Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik ko’rish kerak?
Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: Yangi yil dasturxoni uchun qanday tayyorgarlik ko’rish kerak?
Har bir uy bekasi Yangi yil bayrami uchun bayramona kechki ovqat tayyorlab, shohona dasturxon yasatishga intiladi. Yangi yil dasturxoni uchun mukammal va tantanali kechki ovqatni qanday tashkillashtirish mumkin?

Desert va ichimliklar

Mazkur yilda desert tayyorlash uchun yil sohibasi bo’lmish Itning sevimli mevalari: olma va apelsindan foydalanish mumkin. An’aaviy yangi yil deserti sifatida olmali pechenyelar tavsiya etiladi. Ularni asal, tvorog, mayiz, yong’oqlar, ejevika, muzqaymoq va vanilli sous bilan tayyorlash mumkin. Shuningdek desertlardan olmali nachinka bilan pishirilgan qatlama xamirli konvertchalar, olmali shtrudel yoki pastila ham mos keladi. Apelsin bilan ham bundan-da ko’proq Yangi yil desertlarini tayyorlash mumkin. Apelsinli ponchiklar, sharlotka, apelsinli muss va apelsinli sufle shular jumlasidandir. “Apelsinli sufle” juda mazali va orginal yangi yil deserti bo’lib, issiq holida bayram stoliga tortiladi. Uning tayyorlanishi uchun esa 200 gr shakar va 2 stakan suvdan sirop qaynatib olinadi. 6 dona apelsin o’rtasidan kesilib, ichki qismi tashqariga chiqarib olinadi va maydalab, sirop ichiga solinadi. Sirop shaffof ko’rinishga kirgunicha yaxshilab qaynatiladi. 5 ta tuxum oqi ko’pik holiga keltirilib, ichiga tayyor apelsin murabbosi qo’shiladi va ko’pirtirish davom ettiriladi. Keyin esa asta-sekin 2 oshqoshiq elangan kraxmal qo’shib, hosil bo’lgan massa apelsin po’stloqlari ichiga solib chiqiladi. Sufle gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi va issiq holida ustiga qand upasi sepib stolga tortiladi. Mazkur desert kirib kelayotgan yilning sariq rangini o’zida aks ettirgan.
Desert sifatida mehmonlaringizga uvalanuvchan pechenye, qaymoqli sous bilan tayyorlangan olcha, vaflili trubkachalar va tvorogli krem taklif qilishingiz ham mumkin. Yangi yil tamaddisining so’ngida esa mayin yogurtli tort yoki yong’oqli va shokoladli rulet beriladi. Ichimliklar sifatida bir necha hil ko’rinishdagi sharbat, mineral suv va gazsiz suv ham harid qiling. Shuningdek bir muddat avval o’tmish bilan yuzlashgan bayram an’anasi bo’lmish klyukvali mors tayyorlashni ham yodga olish mumkin. Agar do’konlardan limonad topa olsangiz, dasturxoningizni u bilan ham boyiting. Barcha ichimliklar mehmonlar qarshisiga 12-14 daraja haroratda sovitilgan ko’rinishda beriladi. Stolga suv, sharbat va mors uchun bokal, shampan vinosi uchun fujer, vino uchun bokal joylashtirilishi kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook