Yaqindagi 30 yil ichida dunyoni o’zgartiradigan, 20ta hayratlanarli kelajak texnologiyasi
Yaqindagi 30 yil ichida dunyoni o’zgartiradigan, 20ta hayratlanarli kelajak texnologiyasi
Dunyo kundan-kunga takomillashib kelmoqda, qandaydir yangi qurilmalar kashf qilinmoqda, va bunday uskunalarsiz biz shunchalik oldinga o’tib ketmagan bo’lar edik.
Butun dunyo bo’ylab olimlar, ishlab chiqaruvchilar va dizaynerlar bizning hayotimizni yengillashtirish va qiziqarliroq qilish uchun kurashmoqdalar.
Quyida hayotimizni umuman boshqa bosqichga ko’taradigan, bir nechta kelajak texnologiyasini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Biomuzlatgichlar

1. Biomuzlatgichlar
Rossiyalik dizayner "Bio Robot Refrigerator" nomli konsepsiyasini taklif qildi, va bu muzlatgoch mahsulotlarni maxsus biopolimerlangan gel yordamida sovutadi. Unda javonlar, bo’limlar va eshiklar yo’q – siz mahsulotni shunchaki gel ichiga qo’yasiz xolos. Bu fikr Yuriy Dmitriev tomonidan Electrolux Design Lab musobaqasida taklif qilingan. Muzlatgich nazorat paneli uchun energiyaning atigi 8 foizini ishlatadi va amaldagi sovishi uchun energiyaga muhtoj emas. Muzlatgichning biopolimer suyuqligi mahsulotlarni saqlash uchunsovuq haroratda ishlab chiqiladigan yorug’likni ishlatadi. Gelning o’zi hidga ega emas va yopishqoq emas, muzlatgichning o’zini esa devorda yoki potolokda o’rnatish mumkin.

2. Quyosh panellarida ishlaydigan uchuvchisiz uchish kemalaridan haddan ortiq tez 5G Internet

2. Quyosh panellarida ishlaydigan uchuvchisiz uchish kemalaridan haddan ortiq tez 5G Internet
Google kompaniyasi Project Skybender loyihasi bo’yicha ishlovchi, haddan tashqari tez Internetni tarqatuvchi, quyosh panellarida ishlovchi dronlar ustida ish olib bormoqda. Nazariyadagi uchuvchisiz uchish kemalari 4G ga qaraganda 40 barobar tezroq ishlaydigan Internet xizmatini ulab beradi, bir daqiqada gigabayt hajmdagi ma’lumotlarni o’tkaza olish imkonini yaratadi. Loyiha xizmat ishlashi uchun millimetrli to’lqinlardan foydalanishni ko’zlab qo’ygan, chunki mobil aloqani uzatadigan mavjud spektr allaqachon to’lgan. Biroq, bu to’lqinlar 4G ga qaraganda ancha qisqa ta’sir maydonida ega. Google kompaniyasi uchbu muammo ustida ishlamoqda, va agar barcha texnik nosozliklarni hal etib bo’lsa, yaqinda ishonilmas tezlikdagi Internet paydo bo’lishi mumkin.

3. Terrabayt hajmdagi ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun 5D disklari

3. Terrabayt hajmdagi ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun 5D disklari
Olimlar milliardlab yillar saqlanadigan, 5ta kenglikda ma’lumotlarni yozib oladigan 5D diskni yaratishdi. U 360 terrabayt hajmdagi ma’lumotlarni saqlay oladi va 1000 gradusgacha haroratga chidamli. Diskdagi fayllar uchta nanonuqtalardan yasalgan. Diskning beshta kengligi nuqtalarning o’lchami va orientatsiyasiga qaratilgan, va shuningdek, ularning uch kenglikdagi holatiga ham bog’liq. Yorug’lik disk oralab o’tganida, nuqtalar mikroskop va polyarizator bilangina o’qiy olinadigan, yorug’lik polyarizatsiyasini o’zgartiradi. Diskni ishlab chiquvchi Sautgemptondan bir guruh, ushbu diskga Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasini, Nyuton Optikasini, Magna Xaritasini va Bibliyani yozib olishdi. Bir nech yillardan so’ng bu kabi disk tadqiqot emas, normal holga aylanadi.

