Yulduzlar hayoti: Nik Jonas va Priyanka Chopraning hashamatli uyiga sayohat
O‘tgan yilning dekabr oyida aktrisa Priyanka Chopra va taniqli xonanda Nik Jonas rasmiy ravishda oila qurdilar. Oradan bir yil vaqt o‘tib esa yulduzlar oilasi o‘zlari uchun hayotlari davomidagi birinchi umumiy ko‘chmas-mulk - Los-Anjelesning Ensino nomli qoyali hududida joylashgan hashamatli uy sotib olishdi.

Uyning umumiy maydoni 1858 kvadrat metrga teng bo‘lib, narxi 20 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu haqida The Wall Street Journal nashri xabar berdi. 

Zamonaviy uslubda qurilgan ikki qavatli uyda mehmonxona, 7 ta yotoqxona, 11 ta vannaxona, oshxona, 12 kishi uchunmo‘ljallangan taomlanish xonasi, trenajyor zali, shuningdek 12 ta avtomobil uchun mo‘ljallangan yer osti garaji mavjud.

 

Uy interyeri yorqin ranglarda yaratilgan bo‘lib, ayrim qismlarda yog‘och va marmardan ishlangan elementlar ko‘zga tashlanadi. Xonalarning barchasi keng oynalar bilan jihozlangan, ularSan-Fernando vodiysini qurshab turgan betakror tog‘larni ko‘rish uchun imkon beradi. 

Uy katta bazmlar va turli marosimlarni o‘tkazish uchun ham mos keladi. Xonadonga tashrif buyurgan mehmonlarni bouling xonasi, bar, uy kinoteatri, bilyard xonasi va basketbol maydoni ham hayratda qoldiradi. 

124,4 sotix maydonni egallagan uyda katta basseyn ham bo‘lib, uning yonginasida taomlanish uchun maxsus joy ham bor. Bu yerga butun oila a’zolarini sig‘dirish mumkin. Qorovullar xonasi, kuzatuv kameralari bo‘limi va yirik panjaralar esa uy egalarining xavfsizligini to‘liq ta’minlay oladi. 

Aytish kerakki, ushbu hududda ko‘plab sport va kino yulduzlari yashaydilar. Misol uchun, Priyanka va Nikka tegishli bo‘lgan ushbu uydan 5 kilometr uzoqlikda xonanda Jo Jonas va uning rafiqasi,"Taxtlar o‘yini" seriali yulduzi Sofi Terner istiqomat qiladi.

Zamonaviy uy interyeri sizga ham ma’qul bo‘ldimi?

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations