Turli mamlakatlardagi g'alati va bema’ni taqiqlar
Hayot ajoyib va qiziqarli, har bir xalq va millatning o’z an’anasi, qonun-qoidasi bor. Ba’zi taqiqlar asosli va haqqoniy, ba’zilari esa g’alati va bema’ni.

Kanadada xodunoklar taqiqlangan

Kanadada xodunoklar taqiqlangan

Xodunoklar bolaning to’g’ri rivojlanishiga xalal beradi, bo’g’imlar, suyaklar va mushaklarga nisbatan bosim noto’g’ri tushadi. Agar bolalik uyda xodunoklar aniqlansa, oilaga 100 ming dollar miqdorida jarima solinadi, va hattoki qamoq jazosi ham qo’llanilishi mumkin.

Ayova shtatida begonalarga qarab ko’z qisish taqiqlanadi

Ayova shtatida begonalarga qarab ko’z qisish taqiqlanadi

Ro’parangdagi ayolni tanimaysanmi – ko’zingni qisma

Oklaxomada kuchuklarga qarab, yuzni burishtirish mumkin emas

Oklaxomada kuchuklarga qarab, yuzni burishtirish mumkin emas

Bunday qiliq qilganlarga nisbatan jarima solinadi yoki qamoq jazosi belgilanadi

Kapri orolida qattiq tovushli oyoq-kiyim kiyish taqiqlanadi

Kapri orolida qattiq tovushli oyoq-kiyim kiyish taqiqlanadi

Jamoat xavfsizligi yuzasidan yurganda taqillaydigan yoki shapillaydigan oyoq-kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi.

Singapurda saqichlar taqiqlangan

Singapurda saqichlar taqiqlangan

Singapurda saqichlarni sotish va sotib olish mumkin emas. Ko’chada chaynab tashlangan saqich uchun 500 dollar jarima solinadi.

AQSHning Delaver shtatida ayollarning erkaklarga oila qurishni taklif qilishi taqiqlanadi

AQSHning Delaver shtatida ayollarning erkaklarga oila qurishni taklif qilishi taqiqlanadi

AQSH ning Alabama shtatida burun kavlash taqiqlanadi

AQSH ning Alabama shtatida burun kavlash taqiqlanadi

Alabama ko’chalarida burun qoqish va burun kavlash to’g’ri kelmaydi

AQSH ning Florida shtatida oilasiz ayollarning yakshanba kunlari parashyutdan sakrashi mumkin emas

AQSH ning Florida shtatida oilasiz ayollarning yakshanba kunlari parashyutdan sakrashi mumkin emas

Yakshanba kunlari yolg’iz, eridan ajrashgan yoki beva ayollarning parashyutdan sakrashi taqiqlanadi. Qonunni buzganlarga nisbatan jarima solinadi yoki qamoq jazosi qo’llaniladi

Italiyaning Eboli shahrida rulni boshqarayotganda o’pishish mumkin emas

Italiyaning Eboli shahrida rulni boshqarayotganda o’pishish mumkin emas

Harakatlanayotgan avtotransportda o’pishish uchun 500 dollar jarima bor.

AQSHning Nyu-Jersi shtatida restoranlarda suyuq ovqatlarni shopirib ichish taqiqlanadi

AQSHning Nyu-Jersi shtatida restoranlarda suyuq ovqatlarni shopirib ichish taqiqlanadi

Suyuq ovqatlarni yevotganda hech qanday yoqimsiz ovozlar chiqishi mumkin emas.

Bardarosda kamuflyaj kiyimni kiyish taqiqlanadi

Bardarosda kamuflyaj kiyimni kiyish taqiqlanadi

Agar siz giyohvandlikka qarshi kurashish tashkiloti yoki Barbados Qurolli kuchlariga kirmasangiz, har qanday kamuflyajli narsalarni kiyishingiz taqiqlanadi.

Saudiya Arabistonida jamoat joylarida musiqa tinglash mumkin emas

Saudiya Arabistonida jamoat joylarida musiqa tinglash mumkin emas

Bu yerda maktab va institutlarda va hattoki musiqa do’konlarida ham musiqa tinglash taqiqlanadi

Germaniyada katta avtomobil yo’lda benzin tugab qolsa, jarimaga tortiladi

Germaniyada katta avtomobil yo’lda benzin tugab qolsa, jarimaga tortiladi

Agar avtobanda benzin tugab qolsa, harakat qilayotgan boshqa avtomobillarga halaqit berganlik sababli haydovchi jarimaga tortiladi

Frantsiyada tushlik vaqtida ketchup yeyish taqiqlangan

Frantsiyada tushlik vaqtida ketchup yeyish taqiqlangan

Maktab va kollejda o’quvchilarga tushlik paytida ketchup iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu harakat shakar iste’molini kamaytirish hamda milliy ovqat sifatini himoya qilish maqsadiga qaratilgan. Ayni damda esa AQSH da ketchup sabzavot o’rnida iste’mol qilinadi.

AQSH ning Vermont shtatida tish protezlari ayollar uchun taqiqlangan

AQSH ning Vermont shtatida tish protezlari ayollar uchun taqiqlangan

Vermont shtatida ayollarning tanglay tishlar taqishlari uchun erlarining yozma ravishdagi ruhsatnomasi kerak bo’ladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations