Suv haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan ma’lumotlar
Suv haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan ma’lumotlar
Dietolog, kosmetoliog va shifokorlar ko’p suv ichishni maslahat berishadi. Ishonchli ma’lumotlarga ko’ra, bir kunda 8 stakan suv ichish tavsiya etilar ekan. Bugungi maqolamizda suvning inson salomatligidagi o'rni haqida qisqacha keltirib o'tamiz.

Parxez tutuvchi va o’z og’irligini kuzatib boruvchi insonlar ko’p suv ichishlari kerak. Agar yetarlicha suv ichilsa, u ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. Qachonki organizm kerakli suv bilan to’yinsa, metobolizm eng muvofiq tartibda ishlaydi. 

Kun yarmida tez-tez charchoq hissini tuyasiz, uyqungiz keladi, ishlash uchun kuch quvvat yetishmaydi. Buni tezda bartaraf qilish mumkin. Tetik bo’lish uchun qahva ichishdan oldin 1-2 stakan toza suv iching. Ana shunda siz ishlash osonlashganini, tetik va sinchkov bo’lib qolganingizni his qilasiz.

Hammamizga ma’lumki, organizmning 80 % suvdan iborat. Ammo suyaklarimizning 50 foizi suvdan iborat ekanligini ham bilasizmi? Suyak hujayralarining o’sishi, ko’payishi va salomatligi uchun albatta, suv kerak. Demak, bu yana bir stakan ortiqcha suv ichishimiz uchun yana bir bahona. Ahir, kim ham suyaklarida muammo tug’ilishini istaydi deysiz.

Suv limfa tugunlari, buyrak va ichaklardagi zaharlar hamda boshqa yomon chiqindilarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Organizmda axlat to’planishini xohlamassiz? Bu eng yengil va oddiy tozalov. Yetarlicha suv ichsangiz, doimiy charchoqdan halos bo’lasiz. Jigar va  buyrakning tozalanishi uchun ham ko’p suv ichish kerak.

Miyaning ko’p faoliyatiga suv yordam beradi va juda ko’p mehnat qiladi. Odam miyasi huddi 60 Vt li lampochkadek elektr energiyasi ajratadi.  Uning yuqori darajada ishlashi uchun miyaga yetarlicha suv bering. Chiroyli teri qanday bo’ladi? Yaltiroq sog’lom va hech qanday husnbuzarlarsiz. Teri chiroyli va yosh bo’lishi uchun ko’p pullarni parvarishlovchi kremlarga sarflaymiz. Buni oddiy usul bilan qo’lga kiritish mumkinligini esa unutib qo’yamiz. Bu holatda ham bizga suv yordam beradi. Ko’p miqdorda suv ichish natijasida teri namlanadi. Bu esa juda foydalidir. Bundan tashqari, suv terini toksinlardan saqlaydi.

Organizmga suv yetishmas ekan, u a’zolar ichidagi, masalan, qondagi suvni olishni boshlaydi. Quyuq qon tufayli yurak ishi qiyinlashadi va suvni tejash natijasida muhim a’zolar qon bilan yaxshi ta’minlanmaydi. Suvning yetishmasligi – bu barcha a’zolar ishiga juda katta og’irlik tushishi demakdir, shuning uchun hujayralarga har doim suv kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook