Dunyo kundan-kunga takomillashib kelmoqda, qandaydir yangi qurilmalar kashf qilinmoqda, va bunday uskunalarsiz biz shunchalik oldinga o’tib ketmagan bo’lar edik.
Butun dunyo bo’ylab olimlar, ishlab chiqaruvchilar va dizaynerlar bizning hayotimizni yengillashtirish va qiziqarliroq qilish uchun kurashmoqdalar.
10. DNK dan olingan portretlar
Talaba Xizer Dyu-Xagborg ko’chada topilgan sigaret qoldiqlari va saqichlardan ularni tashlagan odamlar DNK sidan 3D portretlar yaratadi. U DNK ketma-ketligini kompyuter tizimiga kiritadi, va u o’sha misolga qarab odam ko’rinishini yaratib beradi. Odatda bu faoliyat davomida insonning 25-yoshli variatini shakllantirib berishadi. Keyin model natural o’lchamda 3D portretlarda bosib chiqariladi.
11. Virtual haqiqatdagi xaridlar
Bunday do’konlarning biri Shimoliy Koreyaning temir yo’l stansiyalarining birida ochilgan edi, u yerda siz shtrix-kodni rasmga olib, buyurtma berishingiz mumkin bo’ladi, va buyurtmangizni uyingizga keltirib berishadi. Homeplus do’konlari tarmog’i siz supermarketda sotib olishingiz mumkin bo’lgan tovarlarning haqiqiy o’lchamidagi, javonlar rasmi ko’rsatilgan oltita eshik-ekranni o’rnatdi. Har bir tovar ostida skanerlash va maxsus tizim orqali yuborish mumkin bo’lgan shtrix-kod bor.
12. Haydovchisiz avtomobillar
2020 yilga kelib 10 millionga yaqin haydovchisiz avtomobillar paydo bo’lishi kutilmoqda, va bu 2014-2030 yillar oralig’ida o’limlar sonini 2500 ga kamayishiga olib keladi. Ko’pgina avtomashina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, o’z ishlab chiqariladigan avtomashinalarida avtomatik haydashning ba’zi funksiyalarini o’rnatishni boshlab yuborganlar. Shuningdek, o’zini-o’zi boshqaradigan avtomashinalar uchun texnologiyalarni ishlab chiqishga harakat qiluvchi tashkilotlar ham mavjud, masalan, Google, haydovchisiz avtomashina prototipini e’lon qilgan. Butunlay avtonom Avtomashina 2019 yilgacha tayyor bo’lishi kutilmoqda.
13. Gumbaz ostidagi shahar
Dubayda “Mall of the World” nomli harakatlanuvchan gumbaz bilan yopilgan savdo markazini qurish ishlari davom etmoqda, uning ichidagi harorat nazorat qilinadi va havosi sovutib turiladi. Kompleks 4,46 km2 maydonni egallaydi va o’z ichiga go’zallik va salomatlik markazini, madaniy-ko’ngilochar joyni, 20 mingta xona uchun mehmonxonalar va boshqalarni oladi. Bu yopiq parkli eng yirik savdo markazi bo’ladi.
14. Karbonat angidrid gazini va quyosh nurini yonilg’iga aylantiruvchi sun’iy barglar
Olimlar Quyosh yordamida atmosferadagi karbonat angidrid gazini yonilg’iga aylantiruvchi yangi quyosh elementlarini ishlab chiqishdi. Avvalari karbonat angidrid gazini qandaydir foydali narsaga aylantirishga anchagina urinishlar bo’lgan, ammo birinchi marta haqiqiy uslub ishlab chiqildi. Kumush kabi metallar talab qilinadigan boshqa texnologiyalardan farqli ravishda, bu uslub 20 marotaba arzon va 1000 marotaba tezroq ta’sir qiladigan volfram asosidagi materialni ishlatadi. Bu quyosh elementlari sintetik gaz – gazsimon vodorod va uglerod oksidi birikmasi, ishlab chiqarish uchun atmosferadan karbonat angidrid gazini ishlatadi, va bu sintetik gazni to’g’ridan-to’g’ri kuydirish yoki uglevodorod yonilg’isiga aylantirish mumkin.
