Hozir ham sayorada shunday joylar borki, u yerga odamni qadami bosilgan bo’lsa ham, juda ham kamdan kam. Bu joylarga borishga ham xamma jur’at qilolmaydi. Shu joylardan biri – Janubiy qutb – dunyodagi eng sovuq va ajralgan joy. Lekin Antarktidaga borishga jur’at qilganlarni, oson bo’lmasa ham kutilmagan narsalarga boy va ajoyib sarguzashtli hayot kutmoqda.
Janubiy qutb tadqiqotchilari qisqagina yoz mavsum davomida jonlangan joy bilan mamnun bo’lishsa ham, qishlagani bu yerda tahminan 50 kishilik guruh qoladi. Fevral oyidagi so’ngi samolyotdan oktyabr ohiri yoki noyabr boshigagi keyingi samolyotgacha, ular butun dunyodan uzulgan holda yashashadi. Agar kasal bo’lib qolsangiz yoki yolg’izlikda aqldan ozishni boshlasangiz, hech kim yordamga kelmaydi – chunki qishda Antarktidada aviatsion yoqilg’i va gidravlik suyuqlik muzlab qoladi.
6. Zulmat oylari
Janubiy qutb: zulmatni qo’rqinchli oylari.
O’zini ilmga bag’ishlamoqchi bo’lganlar uchun, bu qish juda uzun bo’lishi mumkin. Uzoq kun botishidan va tahminan bir oy oqshomidan so’ng tun boshlanadi, u bir necha oy davom etadi. Ba’zi odamlar mavsumli affektiv buzilishidan azob chekishadi, uning ustiga ustak huddi shu 50ta odam bilan bir nechta hafta ketma-ket ishlash vaziyatni yanada qaltislashtiradi.
Bu sharoitlar hattoki eng bosiq odamni ham injiq qilib qo’yadi. Bu hammaga xar xil ta’sir qilsa ham, quyosh nurini yo’qligi, har kuni bir hil yuzlarni ko’rish va cheksiz qorong’ulik dahshatli kinodan hech ham qolishmaydi.
7. Do’stlar bilan yalang’och
Janubiy qutb: Tselsiy bo’yicha -73 gradus.
Janubiy qutbda juda sovuq bo’lsa ham, termometr ko’rsatkichi kamdam kam Tselsiy bo’yicha -73 gradusdan tushadi. Lekin bu sodir bo’lganida, mahalliy aholida sayoraning eng eksklyuziv birodarlig a’zosi bo’lish imkoni paydo bo’ladi: “Klub 300”. Olimlar tadqiqot stantsiyasi saunasida yalang’och to’planadi va uni Tselsiy bo’yicha 93 gradusgacha qizdiradi.
Hamma yahshilab terlaganidang so'ng, odamlar faqatgina etigni kiyib tashqariga yugurib chiqishadi Janubiy qutbni geografik markeriga, u yerda rasmga tushishadi. Rasmlarda bu odamlar kumush rangli muzlagan ter bilan qoplangan bo’lib tushishadi.
8. Joy almashinishi
Janubiy qutb: har kuni 2,5 sm.
Yuqorida aytilganiday, Janubiy qutb 3-kilometrli muz plitasida joylashgan. Va muz yer yuzasida yotganida, u sirpanish hususiyatiga egadir. Geografik Janubiy qutb siljimayotgan bo’lsa ham, uning muzdagi markeri ustidagi binolar har kuni 2,5 smga siljiydi yoki yiliga 9 metrdan ortiqroqga. Shuning uchun geodezistlarga har yili Janubiy qutbni aniq joylashishini aniqlash kerak va markerni siljitish kerak.
9. 20 qadamda butun dunyo
Janubiy qutb: butun dunyoni yugurib o’tish.
Yugurish – qomatni saqlash uchun yaxshi usul, lekin kuchli sovuqda u o’pkalarni to’g’ri ma’noda kuydirishi mumkin. Baribir, ko’pchilik butun dunyoni yugurib o’tgani haqida maqtanishdan o’zlarini tiya ololmaydi. Janubiy qutbda buning uchun 20 qadam yetadi. Hammasi vijdonan bo’lishi uchun, stantsiyada har yili yugurish bo’ladi, Janubiy qutb marker atrofida.
Сообщения из Facebook