Sayyoramizdagi ranglarga boy bo'lgan joylar
Sayyoramizdagi ranglarga boy bo'lgan joylar
Ishonish qiyinki, lekin bu joylar haqiqatdan ham mavjud. Ertakdagidek, ajoyib va o'zga sayyoragidagidek bu joylar real ko'rinishda bo'lgan haqiqiy san'at asar ishiga o'xshaydi. Uilyam Berrouz aytgan: «Yashash unchalik muhim emas. Sayohat qilish — muhim». Bugun bizning tarmog'imiz sizlar uchun Yer sayyoramizning turli burchaklardan ranglarga boyitilgan joylarga sayohat qilishingizga bir necha rasmlar olib qo'ydi.

Namibiya, o'lik vodiy

Namibiya, o'lik vodiy

Namib («hech narsa yo'q bo'lgan joy») dunyodagi eng qadimiy cho'llardan biri deb hisoblanadi. U 80 million yillar davomida mavjud va dinozavrlar paytidan beri ham bor.

Niderlandlar, Lissedagi lola dalasi

Niderlandlar, Lissedagi lola dalasi

Janubiy Gollandiya umumiy provintsiyasidagi Lessega tashrif buyuring, u Niderlandlarning g'arbiy tomonida joylashgan. U yerga martning boshida va avgust oxirlarida borish kerak, chunki shu paytlarda dalalar turli hil rangdagi lolalarga burkangan bo'ladi.

Xitoy, Lyupengdagi raps dalasi

 Xitoy,  Lyupengdagi raps dalasi

Bahorning boshida bu sariq raps gullar endi ochilgan payt, bu vodiy «oltin dengiz» kabi ko'rinishga ega bo'ladi — bu hayratlanadigan joy Lyupingga aylanib,  fotosur'atchilar uchun bu yer huddi Makkani aylanish joyidek bo'lib qoladi. Bu yerlarni ko'rish maqsadida kelmoqchi bo'lganlar uchun fevraldan boshlab mart oylaridagi mavsumda kelish juda omadli bo'ladi.

Turkiya, Pamukali termal suv havzalari

 Turkiya, Pamukali termal suv havzalari

Yer sayyoramizdagi eng chiroyli va ajoyib joylar qatorida Turkiya Pamukkaleni eslatib o'tmaslik mumkin emas. Suv jilvillab oqib turgan toshlik terrasalar aysberglarni yoki paxtaning katta bo'lakchalarini eslatadi. Balkim shuning uchun bu joy sababli nomini tarjima qilinganda "Paxtali qasr" deb nom qo'yilgan ekan.

Efiopiya, Dallol vulqoni

Efiopiya, Dallol vulqoni

Uyqudagi dallol vulqoni va uning chegaralari Yer sayyoramizdagi eng issiq joy deb tanilgan, chunki 1960 yildan 1966yilgacha bu yerda o'rta yillik aniq issiqlik   (+34 ºC) o'rnatilgan. Lekin bu Dallol qulqonining  taniqligining yagona sababi emas. Gap shundaki kaliy tuzliklar, marganets, temir qaynoq suvlar bilan tepaga yuvilib turli hil ranglarga bo'yalishi tufayli bu yerning manzarasi o'zgasayyoradagidek  ko'rinishga ega bo'ladi. 

Frantsiya, Provansaning lavanda dalasi

 Frantsiya, Provansaning lavanda dalasi

Iyun oyidan Avgust oylariga qadar gullaydigan lavanda gullari Provansa landshaft tabiatiga o'zgacha chiroy beradi. Ular kul-siyoh rangdan yorug'-siyoh ranglargacham burkanadi, ranglar ob-havo va gullarning kurtaklariga qarab gullaydi. Turistik yo'nalishlar— lavanda yo'llari— ular gullar orasida joylashgan.

Xitoy, Denksiya kamalak tog'lari

Xitoy, Denksiya kamalak tog'lari

Gansu manzaralarini ko'rish uchun bu yerga dunyoning barcha burchaklaridan sayyohlar tashrif buyuradilar. Muhim taniqli joy — uning geologik paydo bo'lishi, shuning uchun u «Denksiya landshafti» deya nom oldi, bu esa «pushti bulut» so'zlarini bildiradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook