Tejamkorlikning 6 qoidasi
Tejamkorlikning 6 qoidasi
Tejamkor bo'lish albatta yaxshi. Ayniqsa bu hususiyat rozg'orda namoyon bo'lib tursa. Tejamkorlikning ham qoidalari mavjud ekan. Keling, ular bilan sizni tanishtirib chiqamiz.

Birinchi qoida.

Sog’lom turmush tarzi prinsiplariga amal qiling. Aslida yarim fabrikatlardan tayyorlangam mahsulotlar doim arzon turadi.  Kartoshka, sabzi, lavlagi, sarimsoqpiyoz, piyoz, gulkaram, olma, guruch, grechixa, suli, loviya, tuz, shakar, sut, (uy tvorogi), jelatin, un, qalampirmunchoq, qalampir, dolchin, tuhum, tomat qaylasi, o’simlik yog’I va sariyog’ – sizning mukammal va turli tuman dasturxoningiz tarkibini tashkil qilishi mumkin. Ehtiyoj tug’ilganda bu royixatga go’shni ham kiritishingiz mumkin ( kolbasa va kotletlarni emas). Hushbo’y ta’m beruvchi ziravorlarni aralashtirmasdan,alohida sotib olganingiz ma’qul. Pivo va konserva kabi behuda chiqimlarni ro'yxatdan umuman olib tashlash kerak.

Ikkinchi qoida.

Kun davomidagi balansga tushirilgan taomnoma.

Quyidagi andaza nafaqat vaqtingizni tejaydi, balki bir hillikdan qochishingizga ham yordam beradi. Ertalab ziravorlar va mevalar qo'shilgan sutli yorma bo’tqasi. Tushlik- to’yimli sho’rva va ikkinchi taom. Ikkinchi tushlik- kompot, desert yoki tvorog. Kechki ovqat-sabzavotli yoki loviyali taom. Ertalab ushbu eslatmaga qarab sabzavotlarni tozalash, loviyani ivitib qo’yish va bolalar jelesini sovutgichga oldindan solish mumkin.

Uchinchi qoida.

Oddiy taomlar tayyorlaymiz.Ovqat tarkibidagi mahsulotlar soni qancha kam bo’lsa, u shuncha tez singdirib olinadi. Shuning uchun to’g’ralgan karam va yog’li oddiy salat organizmimiz uchun sevimli “Olive” yoki “Mimoza”ga qaraganda foydaliroqdir. Shuni yodda tutingki, sabzi, tuhum va tvorog ko’proq yog’ bilan to’lishi kerak. Agar siz imkon qadar taomning ko’p foydasini olib qolmoqchi bo’lsangiz, ularning tayyorlanish vaqtini qisqartiring va mahsulotlarni to’g’ri uyg’unlashtiring.

To’rtinchi qoida.

Ziravor va boshqa qo’shimchalar ishlatamiz. Ular oddiy masaliqdan taom yarata oladi. Masalan, to’g’ralgan olma bo’laklari ustiga shaker, dolchin sepib pishirilsa, ajoyib desert hosil bo’ladi.  Dimlangan karamga tayyorlash jarayonining boshida qizigan yog’ga 20-30 qalampirmunchoq donalaridan tashlab yuborsangiz, u hushbo’y bo’ladi (mukammal uyg’unlik,albatta tatib ko’ring). Sut, jelatin va vanillin birgalikda konfetga aylanadi.Kakaoga bir chimdim kraxmal qo’shsangiz, achchiq shokolad hosil bo’ladi. Hatto eng arzon unga (javdar uni) suv va ziravorlar qo’shilsa, ajoyib sous va betakror qayla tayyorlash mumkin.

Beshinchi qoida.

Qorin bayramini uyushtiramiz. “Qizlar” komediyasini va oddiy kartoshkadan tayyorlangan turli taomlar yodingizga tushdimi? Bilasizmi, kartoshka pyuresidan yasalgan kichik shakllar suxariga bulab qovurib olinsa, juda ishtaxali bo’ladi. Qirg’ichdan o’tkazilgan lavlagi, sabzi va sarimsoqpiyoz aralashmasidan ham ajoyib kotletlar tayyorlash mumkin. Loviyali tomat va ko’katlar dimlamasi juda to'yimli garnir hisoblanadi

Oltinchi qoida.

Taomni bezating. Chiroyli idish va mukammal bezak eng oddiy taomni ham ishtaha bilan tanovul qilishingizga sabab bo’ladi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook