Butun umrga davom etuvchi sevimli ishingizni topolmayapsizmi? Komyuter ro’parasida ofisda sakkiz soatlab o’tirish joningizda tegdimi? Yoki ish qidirish bilan bandmisiz? Unda sizga bizning hozirgi zamon eng antiqa kasblarining ro’yxati bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. Kim bilsin, mabodo siz o’zizga mosini topib olarsiz?
«Oq xaker»
Agar sen programmalashtirishni va kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilsang, unda senda saytlarni buzishda…pul ishlab topishingga imkon bor. Ha-ha, yirik kompaniyalar o’z saytlari himoyasini yaxshilash niyatida, ularning tizimidagi kamchiliklarni topgan kishiga ancha katta pul miqdorida maosh to’lashadi. Va agarda sen saytlarni shunchaki qiziqish uchun buzadigan bo’lsang, unda yorug’lik tomoniga o’tib ol va buning ustidan pul top!
Yotoqlarni sinovchi
Dunyoning eng nufuzli mehmonxonalari xonalarida qulay yotoqlarning bo’lishi shart va zarur. Shuning uchun qimmat mebel tashkilotlari o’sha yotoqlarni sinash uchun odamlarni ishga olishadi. Balkim, bu uyqusirab kelish mumkin bo’lgan yagona ish bo’lsa kerak, axir siz ish jaroyonida bajarishingiz kerak bo’lgan narsa – bu uxlash.
Panda uchun enaga
Bu kabi enaga lavozimiga ega bo’lish juda mushkul bo’lsada, bu dunyodagi eng yoqimli kasb bo’ls kerak. Har kuni “enaga-qarovchilar” pandalarga ovqat yedirishadi va cho’miltirishadi, va ba’zan esa, bu qo’polroq va kulgili jonivorlarni yaralanishlardan himoya qilishadi. Aytgancha,The Bifengxia Panda Base (Xitoy) dagi panda enagalarining yillik okladi 200 ming (qariyb 1,9 million rubl) yuanni tashkil qiladi!
Orzular sotuvchisi
Bizning har birimizda orzular bor, va shu uchun ham ularni barchasini ro’yobga chiqara oladigan insonlar paydo bo’lgan. Masalan, Chikagodagi tashkilotda klientlar doimo istagan narsalariga erishishlari mumkin. Buning uchun ular shunchaki ofisga kelib, o’z orzularini batafsil aytib berishlari kerak, boshqasi esa “orzuni ro’yobga chiqartiruvchi” ning ishi. Ammo, bu ancha-muncha pul turadi – bunday xizmatning minimal narxi 150 ming dollarni tashkil qiladi.
Professional do’st
Katta megapolislarda odamlar ko’pincha o’zlarini yolg’iz his qilishadi. Shunday qilib, Tokio markazida maxsus xonachalar barpo etilgan. U yerga xohlagan kishi kirib, o’z hissiyotlari va muammolari bilan bo’lishishi mumkin. Suhbatdosh tariqasida esa klientni tinchlantiradigan va qo’llab-quvvatlay oladigan professionl ruxshunos o’tiradi.
Сообщения из Facebook