Qozog’izton hududi bo’yicha aniq bir mintaqaga mansub bo’lmagan mamlakatdir. Uning katta qismi Osiyoga qarashli bo’lsa, kichik qismi Yevropaga qarashlidir. Shu bilan birga Qozog’iston o’ta katta mamlakatlar qatoriga kirib, maydoni jihatidan dunyoda to’qqizinchi o’rinda turadi. Bu faktlar Qozog’izton haqidagi umumiy ma’lumotlardir. Biz esa ushbu ajoyib mamlakat haqidagi noyob faktlarni keltirmoqchimiz. Marhamat, tanishing!
Qozog’istonda jamoat joylarida alkogol ichimliklarning iste’mol qilinishi va chekish qonun tarafidan ta’qiqlangan, chilimning ham man qilinishi ko’rib chiqilmoqda. Shuningdek, kech soat to’qqizdan tushga qadar alkogol ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi.
1998 yilgacha mamlakatning poytaxti Olma-Ota shahri bo’lib kelgan, keyin esa poytaxt Ostona shahriga ko’chirildi. Bu voqea ushbu shahar aholisi o’rtasidagi kelishmovchiliklarga sabab bo’ldi, ular kimning shahri eng muhimi ekanligi bo’yicha doimo baxslashib keladilar. Aytgancha, qozoq tilida “Ostona” so’zining o’zi ham poytaxt ma’nosini bildiradi.
Dunyodagi eng birinchi va eng katta Baykonur kosmodromi ham Qozog’istonda joylashgan. Bu yerdan Yuriy Gagarin o’zining ilk koinot parvozini amalga oshirgan va aynan shu yerdan Yerning birinchi sun’iy yo’ldoshi koinot sari parvoz qilgan.
Qozoq alfaviti kirill alifbosiga mansub bo’lib, 42 ta xarfdan iboratdir. Ulardan 33 tasi rus alfavitidagi harflar bilan bir xil bo’lib, qolgan to’qqiztasi qozoq tiliga tegishlidir. Shuni aytib o’tish kerakki, turli xil davrlarda qozoq tili uchun turli xil yozuv tizimlari qo’llanilgan: avvaliga arab yozuvi, keyinchalik lotin yozuvi, hozirda esa kirill yozuviga o’tilgan.
Qozoq tili o’zining yangi so’zlar yasash xususiyati bilan ajralib turadi. Masalan, yaqinda qozoq tili “galamtor” so’zidan foydalana boshladi, ya’ni “internet”.
Qozog’iston bo’yicha sayohat qilar ekansiz, shuni unutmangki, agar sizning avtomashinangiz politsiya xodimi tomonidan to’xtatilgan bo’lsa, undan inspektor ko’rsatma bermasa, aslo tusha ko’rmang – buning uchun jarima belgilangan. Ammo politsiya xodimi sizga mashinadan tushishga ko’rsatma bersa-yu, siz uni bajarmasangiz – buning uchun ham jarima belgilangan.
Qozoq tilini mukammal o’rgangan inson qirg’iz, o’zbek, mo’g’ul, turk va ozarbayjon tillarini bemalol tushuna oladi.
Qozog’iston dunyo okeaniga chiqish yo’llari bo’lmagan mamlakatlarning eng yirigidir.
Qozog’iston aholisi choy iste’mol qilish bo’yicha ham dunyoda yetakchi o’rinni egallab kelmoqda – mamlakatning bitta fuqarosiga yiliga 1,2 kg choy to’g’ri keladi. Masalan, Hindistonda esa mamlakatning bitta fuqarosiga yiliga 650 gramm choy to’g’ri keladi.
Qozog’iston dashti YUNESKO ning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.
Qozog’istonning Balxash ko’li kattaligi bo’yicha qurimaydigan sho’r ko’llar ichida ikkinchi o’rinni egallaydi. Ta’kidlash joizki, bu ko’lning 50% igina sho’r bo’lib, qolgan 50 % ini chuchuk suv tashkil etadi. Olimlar bunday jumboqli xodisaning sirini hanuzgacha topa olmadilar.
Olma-Ota metro qurilishi o’ttiz uch yil davom etgan.
Qozog’istonning Rossiya bilan chegarasi quruqlikdagi eng uzun chegara hisoblanadi.
Qozog’iston dunyodagi eng baland mo’risi bo’lgan mamlakatdir.
Qorgaljin qo’riqxonasi sayyoramizning eng shimoliy qo’riqxonasi hisoblanadi. U yerda pushti rang flamingolar yashaydi va ularning soni 25000-35000 jonivorni tashkil etadi.
Qozog’iston dashti bo’ylab sayohat qilar ekansiz, u yerda yovvoyi tuyalar va yovvoyi otlarni uchratasiz.
Aynan Qozog’iston mochalkalar ichlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
Qozog’istonning aholisi yashaydigan ko’pgina turar-joy punktlari o’z nomlarini almashtirgan. Qishloqlarning nomi shunchaki o’zgartirilgan bo’lsa, shahrlarning nomini qozoq tili bilan uyg’unlashtirganlar. Masalan, Kokchetav Ko’kshetau bo’ldi, Semipalatinsk –Semey, Kustanay – Kostanay bo’ldi.
Bir necha yillar burun Qozog’iston prezidenti mamlakatni “Qazaq eli” nomi bilan almashtirish taklifini ilgari surdi. Bu bilan turk xalqlaridan o’tgan va mamlakat obro’siga putur yetkazayotgan “ston” qo’shimchasidan voz kechish kerakligini aytib o’tgan. Uning aytishicha, “ston” qo’shimchasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi nostabil mamlakatlar tasavvurini keltirib chiqaradi.
Qozog’iztonning poytaxti bo’lmish Ostona shahrida siz qarovsiz uy hayvonlarini uchratmaysiz, ammo ondatra, quyon va boyo’g’li kabi jonivorlarga duch kelishingiz mumkin.
Сообщения из Facebook