Shvetsariya nafaqat ishonchli banki va shvetsariya soati bilan mashhur. Bu yana ajoyib tog’lar va muzliklar, chiroyli tabiat, yuqori madaniyatli va hayot saviyasiga ega mamlakatdir. Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylari bu mamlakat va uning chiroyli tog’ chang’isi kurortlari va sayyohlik infratizilmasi haqida ko’p narsalarni gapirib berishi mumkin.
Mamlakat xilma – xilligi, davlat tillari va xalqlari aralashligi tufayli u yagonadir. Bu yerga dam olgani va Shvetsariyani bilmoqchi bo’lgan sayyohlar doim ularning ta’tillari ajoyib o’tishiga ishonadilar. Bu saralangan to’plamda sizlarni o’nta eng mashhur joylarga sayot qilishga taklif etamiz, ularni kelib ko’rish shart.
Shvetsariya belgisi – Matterxorn tog’i
Bulutlardan balandga ko’tarilgan buyuk Matterxorn cho’qqisi – Shvetsariyaning ramziy belgisidir. Alplardagi muzlikning eng baland cho’qqisi zabt etilishi qiyin bo’lgan tepaliklardan biridir. Biroq maftun qiladigan manzara ko’tarilishdagi har bir qadam shunga arziydi. Zamonaviy vositalar bu mashhur diqqatga sazovor joyga chiqish imkoniyatini beradi. Aynan Matterxorn atrofida mamlakatning eng ommabop tog’ – chang’i kurortlari joylashgan.
Bellinson qasrlari
Bellinson qasrlarining shahri o’zining manzarali tabiati bilan mashhur bo’lib, Yevropadagi eng hashamatli va obro’li qurilmalridan biri hisoblanadi. Bu hududda 3 ta qasr qad ko’targan – Grande, Montebello va Sasso Korbaro. Bu qasrlar majmuasi o’rta asr davrining himoya strukturasi bo’lib, ular Alpga kirish darvozalarini qo’riqlaganlar hamda Tichino vodiysiga o’tish yo’lida to’siq vazifasini bajarganlar.
Bernni eski shahri
Bernni eski shahri qadimgi shuhrat ramzi hisoblanadi. Bu eski shahar 12 chi asrda qurilgan bo’lib, turli texnik asrlarning an’analarini o’zida mujassam etgan. U quruvchilarning daholigi hamda me’moriy aniqligini namoyish qiladi. Bugungi kunda bu eski shahar barcha mintaqalardagi sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining ro’yhatida uchinchi o’rinni egallaydi.
Lyutsernadagi Kapelbryukk ibodatxona ko’prigi
Lyutsernada turist hamda sayyohlarni o’ziga jalb qiluvchi diqqatga sazovor joylar ko’p. Biroq ibodatxona ko’prigi shahardagi eng ko’p ziyorat qilinadigan joylardan biridir. Bu ko’prik mintaqadagi eng qadimiy yo’g’och ko’prik bo’lib, u 14 chi asrda jinoyatchilarning hujumidan himoyalanish vositasi sifatida barpo qilingan. Bugungi kunda uning interyeri biroz o’zgartirilgan, bu yerda badiiy va tarixiy ko’rgazmalar namoyish etiladi, ularni tomosha qilish uchun yuzlab odamlar tashrif buyuradilar.
Montradagi Shilon qasri
Shilon qasriga birgina nazar tashlaganingizning o’zida u sizni qadimiylik va afsonalar davriga olib ketadi. Jeneva ko’li sohilida joylashgan ushbu toshli qurilma 11 asrda barpo qilingan bo’lib, dunyodagi qasrlarning ichida jozibadorligi bilan ajralib turadi. Ushbu qasr ko’pgina shoir va yozuvchilarni ilhomlantirgan, uning tarixi esa yaxshi va yomon xotiralarni o’zida mujassam qilgan. Bu minoraga sayohat uyushtirsangiz, ichki hovlilari va qamoqxonasini ko’rganingizda, uning tarixi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz hamda unutilmas taassurotlarni qo’lga kiritasiz.
Pilatus tog’i
Lyutserna shahri yaqinidagi ko’l yonida Pilatus tog’i qad ko’targan – u Shvetsariyaning buyuk tabiiy diqqatga sazovor joylardan biridir. Bu cho’qqiga ko’tarilish arg’imchoq yo’l orqali hamda dunyodagi eng zo’r funikuler orqali amalga oshiriladi, u yerdan esa Shvetsariya Alplariga manzara ochiladi.
Bazeledagi Shpalentor darvozalari
Shpalentor darvozalari devor bilan O’ralgan shaharga olib boradi. Bu shahar 14 chi asrda barpo qilingan bo’lib, bir neshta qo’rg’onlardan iboratdir. U halokatli zil-ziladan keyin barpo qilingan va uning aholisini boshqa tabiy ofatlardan himoyalash maqsadida qurilgan. Bugungi kunda ushbu majmuaning 3 ta darvozasi saqlanib qolingan bo’lib, Bazela madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi hamda o’rta asr davrining me’morlarining dohiyligini namoyish etadi.
Syurixdagi Grossmyunster
Grossmyunster sabori qurilganidan beri Tsyurixning bosh ramzi hisoblanadi. Bu diqqatga sazovor joy birinchi bo’lib 1220 yilda qurilgan va 19 chi asrda halokatli yong’indan so’ng qayta tiklangan. Sabor minoralaridan biri tashrif buyuruvchilar uchun ochiq, uning ayvonidan esa Tsyurixning go’zal manzarasini tomosha qilish hamda mo’jizaviy olamga sayohat qilgandek his qilish mumkin.
Berndagi o’rta asr Tsitglogg minorasi
Bernning eski markazidagi Tsiglogg minorasi 13 chi asrda qurilgan bo’lib, Bern tarixida katta xizmat ko’rsatgan. Dastlab bu bino o’t chiqishidan xabardor qiluvchi minora bo’lgan, so’ngra Tsiglogg qamoqxonaga aylantirildi, shuningdek unga ulkan soat ham o’rnatilib, shaharning markaziga aylantirildi. Bugungi kunda bu binoning soatlari bizga o’tkinchi hayot haqida eslatib, binoning o’zi ham mag’rurona qad ko’tarib turibdi.
Jenevadagi Millatlar Saroyi
Shvetsariyaning diqqatga sazovor joylarining ro’yhati Jenevadagi MIllatlar saroyi bilan yakunlanadi. Jeneva BMTning bosh shtab kvartirasi bo’lishi bilanoq, shahar Ariyana bog’ini hadya qildi va unda xalqaro siyosat ramzi bo’lmish Millatlar Saroyi barpo qilindi. Bu Saroy – diplomatik markaz bo’lib, unda har yili besh mingdan ziyod uchrashuv va muzokaralar bo’lib o’tadi. U tinchlik yo’lidagi xalqaro kelishuvlarning bosh diplomatik nuqtasi hisoblanadi.
Сообщения из Facebook