Jahon rahbarlari qanday uylarda istiqomat qiladi?
Jahon rahbarlari qanday uylarda istiqomat qiladi?
Menimcha ko'pchilik insonlar Oq uy va Kreml haqida qandaydir tasavvurlarga ega. Lekin boshqa jahonshumul rahbarlar qayerda va qanday hayot kechiradi?

Hayron qoldiragan hech narsa yo'q: dunyoning eng nufuzli insonlari ularning mavqelariga to'liq mos keladigan hashamatli uylarda yashaydi. Bu dang'illama hovlili saroylar oliy darajada qurilgan - vertolyotlar maydonchalari va bebaxo san'at asarlari bilan.

Demak, Tokiodagi imperator saroyidan Parijdagi Yelisey saroyigacha bo'lgan 12 mamlakat rahbarlarining hashamatli saroylarini e'tiboringizga taqdim etamiz.

Braziliyadagi Alvorado saroyi (sahar saroyi). U yerda 1956-yildan beri davlatning har prezidenti yashaydi.

Uyda minimal dizayni bilan ajralib turuvchi prezident va oilasi xonalari, 2 ta mehmon xonasi, katta mehmonxona, olimpiya hajmidagi hovuz, kutubxona, musiqa xonasi va bir necha oshxonalar bor.

Yelisey saroyi 1840-yildan boshlab Fransiya Respublikasi prezidentlarining rasmiy dargohi bo'lib kelmoqda. Prezident Fransua Olland ushbu saroyda 2012- yildan buyon yashab kelmoqda.

1722-yilda qurilgan saroy xuddi oltinga burkangan. Ichki boylikning namunasi - Salle de Fetes zali (bazmlar zali) barcha prezidentlarning ochilish marosimlari o'tkaziladi. Bundan tashqari bu yerda konferensiya va banketlar ham bo'lib o'tadi.

Prezident kabineti - Salon Dore (aynan-"oltin xona"). Taxmin qilish mumkinki, xona ichidagi devorlar, eshiklar, stollar va hatto stullar ham tilladan ishlangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook