Yer yuzidagi noyob qushlar
Yer yuzidagi noyob qushlar
Yer yuzida 10 mingga yaqin qushlarning turi bor. Ular turli oilalarga mansub bo’lib, ko’rinishi, hajmi, harakatlari bilan ajralib turadilar. Quyida siz sayyoramizning noyob qushlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kolibri-asalari

Kolibri-asalari

Yer yuzidagi eng kichik qush deb kolkibri-asalariqushi hisoblanadi. Bu qushlarning uzuligi tumshig’i va dumi qo’shib hisoblanganda bor-yo’g’i 5 sm ni tashkil etadi. Kolibrining og’irligi esa 1,6gr ni tashkil etadi. Hattoki tuyaqushning birgina pati ham bundan og’irroq. Biroq shunday jajji tanada ham yurak urib turadi va bir daqiqada 500 martagacha boradi. Kolibri qushi orqaga uchishni biladigan yagona qushdir. Uning qanotlarini bir daqiqada 90 marta qoqa oladi. Kolibri qushi juda harakatchan va jo’shqin hayot tarzini olib boradi. Bu qush yeb tu’ymasdir. Undagi moddalar almashinuvi shunchalik tezki, 16 soat ichida yuz martadan ortiqroq ovqatlanad iva suv ichadi, bu uning o’z og’irligidan ham ko’proqdir.

Yaltiroq Kettsal

Yaltiroq Kettsal

Bu qush turi Janubiy Meksika hamda Panama taraflarda yashaydi. O’zining uzunligi 35 sm gat eng bo’lib, yana uzun dumsimon patlariham bor. Bunday go’zallik narlarda bo’ladi. Tepadan qaraganda qush metal yaltiroqli hamda tillarang tusli och yashil rangda ko’rinadi. Qorinchasi malina rangida,pastki tomondagi dumi esa oqdir. Bunday go’zal qush asosan okoteya mevalari bilan taomlanadi, biroq hasharotlardan, qurbaqa va kaltakesaklardan ham hazar qilmay,ularni ham yeyaveradi. Bu qush bir paytlar maya va atseklar qabilalari uchun muqaddas hisoblangan, uni havo hudosi deb hisoblaganlar. Patlaridan hattoki diniy marosimlarda ham foydalanganlar.

Goatsin

Goatsin

Goattsin qushlarining polaponlari shunisi bilan qiziqki, ularning qanotlarida chantallari (tirnoq) bo’lib, ular yordamida daraxt shoxlariga osilib oladilar, va hattoki daraxtlarda harakatlanadilar. Bu xususiyat ilk qushlarda bo’lgan va ulardan meros sifatida o’tgan. Biroq qush katta bo’lgan sayin bu xususiyat yo’qola boradi. Bu qushning go’shtini yeb bo’lmaydi,shuning uchun uni “sassiq” deb ataydilar. Lekin chiroyli ko’rinishi tufayli qush Gayana davlatining milliy belgisi hisoblanadi va gerbiga tasviri qo’yilgan.

Toporik

Toporik

Aniqlanishicha, qushlar nafaqat havoda uchar ekanlar.Bu qushcha bu harakatini suvda ham bajara olar ekan. Toporik qushi qadimgi qushlardan bo’lib, ularning ilk ajdodlari 15 mln yil avval han yashaganlar.Tashqi ko’rinishidan bu qushlar pingvinlarga o’xshasada, ular bilan hech qanday qarindoshligi yo’q. Toporiklar yaxshigina suza ham oladilar va bunda qanotlaridan foydalanadilar va hattoki kichik baliqlarni tutib yeyish maqsadida 100 metrlik chuqurlikkacha ham tushishlari mumkin.

Dubulg’asimon tumshuqli kalao

Dubulg’asimon tumshuqli kalao

Bu qush turi juda noyob bo’lib, uni Malay yarimorolida, Sumatra va Borneoda uchratish mumkin. Kalao karkidonsimon qushlar oilasiga mansub bo’lib, tumshug’i dubulg’asimon ko’rinishga egadir. Qushning boshi va dubulg’asimon tumshug’i tanasining 10% ni tashkil qiladi.

Jannat qushlari

Jannat qushlari

Jannat qushlari xalq og’zaki ijodida afsonaviy obrazsifatida gavdalanadi. Ular qo’shiqlar, afsonalar  va qadimgi rivoyatlarda uchraydi. Aslida esa bu qushlar chindan ham mavjud bo’lib, Yangi Gvineya va Avstraliyada istiqomat qiladilar.

Kafrlik shoxli qarg’a

Kafrlik shoxli qarg’a

Bu qush karkidonsimon qushlar oilasiga mansub bo’lib, shoxli qarg’alar turigakiradi. Uni ekvatorning janubida, Afrika savannalarida uchratish mumkin. Bu qarg’a tutishi mumkin bo’lgan har qanday hayvonni tanavvul qilishi mumkin.

Sersoqol

Sersoqol

Sersoqol nomli qush qirg’iylar oilasiga mansub bo’lib,soqollilarning yagona turidir. Bu yirik hajmli qush bo’lib, 95-125 cm ni tashkil qiladi. Og’irligi esa 7,5 kg ga teng, qanotlarini ochganda 308 sm gacha boradi. Sersoqol qushi Kichik hamda Markaziy Osiyoda, Sharqiy va JanubiyOsiyoda hamda Janubiy Yevropada uchraydi. O’rta Osiyoda bu qush boltayutar deb ataladi.

Nahangboshli qush

Nahangboshli qush

Bu qush laylaksimonlar oilasiga mansub bo’lib, ko’zlarining joylashishi bilan ajralib turadilar. Ko’zlar qush chanog’ining ikki yonida emas, balki chanoqning oldingi qismida joylashgandir. Shu sababli u hamma narsani katta hajmda ko’radi.

Janubiy Amerika garpiyasi

Janubiy Amerika garpiyasi

Bu qirg’iylar oilasiga mansub yirtqich qushdir. Nomidan ham ma’lum bo’lgandek, bu qushlar Markaziy hamda Janubiy Amerikadaistiqomat qiladi. Ularning panjalari juda katta bo’lib, katta og’irlikni ham bemalol ushlay oladilar. Panjalarda uzun qora tirnoqlari bor.

Qora oyoqli mitti lochin

Qora oyoqli mitti lochin

Bu dunyodagi eng mitti yirtqich qush bo’lib, uzunligi15 sm, og’irligi esa 35 gr ga teng. Qora oyoqli mitti lochin Osiyoning Janubi-Sharqida ushraydi va eng jajji yirtqich qush sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

Krachka-inka

Krachka-inka

Bu kulgili mo’ylovli dengiz qushlari Peru va Chiliqirg’oqlari yaqinidagi qoyalarda yashaydilar. Ular baliqlarni yeydilar va mushukka o’xshab ovoz chiqaradilar. Krachlarning salobatli bu oq mo’ylovlarining har birining uzunligi 5 sm gat eng bo’lib, aslida ular mo’ylov emas, qushning patlaridir.

Moviy oyoqli merov qush

Moviy oyoqli merov qush

Qushlarning yerdagi kulgili va beso’naqay yurishlaritufayli shunday nom bilan ataladilar. Biroq suvda bu qushlar umuman o’zgacha ko’rinadilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook