просмотров
Kumush va oltin yomg’iri
Osmondan pul yog’ishini kim ham istamaydi, biroq bu xomhayol, dersiz. Hech ham unday emas, ba’zan hayollar ham amalga oshar ekan. Bunga 1940 yil 17 iyunda Rossiyaning Nijegorod viloyatidagi Mesheri qishloqida sodir bo’lgan voqea misol bo’lishi mumkin. O’shanda osmondan XVI-XVII asrlarga tegishli bo’lgan 1000 dona qadimgi kumush va oltin tangalar yog’gan. Bunday yomg’ir yog’ishiga tangalar saqlangan omborning chaqmoqli jala yog’ayotgan paytda sel ostida qolganligi hamda bo’ron bilan tepaga ko’tarilganligi sabab bo’lgan. Bunday yomg’ir mahalliy aholini hayratga slogan.
Qurbaqali yomg’ir
2005 yilda Serbiyadagi Kadja Janovik qishlog’ida tepadan qurbaqalar yomg’iri yoqqan. Qishloq aholisi ulkan bulutni ko’rib, balki qurbaqalar potlagan qandaydir samolyotdan tushib qolgandirlar degan taxminga borganlar. Aslida esa, ekolog olimlarning aytishlaricha, qattiq shamol ko’ldagi yoki boshqa suv havzasidagi qurbaqalarni yoppasiga uchirib olib ketgan va yomg’ir bilan shu yerga yog’qan. Bu noyob, lekin fanga tanish jarayon. Shunga o’xshash voqealardan biri 2009 yilda Yaponiyada va 2010 yilda Xorvatiyada ham sodir bo’lgan. Unda ham osmondan yomg’ir bilan birga qurbaqalar yog’gan.
Mevali do’l
2011 yilda Angliyaning Koventri shahrining aholisi olmali yomg’irning guvohi bo’lganla – o’shanda osmondan yuzlab mevalar yog’ilgan. Ushbu voqeaning guvohi bo’lgan mahalliy aholi hayratda qolgan va lol bo’lgan. Bunday yomg’ir oqibatida ko’pgina avtomobillarning pachog’i chiqqan, odamlarga esa hech narsa qilmagan. Meteorologlar bo’ronli shamolning bu hodisaning sababchisi, deb hisobladilar. Osmondan yog’gan mevalarning ichida shuningdek, sabzi va karam boshlari bor edi.
Rangli yomg’irlar
2001 yilda Hindistonning Kerala shtatida qonli-qizil yomg’ir yog’gan. U ikki oy tinmay davom etdi. Mahalliy aholi vahimaga tushdi va bu hodisani qandaydir bir yomonlikning belgisi, deb tushundi. Olimlar aholini tinchlantirdilar: laboratoriya tekshiruvlaridan o’tgan yomg’ir shuni ko’rsatdiki, yomg’ir mahalliy zamburug’ning sporalari sababli shunday rangga kirgan va buning hech qanday qo’rqinchli hamda sirli joyi yo’q. Shunchaki noyon hodisa, xolos. 2012 yilda qizil rangli yomg’ir Shri-Lankada ham yog'ib o’tgan. Olimlarning ta’kidlashlaricha, bunday qizil rangli yomg’irlar shuningdek kislotnosti oshgan hududlarda va chang bo’ronlari sababli sodir bo’lar ekan.
Rangli yomg’irlar noyob hodisa bo’lgani bilan tabiatda tez-tez uchrab turadi. Masalan, 2015 yilning fevral oyida Rossiyaning Saratov shahrida olovrang yomg’ir yog’di: aniqlanishacha, Shimoliy Afrikadan kelgan siklon sahrodagi qum bo’laklarini o’zi bilan birga olib kelgan va shu hududga yog’dirgan. 2006 yilda Amerikaning Kolorado shtatida pushti yog’ingarchilik bo’lib o’tgan, guvohlarning aytishlaricha, undan tarvuz hidi kelar edi.
Qushlar yomg’iri
Osmondan yog’ayotgan o’lik qushlar – bu noxush manzara, lekin juda hayratlanarli. 2011 yilda Arkanzasda Yangil yil kechasida osmondan minglab olashaqshaqlar yog’ildi. Ayniqsa bib shahriga k’op yog’di. Ornitologlarning (qushlarni o’rganish bo’yicha mutaxassis) ta’kidlachlaricha, bu qushlar yerga tushib emas, qandaydir qattiq jismga urulgandan halok bo’lganlar.
Olimlar bu hodisaning sababchisi – yangi yil petard va feyerferklari bo’lishi mumkin degan hulosaga keldilar. Boshqa bir guruh tadqiqodchilar esa qushlar chaqmoqli bulutga duch kelib, yo’ldan adashgan, biroq ularning ko’rish qobiliyatlari yaxshi bo’lmaganligi uchun qushlar daraxtlarga, uylarga urilib, olgan jarohatdan halok bo’lganlar, degan taxminni ilgari surdilar. Bu voqeadan bir necha kun o’tib, Shvetsiyaning Falchyoling shahriga zag’cha, qarg’a va zag’izg’on kabi qushlardan iborat yomg’ir yog’gani ma’lum bo’ldi. O’shanda mahalliy aholi 10 000 ga yaqin o’lik qushlarni topdilar.
Chuvalchangli yomg’ir
2011 yilda esa Shoytloandiyada chuvalchanglar yomg’iri haqida xabar berildi. Bunday yomg’ir jismoniy tarbiya darsi ketayotgan maktablardan birining stadioniga kelib tushdi. Muallim darsni to’xtatib, o’quvchilarni xavfsiz joyga ko’chirishga majbur bo’lgan. Yomg’ir to’xtagandan keyin o’qituvchi bolalar bilan birgalikda olimlarga taqdim qilish uchun chuvalchanglarni terib chiqdilar: 92m radiusdan 120 ta chuvalchang topildi. Shahardagi olimlar tomonidan bu chuvalchanglar kuchli shamol tufayli kelib qolgan, degan taxminlarilgari suroldi, biroq shu kuni havo ochiq edi va hech qanday shamol bo’lmagandi. Shunday qilib bu noyob hodisa nima sababdan sodir bo’lganligining aniq dalili topilmadi.
2007 yilda AQSH dagi Djennings politsiyasining xodimasi Eleonora Bill chuvalchanglar bilan liq to’la bo’lgan osmondan tushgan to’p tushganligiga guvoh bo’lganligini xabar bergan.
Baliq va qisqichbaqali yomg’ir
Har yili may-iyul oylari davomida Gondurasda baliqli jala yomg’iri yog’adi va doimo bir joyda – Yoro shahri yaqinida. Osmondan baliqlar to’kiladi, mahalliy aholi ularni jonu-dili bilan terib oladilar. Bunday voqealarning shohidi bo’lganlarning aytishlaricha, hodisa kech soat 5-6 larda sodir bo’ladi: osmonda qora bulut paydo bo’ladi, momaqaldiroq gumburlaydi, chaqmoq chaqadi va yomg’ir yog’ib, ko’lmaklar baliqlar bilan to’ladi.
Tabiatning bu noyob hodisasi gonduras folklyorida ham tilga olinadi, milliy qo’shiqlarda kuylanadi. Baliqli yomg’ir haqida XVIII asr boshlarida nasroniy missionerlar va taniqli olim Aleksandr fon Gumbolt lar tastiqlaganlar. Mahalliy aholi baliqli yomg’irni XIX asrda ispaniyalik katolik-missioner Xose Manuel Subiran duolari sababli kelgan mo’jiza deb hisoblaydi. Olimlarningesa bu xususda o’zlarining ilmiy fikrlari bor: qattiq shamool va bo’ronlar Atlantika ummonidan bu baliqlarni olib keladilar. 1998 yildan boshlab Yoro shahrida baliq festivali o’tkazib kelinadi.
Dengiz jonivorlaridan iborat yomg’ir yog’ish hodisalari dunyoning boshqa burchaklarida ham sodir bo’lgan. Masalan, 2014 yilda Shri-Lankada baliqli yo’g’ir yog’ib o’tgan: o’shanda odamlar 50 kg baliqni terib olganlar. Ikii yil avval huddi shu yerda qisqichbaqalarni yog’dirgan jala bo’lgan. Baliqli yomg’irlar haqida avstraliyaliklar ham, yunonlar ham, britaniyaliklar ham, efiopiyalik dehqonlar ham xabar berganlar.
Koinot chiqindilari
Bo’ron, tornado, quyunlar odamlarga kutilmagan sovg’alarni tortiq qiladilar, ularning ichida nimalar bo’lmaydi deysis: golf koptokchalari, mixlar, kalishlar, marmar sharlar va hokazo. Biroq shamolsiz ham bunday voqealar sodir bo’lar ekan. Osmondan nafaqat qor, yomg’ir yog’adi, balki meteoritlar, samolyotlar bo’lagi va koinot chiqindilari ham tushar ekan. 1957 yilda birinchi sputnikning qulashi bilan Yer yuziga koinotdan 20 000 ob’yekt kelib tushdi, yiliga o’rtachasiga 400 ta shunday bo’laklar kelib tushadi.
Сообщения из Facebook