просмотров
Hindiston shaxmatning vatani. Bu o’yin birinchi bor yaratilganda – chaturanga deb nomlangan, ma’nosi “qo’shinning to’rt karra tabrigi” deb atalardi (fil, ot, va piyodalar figurasiga taalluqli).
Hindistonda dunyodagi eng katta kino-industriya –Bollivud bo’lib, u Munbayda joylashgan. Nomdagi “B” harfi Bombey shahrining bosh harfidan olingan. Bollivudning deyarli barcha filmlari – myuzikl janrida suratga olinadi.
Hindiston Indus daryosining nomidan kelib chiqib nom olgan. Indus so’zi Sanskrit tilidagi “sindhu” so’zidan olingan bo’lib, daryo degan ma’noni bildiradi. Sanskrit tilida esa Hindistonni hind milliy eposi bo’lmish- Maxabxaratdagi afsonaviy qirol xotirasiga “Bharat” deb ataydilar.
Hindistondagi eng ommaviy sport turi – bu kriketdir. U britaniyaliklar tomonidan olib kelingan sport turi bo’lib, hindlarga singib ketgan.
Hindistonning rasmiy tili ikkita: hundu va ingliz tillari. Shuningdek, hukumat yana 17 tilni tan oladi. Bundan tashqari mamlakatda1650 ta dialektda gaplashadilar!
Сообщения из Facebook