просмотров
Bulg’or qalampirini yaxshi saqlash uchun qog’oz sochiq yoki bo’lmasa salfetkaga o’rab qo’yish tavsiya etiladi.
Qulupnay umrini uzaytirishning siri esa ularning bir-biriga tegib qolmasligidadir. Idishga bir necha qavat qilib salfetka qo’ying va qulupnaylarni yoyib chiqing. Bu borada yana bir variant eng mukammali sanaladi. Bu tuhumning qog’oz idishi. Qulupnay joylashtirish va saqlash uchun bu ayni muddao.
Bodringni saqlash. Bodiringlarni politen paket ichiga solib, ustini nam doka bilan yoping. Eng asosiysi paketning chetini yopib qo’ymang.
Pomidorlarni tepasidagi bandlari bilan saqlang.
Sabzini suv bilan to'ldirilgan idishga joylashtiring, bu bilan saqlash muddatini 14 kunga uzaytirish mumkin.
Seldereyni folga qog’ozga o’rang va muzlatkichda saqlang.
Сообщения из Facebook