15. Avtomashinalarni favqulodda holat yoki avariyalardan himoyalovchi, plazmali maydon kuchi
Boeing kompaniyasi zarba to’lqinlarini tez yutish uchun havoni tezda isitish orqali plazmali maydon yaratish uslubini patentlab olishdi. Maydon kuchini lazerlar yoki mikroto’lqinli nurlar yordamida ishlab chiqarib bo’ladi. Yaratilgan plazma o’zidan boshqa qattiqlik va tarkib bilan, atrofdagi havo haroratidan balandroq haroratgacha bo’lgan havoni namoyish qiladi. Kompaniya aytishicha, u portlashdan kelib chiqadigan, maydon ichida bo’lganlarni himoya qiladigan energiyani aks ettirib, uni yutishga qodir bo’ladi. Agar texnologiyani hayotga tadbiq eta linsa, u harbiy sohadagi revolyutsion rivojlanishga bosh bo’ladi.
16. Suzib yuruvchi shaharlar
Lilypad nomli suzuvchi ekopolis arxitektor Vinsent Kalleba (Vincent Callebaut) tomonidan suv sathi ko’tarilishi muammosining uzoqqa yetadigan yechimi sifatida kelgusi atrof-muhit qochoqlariga atab tuzish taklif qilindi. Shahar tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda, 50 000 ta odamni sig’dirishi mumkin. Suzib yuruvchi tuzilma uchta “barg” va uch tog’dan iborat bo’lib, markazda suvni yig’adigan va tozalab beradigan sun’iy lagunadan iborat. U shamol, Quyosh, oqma kuchlar va energiyaning boshqa alternativ manbalarini ishlatadi va hatto yomg’ir suvini ham yig’adi.
17. Organlarni ko’chirish operatsiyalari uchun 3D bosib chiqarish
Olimlar donorlik organlari sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan hayotiy organlarni bosib chiqarish texnologiyasi ustida ish olib bormoqdalar. 3D bosib chiqarish texnologiyasi allaqachon katta o’zgarishlarni boshdan kechirgan. U tuzilmani hosil qiluvchi va biologik terini yaratuvchi, tirik hujayralar bilan to’ldirilgan gel va aqlli geldan iborat kartridjlarni ishlatadi. Bosib chiqarishda gelni sovutib, yuvib tashlashadi va faqat hujayralarni qoldirishadi. Olimlar inson tanasida to’g’ri o’sgan organlar harakatini takrorlay oladigan organlar bilan bog’liq qiyinchiliklarni bartaraf etish izida ishlamoqdalar. Bu qiyinchiliklar bartaraf qilinganda, odamlarga o’z donorlik organlarini kutishda xavotirlanishga to’g’ri kelmaydi.
18. Bionik hasharotlar
Olimlar hasharotlar uchun bionik jihozlar ishlab chiqmoqdalar, va bu jihozlar yordamida ular zilzila yoki boshqa tabiiy hodisalar ta’sirida jarohatlangan odamlarni topish uchun, bunday hasharotlarni boshqarish va ularni kirishi mushkul joylarga yuborish imkoni tug'iladi. Masalan, suvarak mo’ylovlari orqalariga birlashtirilgan kichik radiouskunalarga bog’lab qo’yiladi. Hasharotlar oldilarida nima turganligini sezish uchun, ko’zi ojiz insonlar tayoqni ishlatgandek, o’z mo’ylovlarini ishlatishadi.Tadqiqotchilar mo’ylovlarga kichik elektrik impulslarni yuborib va ularni yo’naltirgan holda, hasharotlar harakatlarini boshqarishadi.
19. Siz o’z tushlaringizni yozib olishingiz mumkin bo’ladi
Olimlar YouTube videoroliklarini ko’ruvchi inson miyasining visual markazlarini skanerlab, videoroliklar tarkibini tiklashga erishishdi. Kelajakda bu uslub tushlarni yozib olish uchun moslashtirilgan bo’ladi. Loyihada qatnashgan guruhning uchta ishtirokchisining miyalarini, ular YouTube da roliklar ko’rayothanda magnitli-rezonans tomografiyasi yordamida skanerlashdi. Keyin tadqiqotchilar ma’lumotlarni o’ziga xos miya lug’ati sifatida xizmat qilgan matematik model yordamida izohlashdi. Lug’at keyinchalik ishtirokchilar ko’rgan turli xil kliplarni va miya faoliyatining aktivlanishiga olib kelgan kliplarni qayta tiklab chiqdi. Natija unchalik aniq chiqmaga bo’lsada, kelajakda olimlar bu texnologiyani yangilashga umid qilishyapti.
Сообщения из Facebook