4. Kislorod zarrachalarining inyeksiyasi

4. Kislorod zarrachalarining inyeksiyasi
Bostondagi bolalar kasalxonasi olimlari nafas ololmagan taqdirda ham sizga yashash imkonini beradigan, qonga kiritilishi mumkin bo’lgan, kislorod bilan to’lgan mikrozarrachalarni ishlab chiqishdi. Mikozarrachalar kichik bir kislorod pufagi o’rab olgan bir qavat lipidlar kapsulasidan iborat. 2-4 mikrometr o’lchamdagi kapsulalar suyuqlik ichida osiltirilgan bo’ladi, va bu suyuqlik ularning o’lchamini nazorat qiladi, chunki katta o’lchamdagi pufaklar xavfli bo’lishi mumkin. Ichga kiritishda kapsulalar qizil qon hujayralari bilan to’qnash kelib, ularga kislorodni yetkazishadi. Mana shu uslub orqali qon ichiga 70% kislorodni kiritishga erishildi.

5. Suvosti transport tunellari

5. Suvosti transport tunellari
Norvegiyada dunyodagi birinchi katta quvurlar yordamida suv ostida 30 metr chuqurlikda suzib yuruvchi, ikkita yo’lak uchun ancha keng bo’lgan ko’prikni qurish rejalanmoqda. Harakatlaish bo’yicha mahalliy noqulaylikni hisobga olgan holda, Norvegiyada suvosti ko’priklari qurish ustida ish olib borilmoqda. Allaqachon 25 milliard dollar sarflangan bu loyiha 2035 yilgan kelib tugatilishi kuzatilmoqda. Ko’prikka bo’ladigan shamol, to’lqinlar va kuchli suv toshqinlar ta’sirini e’tibordan ortda qoldirmaslik lozim.

6. Biolyuminessent daraxtlar

6. Biolyuminessent daraxtlar
Ishlab chiquvchilar guruhi ba’zi turdagi meduza svetlyachoklarda uchraydigan ferment yordamida biolyuminessent daraxtlarni yaratishga qarorqildi. Bunday daraxtlar ko’chalarni yoritishga yordam beradi va ko’chada shu payt yuruvchilarga yo’llarni yaxshi ko’rishga imkon beradi. Qorong’uda yoritiladigan o’simlik ko’rinishidagi kichik loyiha allaqachon ishlab chiqilgan. Keyingi qadam ko’chalarni yoritadigan daraxtlar bo’ladi.

7. Rulondek o’ramga aylanadigan televizorlar

7. Rulondek o’ramga aylanadigan televizorlar
LG kompaniyasi qog’oz o’ramiga o’xshab o’ralib olinadigan televizor prototipini ishlab chiqdi. Televizor ekran qalinligini kichraytirish uchun polimer organika asosidagi svetosiodlar texnologiyasini ishlatadi. LG dan tashqari, elektronika ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar, Samsung, Sony va Mitsubishi ekranni yanada qayriluvchan va portative qilish ustida ish olib bormoqdalar.

8. Odamiy ko’rish qobiliyatidan ziyod ko’rish imkonini beruvchi bionik linza

8. Odamiy ko’rish qobiliyatidan ziyod ko’rish imkonini beruvchi bionik linza
Kanadalik shifokor 8-daqiqalik og’riqsiz operatsiya yordamida 100% lik ko’rishni 3 marotaba yaxshilaydigan “bionik ko’zlar” ustida klinik testlar olib boorish payida. Yangi linza allaqachon mavjud, va u ko’z xrustaligining faoliyatini yaxshilaydi. Operatsiya davomida fiziologik suyuqlik bilan birga shprits linzani ko’z ichiga kirgizadi, va 10soniyadan so’ng linza tekislanadi va haqiqiy xrustalik ustida joylashib oladi, va ko’rish qobiliyatini butunlay yaxshilaydi.

9. Sprey-kiyim

9. Sprey-kiyim
Ispan dizayneri Manel Torres dunyoda birinchi bo’lib sprey-kiyimni ixtiro qildi. Siz spreyni tananing xohlagan qismiga sepishingiz, keyin uni yechib, yuvib, yana qaytib kiyib yurishingiz mumkin. Sprey matoga elastiklik va uzoq umr beruvchi, polimerlar bilan aralashtirilgan maxsus birikmalardan tashkil topgan. Bu texnologiya dizaynerlarga original dizaynga ega, noyob kiyimlarni yaratishga imkon berishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook