Har birimizda o’zimizga xos gastronomic kamchiliklar mavjud: kimdir uchun nonushtaga ham, tushlik va kechki ovqatga asosiy taom bu go’sht, kimdir esa bir kun ham dengiz mahsulotlarisiz kun kechira olmaydi, yana birovga faqatgina ekzotik taomlarni taklif etish kerak.
Biroq, ko’pgina odamlar biror-bir shirinlikni tatib ko’rmasa bo’lmaydi: ya’ni bir bo’lak kremli shirinlik, mevali tortik yoki oq g’ovakli shokolad.
2009 yilning sentyabrida butun dunyodagi shirinlik havaskorlari faqat orzu qila oladigan “Candylicious” nomli yirik do’kon ochildi. Manimcha, ushbu maydoni 1.000m2 bo’lgan, ulkan inshoot, hamda xaridorlar diqqatida butun dunyo bo’ylab eng a’lo darajadagi konditer mahsulotlari yig’ilgan kata assortimentdagi do’kon qayerda joylashganligini toppish aslo qiyinchilik tug’dirmasa kerak. ;)
Gap superloyihalar va ulkan inshootlar haqida ketganda, bu so’zsiz, dunyoga eng baland bino “Burdj-Xalifa” ni, taniqli “Parus” – “Burdj-el-Arab” mehmonxonasini, nufuzli sun’iy orollarni va boshqa masshtabli va shuhratparast loyihalarni tuhfa qilgan, ertaklardagidek boy Birlashgan Arab Amirliklari shaharlaridan biri Dubay haqidadir.
Turli xildagi konditer mahsulotlarining juda katta assortimentini taklif etuvchi ushbu do’konda shunchalik ko’p joy borki, hatto eng bor arablarda ham o’sha bo’sh joylarni o’zlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirish imkoniyati ham topilmadi. Shuning uchun, bu yerda shirinliklar orasida nafaqat dubay tortlarini va ulkan chiziqli shirinliklarni ko’rish mumkin, balki Ispaniyadan keltirilgan kilogramli chupa-chupslar, Italyan muzqaymog’ining o’nlab turlari, qalampirli meksikan shokoladlar, turk paxlavasi, Rossiyadan “shokoladli ikra” va boshqa boshqalar.
“Candylicious” ga kirib qoladigan har bir kishi chinakamiga o’sha bolalikdan orzu qilingan, eng sevimli shirinliklar mavjud bo’lgan fantastik mamlakatga kelib qoladi. Bu shirinlikni barcha narsadan ortiq yaxshi ko’ruvchilar uchun yerdagi haqiqiy jannatdir!
Сообщения из Facebook