Tarixdagi eng yovuz hukmdorlar
Dunyo tarixida ko’plab hukmdorlar o’tgan, ulardan ba’zilari o’zining zulmi, haddan tashqari qattiq qo’lligi bilan ajralib turgan. Quyida shulardan baz’ilarini keltirib o’tamiz.

Gay Sezar Kaligula

Gay Sezar Kaligula

Gay Sezar Kaligula o’zining zolimligi bilan nom chiqargan hukmdordir. Bu inson avvaliga judayam yaxshi hukmdor bo’lgan va tabiiyki xalqi tomonidan juda ardoqlanar edi.

Bir kuni Kaligula qattiq xastalanib qoldi, shunda butun xalq uning sog’ayishi uchun tilakjlar aytib yurdi. Haqiqatdan ham bir necha oydan keyin kasallik chekindi, ammo uning sevikli insoni – ma’shuqasi vafot etdi. Sezarning musibati cheksiz edi, alamzada Kaligula alamini boshqalardan oladigan bo’ldi, odamlarni sabab-besabab qatl qila boshladi.

Kaligula odamlarning qatl qilinishi, ularning daryo bo’lib oqqan qonlarini tomosha qilishni yoqtirar edi, bu narsa uni yanada qonxo’r bo’lishiga sabab bo’ldi. Ammo bu zulm uzoqqa cho’zilmadi, Sezarning ustozi bo’lmish Kassiy Xerey tomonidan uyushtirilgan suiqasdda u qattiq yaralandi va halok bo’ldi.

In Chjen

In Chjen

Xitoyda ham In Chjen ismli zolim va qonxo’r hukmdor bo’lgan. Xalq unga “Sharqning qonxo’r yo’lbarsi” deb nom qo’ygan. Imperator taxtga o’tirganda unga qarashli mamlakat halokat yoqasida edi, shuning uchun uni oyoqqa qo’yish va tartib o’rnatish uchun qattiqqo’llik zarur edi.

Mamlakatga bostirib kelayotgan barcha dushman qo’shinlari tor-mor etildi, lashkarboshilar yo’q qilindi. Bu imperator faqatgina o’ziga nisbatan bo’lgan sadoqat va fidokorlikni tan olar, itoat etmaganlarning esa boshlarini tanasidan judo qilar edi. 

Mana shunday diktaturaga qaramay, mamlakatda yo’llar, binolar qurilar, yangi shaharlar bunyod etilar edi. Buyuk Xitoy devoir ham aynan In Chjen hukmdorligi davrida barpo qilingan.

Chingizxon

Chingizxon

Chingizxon Xitoydan tortib Kiyevgacha bo’lgan xalqlarning hammasini qo’rquvga solgan. Zulmi va ulug’vorligi bilan u bir necha asrlar hukm surgan Buyuk mo’g’ullar imperiyasiga asos soldi. Chingizxon dushman va sotqinlarga nisbatan qonxo’r bo’lgan, sadoqat va do’stlikni esa qadrlagan. Aynan qattiqqo’l va zolimligi tufayli u mana shunday ulkan hududni bosib olish va uzoq vaqt davomida uni ushlab turishga erishgan.

Yuliy Ikkinchi (Yovuz)

Yuliy Ikkinchi (Yovuz)

Munofiq va ayyor Yuliy Ikkinchi maqsadiga har xil yo’llar bilan erishar edi. Mard va sahiy bo’lish kerak bo’lsa – shunday bo’lar edi, yovuz va zolim bo’lish kerak bo’lsa – sotqinlikdan ham, qotillikdan ham toymas edi.

Yoshlik davrida odamlarni o’g’irlab, ularni qullikka sotar edi, ruhoniy bo’lganida esa bosqinchi va qotillarni yoqlab chiqar edi.

U xalqlar va mamlakatlarni bir-birlariga qarshi qayrashni juda xush ko’rar, qonli urushlarni uyushtirar edi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations