39,477
просмотров
просмотров
Sharsharalar - tabiatning go'zal manzaralaridan biridir.Suv oqimi shiddat bilan balandlikdan tushar ekan, parcha-parcha bo'lib, ketib, quyosh nurida tovlanadi - bu haqiqatdan ham hayratga soluvchi manzara. Har bir sharshara buyuklik va qudrat timsolidir, ammo dunyoda shunday sharsharalar borki, ulardan ko'z uzish amrimahol, soatlab tomosha qilging keladi.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.
Quyida biz sizlarning e'tiboringizga dunyodagi ana shunday noyob sharsharalar aks etgan suratlarni taqdim etamiz.
Tugela, YuAR
Tugela sharsharasi Janubiy Afrikada joylashgan bo’lib, qirollik milliy bog’ida joylashgan, kattaligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Balandligi – 411 metr.
Iguasu, Argentina
Bu sharshar Braziliya bilan Argentina chegarasida joylashgan bo’lib, dunyodagi bahaybat sharsharalardan biri hisoblanadi. Aslida Iguasu – bu bir emas, 275 ta sharsharadan tashkil topgan butun bir tizimdir.
Yosemiti, Yosemiti milliy bog’idagi sharshara, AQSH
Bu sharshara Kaliforniyada, Yosemiti milliy bog’ida joylashgan. U dunyodagi eng baland sharsharalardan biridir, balandligi – 739 metrga teng. Qiziq joyi shundaki, bu sharshara qishda to’xtaydi, bahor va yozda esa yana shiddat bilan oqishda davom etadi.
Сообщения из Facebook