Sizning hayolingizga ham kelmagan g’aroyib faktlar
Dunyodagi barcha narsa haqida bilishni istaymiz. Nimadandir hayratga tushamiz, nimanidir hayotda sinab ko’ramiz, yana nimadandir esa hayronu-lol qolamiz. Agar siz yetarli darajada qiziquvchan bo’lsangiz, unda ushbu ma’lumotlar siz uchun.

Tuz ananasni yanayam shirin qiladi

Tuz ananasni yanayam shirin qiladi

Gap ananasning shirasi ko’payishida emas, bizning mazani qanday qabul qilishimizda. Osh tuzi mahsulotlarning achchiq va taxir mazasini kamaytirish xususiyatiga ega. Shuning uchun u ananasga qo’shilganda, u taxirini kamaytiradi. Miyaga biz achimsiqroq narsa yeganimiz haqida signal yetib bormagandan keyin, shirinlikni yaxshiroq qabul qilamiz.

Inson uyquda aksirmaydi

Inson uyquda aksirmaydi

Uyqu vaqtida miya aksa urish refleksini blokirovka qiladi. Agarda siz uxlayotganingizda havoda chang, patlar uchib yursa, yoki yoningizda mushuk yotsayu, unga nisbatan allergiyangiz bo’lsa, aksa urish uchun siz albatta uyg’onib ketasiz.

Lotereyaga yutib olish ehtimoli meteorit urishidan halok bo’lish ehtimolidan ancha kam

Lotereyaga yutib olish ehtimoli meteorit urishidan halok bo’lish ehtimolidan ancha kam

Sizning lotereyadan narsa yutib olish imkoniyatingiz 195 mln ga 1 ta, meteorit, asteroid yoki kometa zarbasidan halok bo’lish ehtimoli esa 600 000 ga 1 ta.

Inson DNK si bananniki bilan 60% o’xshash ekan

Inson DNK si bananniki bilan 60% o’xshash ekan

Inson DNK si shimpanzeniki bilan 96% ga o’xshashligi hech kimga sir emas, bundan hech kim hayratga tushmaydi ham. Biroq yana bir aql bovar qilmas fakt bor: biz banan DNK si bilan 60% ga o’xshar ekanmiz.

Kubik Rubikni yaratgan Erno Rubik, Kubikni o’ylab topgandan keyin uni yig’ishga bir oy sarflagan

Kubik Rubikni yaratgan Erno Rubik, Kubikni o’ylab topgandan keyin uni yig’ishga bir oy sarflagan

Arxitektura professori o'quv vositasini yaratishni xohladi va u Rubik kubini yaratishda muvaffaq bo'ldi. 2018 yil iyun holatiga ko'ra, uni yig’ish bo'yicha jahon rekordi 4,22 sekundni tashkil etadi, ammo uni yig'ish uchun muallifning o'zi bir oydan ko'proq vaqt sarflagan. Shunday qilib, agar siz Rubik kubini to'plashingiz uchun ko’p vaqt kerak bo'layotgan bo’lsa, tushkunlikka tushmang! 

Ikki egizklar orasidagi eng ko’p vaqt oralig’i 87 kunni tashkil etadi

Ikki egizklar orasidagi eng ko’p vaqt oralig’i 87 kunni tashkil etadi

Keti va Emi Jons-Elliot 87 kun farq bilan tug'ilgan egizaklardir. 2012 yilda ularning homilador onasi – Mariyani muddatidan 4 oy avval to’lg’oq tuta boshladi va u Emini tug'adi, ammo Keti yana 3 oy ona qornida qolishga muvaffaq bo'ladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations