Stressli holatda qanday qilib tezda tinchlanish mumkin
Ushbu foydali maslahatlar sizning hayotingizda albatta kerak bo'ladi!

Ko'pincha,stressli vaziyatda, his-tuyg'ularimizni boshqarishga urinish va xotirjam bo'lib, vaziyatga to’g’ri baho berishni o’rniga biz g'azablanishni yoki vahima qilishni boshlaymiz. Siz to'satdan ruhiy muvozanatni yo’qotgan paytingizda asabiylikni to'xtatishga yordam beradigan bir nechta samarali usullar haqida gapirib o’tamiz.

Suv

Suv

Tinchlanish uchun ko'pincha bir necha qultum suv ichish kifoya qiladi. Bu sizga tezda o’zingizga kelishga imkon beradi.Idishlarni yuvish ham harxashadan chalg'itadi. Agar siz biror bir yumush bilan band bo'lsangiz, fikrlaringiz boshqa yo'nalishga o'tadi. Ideal yechim xushbo'y moylar va ko'pikli iliq vanna yoki dush bo'ladi.

Havo

Havo

Hayolan jarayonni boshqarib, chuqur nafas olishga harakat qiling. Siz salbiy fikrlardan chalg'iysiz va qon kislorod bilan to'yinadi. Toza havoda sayr qilish ham juda foydali.

Faollik

Faollik

Bir nechta jismoniy mashqlar tezda ongingizni tartibga soladi. Ammo siz boshqa faoliyat turlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Masalan: raqsga tushish, uyni tozalash, suzish,kiyimlarni yuvish yoki xonadagi buyumlar tartibini o’zgartirish. Sizning mushaklaringiz stress gormonini yo’q qilib yuboradi va yengillikni his eta boshlaysiz.

Kulgi

Kulgi

Ma'lumki,kulgi – eng yaxshi dori. Asabingizni buzayotgan vaziyatga boshqa tomondan qarashga harakat qiling. Sizni g'azablantiradigan va salbiy hissiyotlarni keltirib chiqardigan har bir narsani ustidan kuling. Agar bu yordam bermasa,komediya dasturlari yoki kulgili film tomosha qiling.

Ko’z yoshlar

Ko’z yoshlar

Yig'lashdan so'ng, tana og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega bo'lgan gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu bir muncha vaqt o'tgach o'zingizni yaxshi his qilishga yordam beradi. Agar o'zingiz yig'lay olmasangiz, qayg'uli film tomosha qiling.

Haqorat

Haqorat

Bu stress paytida juda yaxshi davolovchi vositadir. O'zingizni yomon his qilsangiz, yolg'iz qolishga harakat qiling va haqoratlardan foydalangan holda vaziyatni gapirib o’ting. Siz hatto qichqirishingiz mumkin. Ushbu usul sizga vaziyatdan tezroq xalos bo’lishga  yordam beradi.

Muhitni o’zgartirish

Muhitni o’zgartirish

Sizni stressga olib keladigan muhitni iloji boricha tezroq tark eting. Stressli muhitsizning holatingizga juda yomon ta'sir qiladi, bu sizning aqliy va jismoniy sog'lig'ingizda aks etadi. Ehtiyot bo'ling va o'zingizni asrang!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations