarolaridan tashkil topgan.
Bortda 628 va 496 joyli ikkita asosiy restoran mavjud. Bundan tashqari, bu yerda turli xildagi oshxonalar: xitoy, fransuz, shved, fast-fud, italyan, dengizli, go’shtli restoranlar bor.
Superlayner Pride of America da bor: - ikkita ochiq basseyn; - yopiq basseyn; -SPA kompleks; -sauna; -massaj uchun xona; - voleybol va basketbol maydonlari; - bolalar basseyni; - 150 o’rinli kinoteatr; - teatr; - diskoteka; - internet-kafe; - tungi klub; - kazino; - bolalar klubi; - kutubxona; - biznes-markaz; - do’konlar; - video-attraksionli xona.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook