Top-10: Dunyodagi eng baland daraxtlar
Bugun biz sizga eng baland daraxtlar haqida gapirmoqchmiz!

Mendosino daraxti

Bizning ro'yxatimizdagi o'ninchi o'rinni Amerikada joylashgan Mendosino daraxti egallagan. Uning balandligi 112,21 metrga yetadi. Ulkan daraxtning diametri 4,20 metrni tashkil qiladi. Daraxt yomon shikastlandi, bunga sabab esa uning mashhurligi tufayli juda ko'p sonli sayyohlar tashrifi edi.

Paradoks

Yana bir baland daraxt Paradoksdir. Daraxtning balandligi 112,57 metr va diametri 3,9 metrga teng. Paradoks juda chiroyli va qadimgi daraxt bo'lib, uni tabiat qo'riqchilari diqqat bilan kuzatadilar va himoya qiladilar.

Rokfeller

Rokfeller Kaliforniyaning, Xumboldt shahrida joylashgan. Daraxtning balandligi 112, 61 metrni tashkil qiladi, ammo olimlar hali ham aniq diametrini o'lchay olmaganlar.

Lauralin

Yana bir ajoyib baland bo'yli daraxt AQShning Xumboldt shahrida joylashgan. Lauralin112,63 metr balandlikka yetadi, daraxtning diametri 4,55 metrga teng.

Orion

Orion daraxti ham Kaliforniyada joylashgan. Uning balandligi 112,64 m va diametri 4,34 metrni tashkil qiladi. Daraxtga yulduz Orion nomi berilgan.

Milliy geografiya jamiyati

Bizning ro'yxatimizda beshinchi o'rinni Milliy geografik jamiyatining g'ayrioddiy nomi bo'lgan daraxt egallaydi. Uzun daraxtning  bo'yi112,72 m ga yetadi va diametri 4,40 metrdan oshmaydi. U 1994 yildan 1995 yilgacha dunyoning eng baland daraxti hisobga olingan.

Gigant stratosfera

Sayyohlar oqimi unga ziyon keltirmasligi uchun ushbu gigantning aniq joylashuvi oshkor qilinmaydi. Stratosfera giganti 113,12 m ga yetadi, diametri 5,19 metrga teng. Har o'n yilda daraxt deyarli bir santimetrga o'sadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, 2010 yilda Strososfera gigantining balandligi 112,35 metrni tashkil qilgan.

Ikar

Eng baland uchta daraxt qatoriga 113,15 metrgacha bo’y cho’zgan  bahaybat Ikar daraxti kiradi. Hozirda uning diametri 3,79 metrdan oshmaydi. Ikar kashfiyotchi turistlar tomonidan 2005 yilda Kaliforniyada kashf etilgan.

Gelios

Gelios ham Kaliforniyada joylashgan. U Ikardan biroz balandroq. Balandligi 114,59 metrga yetadi va diametri deyarli besh metrga - 4,97 m teng.

Giperion

Giperion bu sayyoradagi eng baland daraxt bo'lib, u 115,62 metr balandlikka yetadi. Daraxt bu o'lchamigacha sakkiz yuz yil ichida o'sdi. Giperion sirt maydoni besh yuz kvadrat metrdan oshadi va diametri 4,85 metrni tashkil etadi. Gigant daraxt Kaliforniya shtatidagi Redvud Krikning Tributaryasida joylashgan. Aniq joyi yashiringan, chunki turistlarning katta oqimi Yerdagi eng baland daraxtga zarar yetkazishi mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations