просмотров
Uyga qaytgandan keyin nima qilish kerak?
Kiyinganingizdan so'ng chang'i va bordlaringizni tayyorlab kanat yo'lakchasi uchun navbatda joyingizni egallang. U yerdagi ishlovchilar agar siz birinchi marotaba uchayotgan bo'lsangiz nima qilishingiz kerakligini aytib beradilar. Tepaga ko'tarilish tahminan 20-25daqiqa bo'ladi. Va nixoyat!Endi siz tog'chang'i trassasidasiz:)
Uchishni qanday o'rgansa bo'ladi?
Siz u yerda o'zbekchaga tarjima qilib beruvchi instruktaj lib boruvchini olishingiz mumkin. bir soatning narxi-50.000. Trassaning umumiy uzunligi 3020m. Professionallar 5 daqiqada pastga tushib olisholadi, uchishni bilmaganlar esa 3-4 soatlarda.
O'rganib olish uchun qancha vaqt ketadi?
Bitta darsdan so'ng siz pastga qarab o'zingiz oz-ozdan harakatlana ololasiz, 3ta darslardan so'ng esa o'zingizga ishonarli holda ucha olasiz. O'rgatuvchi videoroliklarni korganingizdan so'ng uchish taktikasini ham o'zlashtirib olishingiz mumkin.
Lavina havfligi
To'g'irlanmagan qorlik joylarga kerakli bilimlarsiz va qurollarsiz chiqmang. Xar yili ko'plab lavinalar minglab odamlar hayotini olib ketmoqda. Hattoki professionallar trassadan tashqarisiga chiqishganda hayotlarini havf ostiga qo'yadilar.
Сообщения из Facebook