Til o’rganishning 10 ta qoidaga asoslangan oson usullari
Til o’rganishning 10 ta qoidaga asoslangan oson usullari
Bugungi kunda mashhur ruhshunoslar xorijiy tillarni o’rganish inson dunyoqarashini qisman bo’lsa-da o’zgartirish xususiyatiga ega degan fikrni ilgari surmoqdalar. Xorijiy tillarni o’rganish asnosida o’sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyati paydo bo’ladi.

Bugungi kunda til o’rganuvchilarning asosiy qismini 17-35 yosh oralig’idagilar tashkil etadi. Chet tilini nafaqat o’qituvchi ko’magida, balki mustaqil ravishda ham o’rganish mumkin. Buning uchun esa ozgina qunt, mustahkam iroda va qat’iy tartibga asoslangan kun rejasi bo’lishi yetarli.

Dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo’lmish Kato Lomb asl mutaxassisligi kimyo fani bo’lishiga qaramay, 8 tildan qiyinchiliksiz tarjima qilgan, 16 tilda erkin muloqot qilishni uddalagan.  Uning “Men tilni qanday o’rganaman?” nomli bestseller asarida xorijiy til o’rganishning oddiy va oson usullari 10 ta qoidaga asosan keltirib o’tilgan.

1. Til o’rganish bilan imkon qadar har kuni shug’illaning.

Bu huddi sport mashg’ulotlaridek, ma’lum bir tizimga asoslangan mashq qilish muddatlaridan iborat bo’lishi lozim. Hech bo’lmaganda kun davomida 10-15 daqiqani yangi so’zlar o’rganish va qaytarish uchun sarflash kerak.

2. O’qishni rejalashtirib oling.

Agar til o’rganishga ishtiyoq vaqt o’tgani sari susayib borsa, shaxsiy o’quv rejangizni tuzib chiqing. Masalan, bir oz dars qilib so’ngra ko’chada sayr qiling yoki bo’lmasa musiqa tinglang.

3. So’z birikmalaridan foydalaning.

Alohida so’zlarni emas, ularning bir-biriga qo’shilgan variantini, kontekst shaklida yodlashga harakat qiling. 

4. Yon daftarcha tuting.

Yon daftarchaga qo’shimcha so’zlar va tayyor gaplarni yozib boring.

5. Xotira bilan ishlang.

Hayolan barcha ko’ringan narsalar – reklama, qo’shiq so’zlari, dialoglar, gazetadagi maqolalarni tarjima qilishga harakat qiling.

6. Yod oling.

Lug’atdan tekshirilgan so’zlarni yodda saqlang.

7. Iboralarni o’rganing.

Muomalada keng qo’llaniladigan so’zlar, idioma, ibora va hikmatli so’zlarni o’rganib boring.

8.Nazariya bilan cheklanib qolmang.

Buning uchun kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalar bilan qiziqing, o’rganayotgan tilingizda so’zlashuvchi insonlar bilan muloqot qiling. Kato ham rus tilini Gogolning “O’lik qalblar” asari va lug’atlar orqali boshlagan ekan.

9. Xatolarni to’g’irlang.

Xatolardan cho’chimang, hech qachon va hech nimani nazoratsiz qoldirmang.

10. O’zingizga ishoning.

Xech nimaga qaramay o’rganishda davom eting!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook